Nazorat savollari:
1. Gallurgiya usuli nimaga asoslangan.
2. Kaliy minerallari;
3. Xlorli kaliy o‘g‘itlarining kamchiligi.
4. Qanday usullar bilan xlorsiz kaliy o‘g‘itlar olish mumkin.
5. Magniy tuzlaridan nima maksadda foydalaniladi.
6. Kaliy birikmalari-rudalari qaerda uchraydi.
7. Kaliy minerallarining asosiy vakillari.
8. Gallurgiya usullari kanday qonuniyatlarga asoslangan.
9. Silvinitdan KSl ni ajratib olish usullari.
10. Kaliy sulfatni olish usullari.
Adabiyotlar
Mirzakulov X. Ch., Shamsiddinov I.T., To’raev Z. Murakkab o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Oquv qo’llanma. Toshkent. “Tafakkur Bostoni”. 2013. 216 b.
Ибрагимов Г. И. Эркаев А.У. Якубов Р. Я. Туробжонов С. М. Калий хлорид технологияси. Ўқув қўлланма. Тошкент. 2010. 210 б.
Gafurov Q., Shamsiddinov I.T. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Darslik. Toshkent. “Fan vatexnologiya”. 2010. 360 b.
Raymond Chang, Jonn W.Thoman, JR, Physical Chemistry for the chemical sciences, 2014, Universiry Science Books.
Maruza №12. Murakkab o'g'itlar
REJA:
Murakkab o‘g‘itlar haqida tushuncha
Ammoniy fosfatlar
Nitroammofosfat va karboammofosfotlar
Karbonat usuli
Tayanch suzlar
U - simon reaktorlar, SA apparatlari, BGS apparati, retur, elak (groxot), standart o‘git, nitrofosfat, kompleks o‘git, aralashtirgichlar;
1. Murakkab o‘g‘itlar haqida tushuncha
Murakkab o‘g‘itlarga shunday kompleks (ya’ni bir necha ozuqa elementi bo‘lgan) o‘g‘itlar kiradiki, bunda barcha zarrachalar (kristallar va donachalar) deyarli bir xil kimyoviy tarkibga ega bo‘lishi kerak. Bunday o‘g‘itlarga: tarkibida bir necha ozuqa elementi bo‘lgan bitta tuz, masalan KNO3, (NH4)2HP04 va boshqalar; tarkibiga ikkita (N+R, N+K, R+K) yoki uchta (N+P+K) ozuqa elementi kiruvchi ikki yoki undan ortik tuzlar kompozitsiyasi kiradi. Bunday kompozitsiyalar nitrat, fosfat va sulfat kislotalarning ammiak, tabiiy fosfatlar; kaliy, ammoniy va boshqalarning tuzlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan olinadi.
O‘g‘itdagi ta’sir etuvchi moddalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ular shunchalik axamiyatli bo‘ladi. Turli ekinlar, tuproqlar, iqlim va boshqa sharoitlar uchun azot, fosfor va kaliyning mikdori va nisbati xar xil bo‘lgan murakab o‘g‘itlar talab etiladi. Ular N:P2O:K2O massalari nisbati bilan tavsiflanadi, masalan 1:1,5:0,5. Bunda ta’sir etuvchi moddalarning umumiy mikdori tarzida xam ifodalanishi mumkin, masalan N+P2O5+K2O = 36%; ayrim xollarda P2O:K2O ning massa bo‘yicha protsent nisbati, masalan 12:18:6 yoki 12-18-6 shaklida ifodalanishi mumkin, bu sonlarning umumiy yig‘indisi o‘g‘itdagi ta’sir etuvchi moddalarning umumiy mikdorini ko‘rsatadi.
Uch komponentli 1:1:1; 1:1,5:1; 1:1:0,5; 1:1:1,5; 1:0,67:0,67 va ikki komponentli 1:4;0; 1:1:0; 0:1:1; 0:1;1,5 markali o‘g‘itlar eng ko‘p ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |