Bevosita attestatsiya o‘tkazish bosqichi. U attestatsiya komissiyasi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrini qamrab oladi. Komissiya majlisiga attestatsiyadan o‘tadigan xodim, uning bevosita rahbari taklif etiladi.Attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan barcha hujjatlarni ko‘rib chiqib, attestatsiya qilinayotgan xodim hamda uning bevosita rahbari hisobotlarini tinglab bo‘lgach, ochiqovoz berish yo‘li bilan quyidagi baholardan birini berishi mumkin:
xodim egallab turgan lavozimiga loyiq;
xodim egallab turgan lavozimiga mehnat faoliyatini yaxshilagan, attestatsiya komissiyasi tavsiyalarini bajargan va bir yildan so‘ngtakror attestatsiya qilingandan so‘ngloyiq;
xodim egallab turgan lavozimiga loyiq emas.
Attestatsiyadan o‘tgan xodim mehnat faoliyatining baholari hamda attestatsiya komissiyasi tavsiyalari attestatsiya varag‘ida qayd etiladi.
Attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlarning eng ko‘p qo‘llaniladigan turi baholashvarag‘idir. Baholash varag‘ida xodimning amaliy va shaxsiy sifatlari qayd etilgan bo‘lib, bu varaq xodimning bevosita rahbari hamda Inson resurslarini bilan ishlash xizmati mas’ul xodimi tomonidan to‘ddiriladi.
Attestatsiyadan o‘tadigan xodim kasbiy bilimlari va ko‘nikmalari darajasi baholanib, test sinovlaridan o‘tgandan so‘ng, lekin uzog‘i bilan attestatsiya o‘tkaziladigan vaqtdan ikki hafta oldin baholash varag‘i bilan tanishadi.
Attestatsiya qilinayotgan xodim uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiya komissiyasi majlisida qatnasha olmasa, uning attestatsiyasi keyingi majlislarga qoldiriladi. Xodim komissiya majlisida uzrsiz sabablarga ko‘ra qatnashmayotgan bo‘lsa, attestatsiya uning ishtirokisiz ham o‘tkazilishi mumkin. Bu holda komissiya savollariga xodimning bevosita rahbari javob beradi.
Attestatsiya natijalari attestatsiya varag‘ida qayd etiladi hamda attestatsiya qilinayotgan xodimga ovoz berishdan keyin ma’lum qilinadi. Kompaniya va firmalarda Inson resurslarini attestatsiyasini “Boshqaruvavtomattizimi-attestatsiya” dasturi orqali ham o‘tkazish tajribasi mavjud. Buning uchun komp’yuterlarda Inson resurslarini ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Ma’lumotlar korxonadagi “Boshqaruv avtomat tizimi - kadrlar” dasturidan olinishi mumkin. Kompaniya yoki firmada bunday dasturlar tizimi mavjud bo‘lmasa, xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Inson resurslarinini boshqarish xizmati tomonidan tayyorlanadi. Shundan so‘ng rahbariyat, attestatsiya qilinayotgan xodim hamkasblari va attestatsiyadan o‘tayotgan bo‘ysunuvchi xodimlardan iborat uch darajali ekspert komissiyasi shakllantiriladi. Ular baholashni
komp’yuter orqali attestatsiya qilinayotgan xodimning savollarga javoblari asosida amalga oshiradilar. Attestatsiya qilinayotgan xodim savollarga javoblari asosida o‘zini-o‘zi ham baholash imkoniga egadir.
Ekspertlar bahosi hamda xodimning o‘zini-o‘zi baholashi asosida yakuniy baho chiqariladi hamda tegishli xulosalar tayyorlanadi. Komp’yuter orqali amalga oshirilgan attestatsiya natijasida olingan baholar xodim attestatsiyasidan kamida bir hafta avval attestatsiya komissiyasiga tahlil qilish va kelgusi ishda foydalanish uchun taqdim etiladi. Bu natija komissiya uchun yordamchi ma’lumotlar vazifasini o‘taydi.