O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Bevosita attestatsiya o‘tkazish bosqichi



Download 2,71 Mb.
bet167/228
Sana09.07.2022
Hajmi2,71 Mb.
#767002
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   228
Bog'liq
Армат MexSot Kaf 08.INSON RESURSLARINI BOSHQARISH

Bevosita attestatsiya o‘tkazish bosqichi. U attestatsiya komissiyasi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrini qamrab oladi. Komissiya majlisiga attestatsiyadan o‘tadigan xodim, uning bevosita rahbari taklif etiladi.Attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan barcha hujjatlarni ko‘rib chiqib, attestatsiya qilinayotgan xodim hamda uning bevosita rahbari hisobotlarini tinglab bo‘lgach, ochiqovoz berish yo‘li bilan quyidagi baholardan birini berishi mumkin:

  • xodim egallab turgan lavozimiga loyiq;

  • xodim egallab turgan lavozimiga mehnat faoliyatini yaxshilagan, attestatsiya komissiyasi tavsiyalarini bajargan va bir yildan so‘ngtakror attestatsiya qilingandan so‘ngloyiq;

  • xodim egallab turgan lavozimiga loyiq emas.

Attestatsiyadan o‘tgan xodim mehnat faoliyatining baholari hamda attestatsiya komissiyasi tavsiyalari attestatsiya varag‘ida qayd etiladi.
Attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlarning eng ko‘p qo‘llaniladigan turi baholash varag‘idir. Baholash varag‘ida xodimning amaliy va shaxsiy sifatlari qayd etilgan bo‘lib, bu varaq xodimning bevosita rahbari hamda Inson resurslarini bilan ishlash xizmati mas’ul xodimi tomonidan to‘ddiriladi.
Attestatsiyadan o‘tadigan xodim kasbiy bilimlari va ko‘nikmalari darajasi baholanib, test sinovlaridan o‘tgandan so‘ng, lekin uzog‘i bilan attestatsiya o‘tkaziladigan vaqtdan ikki hafta oldin baholash varag‘i bilan tanishadi.
Attestatsiya qilinayotgan xodim uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiya komissiyasi majlisida qatnasha olmasa, uning attestatsiyasi keyingi majlislarga qoldiriladi. Xodim komissiya majlisida uzrsiz sabablarga ko‘ra qatnashmayotgan bo‘lsa, attestatsiya uning ishtirokisiz ham o‘tkazilishi mumkin. Bu holda komissiya savollariga xodimning bevosita rahbari javob beradi.
Attestatsiya natijalari attestatsiya varag‘ida qayd etiladi hamda attestatsiya qilinayotgan xodimga ovoz berishdan keyin ma’lum qilinadi. Kompaniya va firmalarda Inson resurslarini attestatsiyasini “Boshqaruv avtomat tizimi - attestatsiya” dasturi orqali ham o‘tkazish tajribasi mavjud. Buning uchun komp’yuterlarda Inson resurslarini ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Ma’lumotlar korxonadagi “Boshqaruv avtomat tizimi - kadrlar” dasturidan olinishi mumkin. Kompaniya yoki firmada bunday dasturlar tizimi mavjud bo‘lmasa, xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Inson resurslarinini boshqarish xizmati tomonidan tayyorlanadi. Shundan so‘ng rahbariyat, attestatsiya qilinayotgan xodim hamkasblari va attestatsiyadan o‘tayotgan bo‘ysunuvchi xodimlardan iborat uch darajali ekspert komissiyasi shakllantiriladi. Ular baholashni
komp’yuter orqali attestatsiya qilinayotgan xodimning savollarga javoblari asosida amalga oshiradilar. Attestatsiya qilinayotgan xodim savollarga javoblari asosida o‘zini-o‘zi ham baholash imkoniga egadir.
Ekspertlar bahosi hamda xodimning o‘zini-o‘zi baholashi asosida yakuniy baho chiqariladi hamda tegishli xulosalar tayyorlanadi. Komp’yuter orqali amalga oshirilgan attestatsiya natijasida olingan baholar xodim attestatsiyasidan kamida bir hafta avval attestatsiya komissiyasiga tahlil qilish va kelgusi ishda foydalanish uchun taqdim etiladi. Bu natija komissiya uchun yordamchi ma’lumotlar vazifasini o‘taydi.

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish