Texnologiyani boshqarish menejeri ishini royal sozlovchining ishi bilan taqqoslash mumkin. U asbob torlari yetarlicha tortilganmi, asbob (bizning sharoitda, aytaylik, korxona) yaxshi ovoz chiqarib bera oladimi kabi savollarni tekshirib ko‘radi. Xo‘p, texnologiyani samarali boshqarish uchun nimalar zarur?
Birinchidan, xatolarga murosasizlik. Texnologiya to‘xtamaydigan va benuqson bo‘lishi kerak. Aks holda, yangi muammolar paydo bo‘ladi.
Ikkinchidan, texnologiya sarf-xarajatlar nuqtai nazaridan samarali va raqobatbardosh bo‘lishi kerak. Bu yerda boshqaruv va nazorat vazifasi juda ko‘p muqobil variantlardan birini, birinchi navbatda xarajatlar mezoni bo‘yicha eng maqbulini tanlab olish bilan belgilanadi.
Uchinchidan, boshqaruv doimiy ravishda texnologiyani takomil- lashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Agar menejer erishilgandan qanoatlanish sezmasa, bu yaxshi.
Nihoyat, to‘rtinchidan, boshqaruv raqobatchilar tomonidan amalga oshirilgan revolyusion sakrashni qarshi olishga tayyor bo‘lishi kerak.
Yaxshi texnologiya boshqaruvchisi, albatta, o‘z olim va injenerlariga tayanishni istagan bo‘lar edi. Boshqa tomondan, olim va injenerlar so‘zsiz boshqalarning yutuqlarini ko‘chirma qilish emas, balki, o‘zlarining ilmiy izlanishlari natijalarinigina ishlab chiqarishga tatbiq etilishini xohlagan bo‘lar edilar.
Bu faoliyatni samarali boshqarish olimlarning ijodiy faolligini, ularning tashabbuskorligi va tadbirkorligini rag‘batlantiradigan tashkiliy
choralar o‘tkazish bilan ifodalanadi. Kompaniya olimlariga, ko‘pincha, maoshdan ko‘ra ham o‘z ilmiy e’tiqodi imkoniyatlari, ilmiy mehnat natijalaridan qanoatlanish, g‘oyaga qiziqishlik va uni ilmiy jamiyat a’zolari tomonidan tan olinishi kabi omillar muhimroq bo‘ladi.
Bir kompaniya umuman olganda yangi bir texnik yechimni ishlab chiqishda omadliroq bo‘lib chiqishi mumkin. U bilan raqobatni davom ettirish uchun boshqa firmalar ana shu yanada progressivroq bo‘lgan yangi texnologiyaga o‘tishga majbur bo‘ladilar. Boshqaruvchining roli shundaki, u o‘z kompaniyasi tadqiqotchilari ambitsiyalarini, ya’ni orqada qolganligini ko‘rsatuvchi fakt ularning izzat-nafsiga kattik tekkanligini engib o‘ta oladimi yo‘qmi.
Bu yerda boshqaruv siyosati bir tomondan ilmiy-tekshiruv faoliyati tematikasini, boshqalar tomonidan erishilgan bo‘lsa ham, ishlab chiqarish ehtiyojlariga yaqinlashtirish, ikkinchi tomondan, o‘z kompaniyasi olimlarining istiqbolli ilmiy natijalarni tatbiq qilishini tezlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish masalalarini ko‘zda tutadi.
Ilg‘or korxonalarga e’tiborni ko‘p qaratish odati ishi yurishmagan omadsizlar unchalik ko‘p emas degan taassurot hosil qilishi mumkin. Ammo ma’lumki, yangi g‘oyaning tug‘ilishidan boshlab, to uning muvaffaqiyatli tatbiq qilingunicha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni sharaf bilan mustaqil engib o‘tgan firmalar soni bir foiznigina tashkil qiladi. Taxminiy statistika bo‘yicha, ana shu bir foizga qo‘shilish uchun ikki mingga yaqin urinish qilib ko‘rish kerak ekan.
Agar menejer texnologiya yangiliklariga doim yo‘q deyaversa, ko‘p hollarda haq bo‘lib chiqadi. Ammo bor-yo‘g‘i bir necha xatodan keyinoq uning xo‘jaligi tez orada bankrotlik xavfi ostida qoladi.
Shuning uchun u an’anaviy texnologiyani barkamollikka yyetkazish kafolatini oluvchi barqarorlik bilan eng yangi texnologiyani tatbiq qilishga harakat o‘rtasidagi balansni juda chuqur sezishi kerak. Tabiiyki, savol tug‘iladi, "yangi texnologiyaning o‘z korxonasidagi taqdiri haqida qaror qabul qilishda menejer nimaga tayanishi kerak? Nahotki, faqat subyektiv his-tuyg‘ularga". Yo‘q, albatta. Qaysi loyihalarni tanlash zarurligini tushunishda menejerga yaxshiroq imkon beruvchi bir nechta asosiy qoidalar mavjud:
Yangi texnologiyani tanlashda menejerlar uning yoqimliligi va ulardan kutiladigan ulkan imkoniyatlardan kelib chiqadilar. Aslida esa ular qanchalik iste’molchi talablariga javob berishidan kelib chiqishi kerak. Sizdan bozorda kichik oilaga mo‘ljallangan oddiy malolitrajli avtomobil Kutishayotgan vaqtda, jozibador poyga mashinasi bilan kirib borsangiz, kerakli natijaga erisha olmaysiz. Bu yerda boshqaruvchi o‘rniga iste’molchi hal qiladi.
Yangi degan so‘z doim ham eng yaxshi degan so‘z emas. Shu- ning uchun umuman olganda yangi texnologiyalar yutib chiqadi deyish noto‘g‘ridir. Evolyusion yo‘l revolyusion yo‘ldan farqli ravishda ta- vakkalchi emas, amaliy natijani tezroq beradi va xarajatlarning shunchalik keskin ko‘payishini talab qilmaydi. Menejer hushyor bo‘lishi kerak. Ko‘pincha u yangi ixtiro istiqboliga berilib, an’anaviy texnologiyadagi hali ishga solinmagan katta imkoniyatlar yashirinib yotganini yoddan chiqarib qo‘yadi.
Tez-tez uchrab turadigan adashish bu yangi texnologiyani qo‘llash istiqboli uning muvaffaqiyatli tatbiq etilishini oldindan aniqlab beradi, degan fikrdir. Aslida esa hal qiluvchi omil uni tatbiq qilish uchun zarur bo‘lgan infrastrukturadir. Agar ishlab chiqarish uchun xomashyo, malakali injenerlar va ishlab chiqarish kuchlari etishmasa, noyob xossalarga ega bo‘lgan yangi materialning ixtiro qilinishi hech nima emas. Ana shu texnologiyalarni boshqarish timsolida bozor sharoitida o‘zgarib turadigan boshqaruvchilik strategiyasining keng va egiluvchan holda o‘zgarib turishining ahamiyati yaqqol ko‘rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |