Boshqarish va nazorat tizimi
Boshqarish tizim sifatida uning yanada mayda bo‘linmalari mavjudligini ko‘zda tutadi. Bu uning elementlari orasidagi munosabatni tashkil qilish, ma’lum maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan nazorat ostida faoliyat ko‘rsatayotgan ma’lum mexanizmlar majmui sifatida uning ishlash tartibotini tashkil qilish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Boshqarish jarayonini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
6.2.1-rasm. Boshqarish jarayoni bosqichlari43
Boshqaruvning quyidagi tarmoqlari mavjud: ijtimoiy, ishlab chiqarish bo‘yicha, texnikaviy, davlatga qarashli va boshqalar. Ma’- muriy buyruqbozlik tizimidagi rejali iqtisod sharoitida boshqaruvning vazifasi asosan oliy darajadagi rahbarlardan maydalariga ko‘rsatmalar berish bilan belgilanar edi. Bu byurokratiyaning, ya’ni kog‘ozbozlikning kuchayishiga olib kelgan edi. Ko‘pincha hosil bo‘lgan vaziyatga zid qarorlar chiqarish ro‘y berar edi. Bu asta-sekin "sen uchun hamma narsa qilinadi" degan tushuncha asosida beparvolik va tayyorga ayyorlik kayfiyatini vujudga keltirib chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida va, umuman, hozirgi zamon ishlab chiqarishida, boshqarish omilining, boshqaruvchilik madaniyatining va boshqaruvchilik falsafasining ahamiyati oshib ketdi. Bugungi kundagi raqobatchilik kurashida mavqening kuchayishi boshqaruvning sifati bilan chambarchas bog‘liq. Boshqarishni takomillashtirishni ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning eng asosiy omillaridan deb sanamoq zarur.
Nima uchun shunday? Eng avval ishlab chiqarish xarajatlarining strukturasi o‘zgardi. AQSH sanoati ishchilarining ish haqi ulushiga mahsulot qiymatining 2foiz dan 10 foiz gachasi to‘g‘ri keladi. Ishlab
43 Mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan
chiqarish xarajatlarining asosiy qismini moddiy-energetik xarajatlar, asbob-uskunalarni saqlash va ishlatish, transport chikimlarini saqlash va shu kabi xarajatlar tashkil etadi. Demak, ishlab chiqarishning sa- maradorligini oshirish uchun asbob-uskunalarning sozlash va ta’mirlash muddatlarini qisqartirish, ichki isrofgarchiliklarning barcha turlarini bartaraf qilish, (masalan, brak - ya’ni nuqsonli mahsulot isrofgarchiligi, materiallar, xomashyo, energiyaning ortiqcha sarflanishi va boshqalar) hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.
Ko‘pincha rahbarlar ishlab chiqarish madaniyati, boshqarish uslubi, tashkil qilish falsafasi va shirkat qadriyatlari kabi masalalarga kam e’tibor qiladilar.
Yuqori malakali boshqaruvchilarga va yuqori samarali ishlab chiqarishga ega korxonalar esa, mana shu, birinchi qarashda sezilarsiz ko‘ringan omillar aslida xujalik faoliyatining muayyan ko‘rsatkichlarida moddiy tus olishini yaxshi biladilar.
Umumiy maqsad kishilarni birlashtiradi, ularning zo‘riqishlariga ma’no va maqsad sari intilish tuyg‘usini beradi, boshqaruvchilik qarorlari ishlab chiqish jarayonida asos soluvchi yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi.
Yangi boshqaruvchilik fikrlashlari nimada ifodalanadi?
Bu ishlab chiqarishni tashkil qilish shakl va usullarida, samaradorlikni oshirish yo‘llari, ishlab chiqarishning moslashuvchanligi va tezkorligi sohalarida doimiy ravishda yaxshilanishlar qidirish – bu doimiy ravishda isrofgarchiliklar manbaini qidirish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |