O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Download 2,71 Mb.
bet143/228
Sana09.07.2022
Hajmi2,71 Mb.
#767002
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   228
Bog'liq
Армат MexSot Kaf 08.INSON RESURSLARINI BOSHQARISH

11.3.4-rasm. Rahbarlik lavozimiga zahirani rejalashtirish va tayyorlash

Nomzodlar ushbu va boshqa mezonlar bo‘yicha baholangandan so‘ng zaxiraning dastlabki ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilib, unga aniqlik kiritiladi.



  1. Nomzodlarni tayyorlash. Kadrlar zaxirasi uchun munosib nomzodlarni tanlab olishning o‘zi kifoya qilmaydi. Ular kelajakda egallashi mo‘ljallanayotgan lavozimda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishlari uchun tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerak.

Ma’muriyat zaxiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorgarlikdan o‘tkazish uchun quyidagi dasturlardan foydalanadi:

  1. Umumiy dastur. U nomzodlarni nazariy tayyorgarlikdan o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, asosan ishlab chiqarishni boshqarish nazariyasi va amaliyotdan iborat bo‘ladi. Nomzodlarning mazkur dasturni egallashlari imtihon olish orqali aniqlanadi.

  2. Maxsus dastur. Unga ko‘ra zaxiraga kiritilgan nomzodlar

ixtisosliklari bo‘yicha guruhlarga ajratilib, alohida-alohida o‘qitiladilar. Ushbu dasturda amaliy o‘yinlar, ishlab chiqarishning muayyan muammolarini hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlash kabi o‘qitish shakllaridan foydalanish ko‘zda tutiladi. Nomzodlar o‘z ixtisosliklari bo‘yicha ishlab chiqarishni takomillashtirish yuzasidan aniqtakliflar tayyorlab, ekspert komissiyasi ishtirokida bu takliflarni himoya qiladilar.

  1. Shaxsiy dastur. Unda har bir nomzodning samarali faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda, shu jumladan, xorijiy kompaniya va firmalarda hamda egallashi mo‘ljallanayotgan lavozimda stajirovkadan o‘tishlari ko‘zda tutiladi.

  2. Ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik. Nomzodlarning yangi lavozimiga ko‘nikish jarayonini engillashtirish uchun boshqaruvning ular uchun yangi bo‘lgan tizimiga jalb etiladilar hamda bu xodimlar o‘zaro munosabat qoidalari, qaror qabul qilish texnologiyalari bilan batafsil tanishtiriladilar. Shu bilan birga nomzodlar yangi lavozimga tayinlangandan so‘ng shu darajadagi mehnat jamoasi bilan tanishtiriladi. Bu o‘rinda ko‘pchilik nomzodlar uchun ular maqomining o‘zgarishi (avval hamkasblari bo‘lgan jamoaga rahbarlik qilish) jiddiy muammoga aylanadi. Shuning uchun yosh rahbarni ham, u boshqaradigan jamoani ham yangi o‘zaro munosabatlarga ko‘niktirish shakl-tamoyillarini oldindan puxta rejalashtirib qo‘yish foydalidir.




Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish