O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus



Download 6,9 Mb.
bet9/168
Sana16.06.2022
Hajmi6,9 Mb.
#676543
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-Zoologiya fanidan ma`jmua

Nazorat savollari:
1. Boshskeletsizlar kenja tipi vakillarining o’ziga xos tuzilishi va tarqalishini tushuntiring.
2. Boshskeletsizlar kenja tipining asosiy sinf, turkumlari va turlarini ko’rsating.
3. Lantsetnik tuzilishining qaysi belgilariga qarab xordalilar tipiga kiritiladi?
4. Lantsetnikning umurtqasiz hayvonlardan halqali chuvalchanglarga o’xshash belgilari nimalardan iborat?
5. Lantsetnikning ko’payishi va rivojlanishi hamda boshskeletsizlarning kelib chiqishini tushuntiring.


4. Mavzu: UmurtQalilar (Vertebrata), ya’ni boshskeletlilar (Craniata) kenja tipining umumiy tavsifi va SISTEMATIKASI. JAG’SIZLAR BO’LIMI. tO’GARAK OG’IZLILAR SINFI


reja:
1. Umurtqalilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi.
2. Jag’sizlar (Agnatha) katta sinfining umumiy tavsifi.
3. To’garak og’izlilar (Cyclostomata) sinfi vakillarining o’ziga xos tuzilish xususiyatlari.
4. To’garak og’izlilar sinfining tasnifi va ularning ahamiyati.


Tayanch so’zlar: endoderma, miksinalar, minogalar, gorizontal,kardinal, venoz, aorta, arteriya, vena sinusi, mezonefroz, muguz, pat, yung, vistseral, gemoglobin, eritrotsitlar, limfa, parenximatoz, sekretsiya, gipofiz.
Mavzu bayoni:
Umurtqalilar xordalilar tipining, umuman hayvonot dunyosining eng yuksak rivojlangan guruhi hisoblanadi. Umurtqalilar faol harakat-lanib hayot kechirishga o’tgan boshskeletsizlardan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Irsiy o’zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasida boshskeletsizlar orasida aktiv oziqlanishga moslashgan, ya’ni nerv, Hara-katlanish sistemasi va boshqa organlari birmuncha yaxshiroq rivojlangan shakllari ajralib chiqqan. Evolyutsiya jarayonida ularning tuzilishi tobora murakkablashgani tufayli ulardan umurtqalilar kelib chiqqan.
Umurtqalilarning tanasi bosh, bo’yin, gavda, oyoqlar va dum bo’lim-laridan iborat. Terisi ko’p qavatli epiteliy va uning ostida joylashgan biriktiruvchi to’qima qavatidan iborat. Teri hayvon organizmini turli mexanik va tashqi muhitning boshqa zararli ta’siridan himoya qiladi. Teri turli o’simtalar, xususan suyak yoki muguz tangachalar, pat, yung va har xil bezlarni hosil qilishi mumkin. Teridan hosil bo’lgan o’simtalar har xil sistematik guruhlarda turli xil bo’ladi. Umurtqali-lar odatda umurtqasizlarga nisbatan ancha yirik, kattaligi bir necha mm-dan (ayrim baliqlar) 33 m-gacha (ayrim kitlar) bo’ladi.
Ichki skeleti bosh skeleti, o’q skeleti (xorda yoki umurtqa pog’onasi) va boshqa bo’limlardan iborat. Bosh skeleti bosh miya va sezgi organlari (hid bilish, ko’rish, eshitish, muvozanat saqlash), Hazm qilish sistemasining oldingi qismi va u bilan bog’langan jabralarni mustahkamlab turish funktsiyasini bajaradi. Bosh skeleti 2 qismdan – miya qutisi (bosh miya va sezgi organlarini himoya qilib turuvchi) va vistseral (hazm qilish va jabralar bilan bog’langan) qismlardan iborat. Xorda umurtqalilar embrional rivojlanishi davri uchun xos bo’ladi. Voyaga etish davrida xorda tog’ay yoki suyak bilan almashinadi. Faqat to’garak og’izlilar va tog’ayli baliqlarda xorda hayoti davomida saqlanib qoladi.
Harakatlanish organlari dastlabki suvda yashovchi hayvonlarda suzgichlardan iborat. Quruqlikda yashashga moslashgan umurtqalilarning oyoq-lari va qanotlari rivojlangan. Birlamchi suv hayvonlar tana tuzilishi murakkablashib borishi bilan birga muskullari ham tobora ko’proq ixtisoslashib, ularning xilma-xilligi ham orta boradi.
Hamma umurtqalilarning yuragi bo’ladi. Yurak boshskeletsizlarning qorin tomiridan kelib chiqqan bo’lib, yurakoldi xaltasi bilan o’ralgan. Qonida gemoglobin bilan to’yingan eritrotsitlar bor. Eritrotsitlar nafas olish organlaridan kislorodni qon plazmasiga nisbatan ancha ko’p miqdorda shimib oladi va tanadagi organlarga oson beradi. Limfa siste-masi va to’qima suyuqligi qon kapillyarlari bilan tanadagi to’qimalarni bog’lovchi bo’g’im Hisoblanadi. Limfa yo’llari vena tomirlariga kelibtutashadi. Limfa va to’qima suyuqligi och sarg’ish tusda bo’ladi.
Nafas olish organlari boshskeletsizlarnikiga nisbatan juda murakkab tuzilgan. Birlamchi suv hayvonlarida jabra yoriqlari yaqinida har xil o’simtalar (plastinkalar, varaqlar va boshqalar) joylashgan. Qalin kapillyarlar bilan qoplangan bunday o’simtalar jabralarning gaz almashinuvi yuzasini keskin oshiradi. Quruqlikda yashovchi va ikkilamchi suvda yashashga o’tgan hayvonlarning nafas olish organlari o’pkalardan iborat. Birlamchi suvda yashovchi hayvonlarda va suvda ham quruqlikda yashovchilarda teri ham nafas olishda ishtirok etadi.
Asosiy ayirish organlari boshskeletsizlarning ko’p sonli sodda tuzilgan naychalarining qo’shilib ketishi natijasida hosil bo’lgan bir juft buyraklardan iborat.
Sudralib yuruvchilar va qushlardan boshqa barcha hayvonlarda dissimilyatsiya mahsulotlari nafas olish organlari orqali, sutemizuvchilarda esa terisi orqali ham chiqariladi.
Boshskeletsizlarga nisbatan ularning ovqat hazm qilish sistemasi ancha murakkab tuzilgan. Xususan, oziqni ushlashga moslashgan og’iz teshigi hosil bo’lgan. Hazm qilish sistemasi nayi uzaygan bo’lib har xil bo’-limlar (oshqozon, ingichka va yo’g’on ichaklar)dan iborat. Oshqozon, oshqo-zonosti va ingichka ichak devorida hazm qilish bezlari kuchli rivojlangan. Bu bezlarning suyuqligi ovqat tarkibidagi oqsil, yog’, uglevod va boshqa moddalarni hazm qilishga yordam beradi. Boshskeletsizlar sodda tuzilgan o’rta ichagi o’simtasidan murakkab tuzilgan parenximatoz organ – jigar hosil bo’lgan. Jigar ovqat hazm qilishda ishtirok etish bilan birga murakkab biokimyoviy jarayonlar kechadigan joy hisoblanadi.
Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat. Bosh miya nerv nayining oldingi qismining yo’g’onlashuvidan hosil bo’ladi. Bosh miya 5 xil o’zaro tutashgan bo’limlar: oldingi, oraliq, o’rta, uzunchoq va miyachadan iborat. Har bir bo’limda muayyan funktsiyani bajaradigan organlarning markazlari joylashgan. Masalan, ovqatlanish markazi uzunchoq miyada, Harakatni boshqarish markazi miyachada joylashgan. Sezgi organlari juda yaxshi rivojlangan.
Umurtqalilarning ichki sekretsiya bezlari barcha jarayonlarni idora qilib turadi. Asosiy sekretsiya bezlari gipofiz, buyrakusti, ayrisimon, qalqonsimon, qalqonoldi va jinsiy bezlardan iborat.
Umurtqalilar jinsiy usulda ko’payadi, ko’pchilik turlari ayrim jinsli. Faqat ayrim turlari germafrodit hisoblanadi. Juda ko’pchilik baliqlarning va suvda ham quruqlikda yashovchilarning tuxumi tashqi muhitda; sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar tuxumi esa ona organizmida urug’lanadi. Ko’pchilik to’garak og’izlilar, baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchilarning tuxumidan chiqqan lichinkasi o’zgarish orqali; sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarning tuxumidan chiqqan nasli esa o’zgarishsiz rivojlanadi.
Umurtqalilar kenja tipi 2-ta bo’limga, ya’ni murtak pardasiz umurtqalilar (Anamnia) va murtak pardali umurtqalilar (Amniota)ga bo’linadi. Bundan tashqari, umurtqalilar kenja tipi jag’sizlar (Agnatha), baliqlar (Pisces) va quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar, ya’ni to’rtoyoqli umurtqalilar (Tetrapoda) katta sinflariga bo’linadi.

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish