35.2. Borli o‘g‘itlar.
Borli o‘g‘itlar eng keng tarqalgan mikroo‘g‘it hisoblanadi. Borat kislotasi НзВОз va uning tuzlari borli konsentrlangan o‘g‘it hisoblanib, uning tarkibida 99,6-97% НзВОз bo‘ladi.
Urug‘larga purkashda uni texnik talk bilan aralashtirilib, tarkibidagi НзВОз 14-16% gacha etkaziladi. Ko‘p xollarda esa uni oddiy va qo‘shalok superfosfatlar xamda nitroammofoskalarga qo‘shib ishlatiladi. Bu maksadlarda asosan bura Nа2В407*10Н2О dan foydalaniladi. Maxsulot sifatida ishlatiladigan buraning yuqori navida 99,5% va 1-navila esa 94% asosiy modda bo‘ladi. Bundan tashqari 1- va 2-navdagi kalsiy borat (45±0,75% CaO va 40% dan kam bo‘lmagan В2О3) xam borli o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Mustakil ravishdagi mikroo‘g‘it sifatida esa sanoat chiqindilari va tabiiy boratlar ishlatiladi.
Borli o‘g‘itlar olishda ayrim tuzli ko‘llarning suvlari, neft qazishdagi oqavalar, rudalarni boyitishdagi borli chiqindilar va boshqalar ishlatiladi. Kul, torf va gung tarkibida xam ma’lum mikdordagi bor birikmalari bo‘ladi. Kaliyning mineral tuzlari tarkibida esa 4-8 mg/kg atrofida bor bo‘ladi.
Borat kislotasini ishlab chiqarishda tabiiy boratlarga sulfat kislotali ishlov beriladi. Bunda chiqindi sifatida 21-23% MgS04 va 1,8-2,5% Н3ВО3 bo‘lgan eritma xosil bo‘ladi. Uni sochma quritgichda bug‘latish orqali quritiladi. Natijada maxsulot tarkibida 13% Н3ВО3 va 13% MgO bo‘lgan bormagniyli o‘g‘it olinadi. SHunday usul bilan bu eritmaga borat kislotasi qo‘shib kuritish orqali borli konsentrat (Н3ВО3 20% dan kam emas) olinadi. Bu o‘g‘itlar tarkibidagi magniy xam o‘simliklar tomonidan yaxshi o‘zlashtirila oladigan xolatda bo‘ladi. SHuning uchun bunday o‘g‘itlardan nafaqat borli o‘g‘it sifatida, balki magniyli o‘g‘it sifatida xam foydalaniladi.
35.3. Misli, ruxli, marganetsli, molibdenli va kobaltli o‘g‘itlar.
Misli o‘g‘itlar faqatgina xosildorlikni oshirish uchungina emas, balki o‘simlik va tirik organizmlarni kasalliklardan saklash uchun xam xizmat kiladi (inson organizmida misga bo‘lgan talab sutkasiga 2 mg ni tashkil etadi).
Ko‘pincha misli o‘g‘it sifatida mis metali ishlab chiqaruvchi korxonalarning kolchedan kuyundisi ishlatiladi. Uning tarkibida 0,3-0,6% Cu, shuningdek Zn, Co va Mo mikroelementlari xam bo‘ladi. Bundan tashqari misli o‘g‘it sifatida misli shlaklar va maydalangan mis rudalari xam ishlatiladi.
Konsentrlangan misli o‘g‘it sifatida mis kuporosi CuS04*5H2O dan (23,4-24% Cu tutgan) foydalaniladi. Uni asosiy o‘g‘it bilan birgalikda, urug‘larga ekishdan oldingi ishlov berishda va unda fungitsidlik xossasi bo‘lganligi uchun uning eritmasini o‘simliklarga sepishda kullaniladi. Urug‘larga changlatish (sepish) uchun uni talk bilan (5,6-6,4% Si hisobida) aralashtiriladi.
SHuningdek, sanoat chiqindilaridan foydalanilgan xolda mis kaliyli (90±1% KC1, 1±0,2% Cu), misli ammofos (0,3-0,5% Si) lar xam ishlab chiqariladi.
Ruxli o‘g‘itlar sifatida ko‘pincha rux sulfat ZnS04*7H2O ishlatiladi. qishloq xujaligida 21,8-22,5% Zn tutgan, talk bilan aralashtirilganda esa 8,1-9,9% Zn tutgan, shuningdek ruxli polimer o‘g‘itlar PMU-7 (2n 25% dan kam emas) va ruxli belila bo‘yog‘i ishlab chiqarish korxonasining chiqindisi ishlatiladi. Bunday chiqindilarda Cu, Mi va boshqa mikroelementlar xam bo‘ladi. Rux tuzlarini ammofosga (~1,4% Zn) va karbamidga (1,5-1,7% Zn) xam qo‘shish yo‘li bilan o‘g‘itlar ishlab chiqariladi.
Marganetsli o‘g‘itlar sifatida marganets rudalarini boyitishdagi quyqumlar ishlatiladi. Bu kuykumlar quritilgach, uning tarkibidagi MnO mikdori 14% o gacha etadi. Suvda eruvchi o‘g‘it sifatida karbonatli marganets rudasini yoki MnO ni sulfat kislotali ishlashdan xosil bo‘ladigan MnS04*5N2O xam ishlatiladi. Uni oddiy superfosfatga xam (1,5±0,5% Mn) qo‘shiladi.
Molibdenli o‘g‘itlar sifatida asosan suvda eruvchan ammoniy paramolibdat 3(NН4)2О*7МоО3*4Н2О yoki ammoniy molibdat 5(NН4)2O*12МоО3*7Н2O xamda ammoniy-natriy molibdat ishlatiladi. Ularni ferrokotishmadan elektrolampochka va boshqa korxonalar chiqindilaridan olinadi. Nitrofoskaga (0,2±0,05% Mo), qo‘shaloq superfosfatga (0,2±0,02% Mo) va oddiy superfosfatga xam (0,13±0,03% Mo) qo‘shiladi. Kobaltli o‘g‘itlar sulfatli va xloridli xolida ishlatiladi. U qo‘shaloq superfosfat, nitrofoska va ammofosga (-0,1% So hisobida) qo‘shiladi. Fosforit unida xam 0,001-0,02% atrofida kobalt bo‘ladi. Uning asosiy qismi o‘g‘it tarkibiga o‘tadi.
Kompleks mikroo‘g‘itlar sifatida borat kislotasi, mis, rux, kobalt va marganets sulfatlari, ammoniy molibdat va kaliy yodid aralashmalari ishlatiladi. Kompleks mikroo‘g‘itlar tarkibida 5,5% V, 2,8% Si, 5,5% Zn, 1±0,1% Mo va So, 11% Mn bo‘ladi. Ular 0,18 g va 0,36 g li tabletkalar xolida ishlab chiqariladi. Borat kislotasi, mis, rux va marganets sulfatlari, molibden (III)-oksid va talkni maydalab aralashtirish natijasida mikroelementli kukun xosil kilinadi. Bunday kukunning tarkibida 2,4-2,8% B, 5-6% Cu, 8-10% Zn, 9,5-11% Mo, 6,5-8,0% Mn bo‘ladi. Un xildan ortiq turdagi bunday mikroo‘g‘itlar ishlab chiqariladi.
O‘simliklardagi xloroza kasalligiga qarshi (temir etishmasligidan shu kasallik kelib chiqadi) antixlorozin — Fe-DTPA dan foydalaniladi. Uni temir kompleksonati (temir dietilentriaminopentaatsetat) deb xam ataladi. Rux, mis, marganets va boshqa metallarning kompleksonatlari xam mikroo‘g‘itlar sifatida ishlatilishi mumkin. Ular suvda yaxshi eriydi, tuproqdagi mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib ketmaydi xamda tuproq tarkibidagi o‘simlikka o‘zlashmayotgan mikro- va makroelement birikmalarini o‘zlashadigan xolatga keltiradi. Bunday kompleksonatlarni makroo‘g‘itlar ishlab chiqarish jarayonida o‘g‘it tarkibiga xam kiritilishi mumkin.
Tablitsa 35.1.
Mikroelementlarning makroelementlarga qo‘shish dozasi
№
|
mikroelement
|
Qo‘shish dozasi, mass, %
|
Belgisi
|
1.
|
Kobalt
|
0,1
|
Co
|
2.
|
Molibden
|
0,2
|
Mo
|
3.
|
Margenets
|
1,5
|
Vn
|
4.
|
Rux
|
1,4-1,7
|
Zn
|
5.
|
Mis
|
0,3-0,5
|
Cu
|
Do'stlaringiz bilan baham: |