24-rasm. Sutemizuvchilarning qon aylanish sistemasi sxemasi: 1 - tashqi uyqu arteriyasi, 2 - ichki uyqu arteriyasi, 3 - o’mrov osti arteriyasi, 4 - chap aorta yoyi, 5 - o’pka arteriyasi, 6 - yurakning chap bo’lmasi, 7 - yurakning o’ng bo’lmasi, 8 - yurakning chap qorinchasi, 9 - yurakning o’ng qorinchasi, 10 - orqa aorta, 11 - ichki arteriya, 12 - buyrak arteriyasi, 13 - yonbosh arteriyasi, 14 - bo’yinturuq venasi, 15 - o’mrov osti venasi, 16 - chap toq venasi, 17 - o’ng toq venasi, 18 - orqa kovak venasi, 19 - jigar venasi, 20 - jigar qopqa venasi, 21 - jigar, 22 - buyrak, 23 - yonbosh venasi.
Yuragi qushlardagidek to’rt kamerali, ya’ni o’ng va chap yurak bo’lmasi qamda o’ng va chap yurak qorinchalaridan iborat. Sutemizuvchilarning yuragida arterial konus va venoz sinuslari reduktsiyalangan. Yurakning to’q rangli yurak oldi bo’lmasi yurakning pastida joylashgan konussimon qorinchasidan ko’ndalang jo’yak orqali ajralgan. Sutemizuvchilar yuragining o’ng va chap bo’limlari ikkiga ajralgan. Kichik qon aylanish doirasi, o’ng yurak qorinchasidan chiqibyelka tomonga qayriladigan qamda o’ng va chap o’pkalarga boradigan ikkita qon tomirlariga bo’linuvchi o’pka arteriyasidan boshlanadi. O’pkadan keluvchi o’pka venalari esa kislorodga boy qonni chap yurak bo’lmasiga quyadi.
Katta qon aylanish doirasining arteriyalari. Aorta qushlardagidek chap yurak qorinchasidan yo’g’on qon tomir ko’rinishida chiqadi-da, aortaning chap yoyi yonida chapga buriladi. So’ngra umurtqa pog’onasining ventral tomoniga joylashib orqa aortaga aylanadi. Orqa aorta o’zidan ichki organlarga qon tomirlarini chiqarib, umurtqa pog’onasi bo’ylab dum tomonga qarab ingichkalashib boradi va chanoq kamari oldida ikkita yonbosh arteriyasiga bo’linadi. Bu arteriyalar son arteriyalari deb nomlanib orqa oyoqlarda tarmoqlanadi. Aorta yoyidan chiqadigan birinchi qon tomir nomsiz arteriya deb ataladi. Odatda bu arteriya aorta yoyidan chiqishi bilan uchga: o’ng o’mrov osti arteriyasi, o’ng uyqu arteriyasi va chap uyqu arteriyasiga shoxlanadi.
O’ng o’mrov osti arteriyasi oldingi o’ng oyoqqa borsa, uyqu arteriyalari esa boshga boradi, boshda ularning qar qaysisi ikki tarmoqqa: ichki uyqu arteriyasi bilan tashqi uyqu arteriyasiga bo’linadi. Aorta yoyidan, nomsiz arteriya asosiga yaqinyerdan chap o’mrov osti arteriyasi mustaqil chiqib, oldingi chap oyoqqa boradi. Aorta ko’krak bo’limidan qorin bo’shlig’iga o’ta turib ichak arteriyasi, oldingi ichak tutqich arteriyasi, jinsiy organlar va buyrakka boradigan arteriyalar keyingi ichak tutqich arteriyasini qosil qiladi. Chanoq kamarigayetgach, ikkita umumiy yonbosh arteriyasi chiqib, dumni qon bilan ta’minlovchi ingichka dum arteriyasiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |