Oyoqlar skeleti va ularning kamarlari:
Quruqlikda yashovchi to’rtoyoqli umurtqali qayvonlardayelka kamari asosan kurak, korakoid va o’mrov suyaklaridan tashkil topgan. Sutemizuvchilarda esayelka kamarining ayrim suyaklari rivojlanmagan. Ularningyelka kamari kurak va ingichka o’mrov suyaklaridan tashkil topgan. Tulkilarda faqat kurak suyagi bo’ladi, o’mrov suyagi bo’lmaydi.
Kurak suyagi sutemizuvchilar uchun xarakterli uchburchak plastinka shaklida bo’lib, uzunasiga ketgan baland toj va tojning uchida akromial o’simtasi bo’ladi. Kurakning distal (pastki) uchidayelka suyagi uchun bo’g’in yuzasi qam bor. O’mrovning bir uchi tog’ay yordami bilan kurakka (akromial o’simtasiga) va ikkinchi uchi to’sh dastasiga birikadi. Korakoid suyagi sutemizuvchilarning ko’pchiligida embrion rivojlanishdagina bo’lib, keyinchalik kurakka korakoid o’simta shaklida qo’shilib ketadi. O’mrov suyagi tulkilar singari ko’plab yirtqichlar, tuyoqlilar, xartumlilar va kitsimonlarda qam bo’lmaydi. Ko’pchilik xaltalilar, hasharotxo’rlar, qo’lqanotlilar, primatlar, kemiruvchilar va tovushqonsimonlarda o’mrov suyaklari yaxshi rivojlangan. Datslabki sutemizuvchilarda esa korakoid suyagi qam rivojlangan bo’ladi.
Oldingi oyoqlar skeletiyelka, bilak va oyoq kafti bo’limlaridan iborat.Yelka bo’limdagiyelka suyagi uning proksimal (yuqori) uchida kurakning bo’g’in yuzasi bilan qo’shiladigan yumaloq boshchasi bor. U distal (pastki) uchidagi bloksimon o’simta orqali bilak bo’limi bilan qo’shiladi. Bilak bo’limi tirsak va bilak suyaklaridan tashkil topgan. Oyoq kafti uchta kenja bo’lim: bilaguzuk, kaft va barmoq falangalaridan vujudga kelgan.
Chanoq kamari juft nomsiz suyakdan iborat. Nomsiz suyak embrion rivojlanishi davrida uchta tipik elementlarning – yonbosh, quymich va qov suyaklarining qo’shilishidan qosil bo’ladi (114-rasm). Bu suyaklarning birikkan joyida son suyagining chanoqqa qo’shilishi uchun quymich kosa bor. Sutemizuvchilarning chanog’i berk bo’ladi, chunki quymich suyagi bilan qov suyaklari o’zaro o’rta chiziq bo’ylab qo’shilib ketadi. Keyingi oyoq qam oldingi oyoq singari uchta: son, boldir va oyoq kafti bo’limlaridan tashkil topgan.
Birinchi asosiy bo’lim-son bitta son suyakdan, ikkinchi bo’lim boldir esa ikkita: katta boldir va kichik boldir suyaklardan iborat. Uchinchi bo’lim-oyoq kafti uchta kenja bo’lim: tovon, kaft va barmoq falangalaridan iborat. Umuman tuzilish jiqatidan orqa oyoq oldingi oyoqdan bir oz farq qiladi. Orqa oyoq tovon suyaklarining proksimal bo’limida sutemizuvchilar uchun xarakterli birmuncha katta bo’lgan ikkita suyak bor. Bulardan ichkaridagisi to’piq suyagi, tashqaridagisi esa tovon suyagi deb ataladi. Bu suyakning orqa qismida sutemizuvchilar uchun xarakterli bo’lgan payning birikishi uchun tovon bo’rtmasi mavjud. Niqoyat, sutemizuvchilarning tizza bo’g’imida serpay yumaloq suyakcha-tizza kosasi joylashgan.
Topshiriqlar:
Quyon, kalamush yoki mushukning umumiy skeleti, bosh miyasi skeleti, umurtqa pog’onalari, oldingi va keyingi oyoq skeletlari qamda ular kamarlari bilan tanishib o’rganib chiqgach, quyidagi rasmlarni albomga chizib oling:
1. Quyonning to’liq skeleti;
2. Tulki yoki kalamushning bosh miya skeleti;
3. Bo’yin va ko’krak umurtqalari;
4. Sutemizuvchilar qulog’ining tuzilish sxemasi;
5. Oldingi oyoqlari vayelka kamari;
6. Orqa oyoqlari skeleti;
7. Chanoq kamari skeleti.
Do'stlaringiz bilan baham: |