O'zbekiston respublikasi oliy va orta mahsus ta’lim vazirligi



Download 6,93 Mb.
bet114/259
Sana31.03.2022
Hajmi6,93 Mb.
#522283
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   259
Bog'liq
nodira oppaa

373



ko‘p miqdordagi mikroblardan holi bo‘ladi. Tozalangan baliq aksincha, ichakning chirituvchi mikroorganizmlari bilan ifloslanadi, shuning uchun uni yaxshilab yuviladi.
Baliqni mikrourug‘lanishi uni file tayyorlash uchun nimtalaganda ishchilar qo‘lidan, asbob-uskunalardan, havodan va boshqalardan tushgan mikroblar hisobiga ortadi. Ba’zan baliqlarni ichimlik suvining sanitariya talablariga javob beradigan muz yordamida muzlatiladi.
Nazorat savollari

  1. Go‘sht mikroflorasini tushuntiring.

  2. Go‘sht mahsulotlarida qanday mikroblar bo‘ladi?

  3. Go‘sht mikroblardan qanday himoya qilinadi?

  4. Go‘shtda mikroblar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

  5. Baliq mikroflorasini tushuntiring.

  1. MAVZU. MEVA, SABZAVOT VA KONSERVALAR MIKROBIOLOGIYASI

REJA:

  1. Mevalar mikrobiologiyasi.

  2. Sabzavotlar mikrobiologiyasi.

  3. Konserva mahsulotlari mikrobiologiyasi.

Tayanch iboralar: fitonsid, chirish, quruqchirish, nordonchirish, fitoftora, sterilizatsiya, aerothermophilus.
Mevalar mikrobiologiyasi. Mevalar - iste’molga yaroqli, sersuv, shirin aromatli mevalar yoki ko‘p yillik daraxtsimon o‘simliklarning urug‘lardir. Tuzilishiga qarab danakli mevalar (olcha, olxo‘ri, o‘rik va boshq.) urug‘li mevalar (olma, nok, behi, va boshq.), yermevalar (qulupnay, krijovnik, smorodina va boshq.) va qobiqli po‘choqli mevalar (yong‘oq, bodom, pista va boshq.) ga bo‘linadi.
Meva va sabzavotlar muqobillashgan shifo-profilaktik ratsionlarni 1/3 qismini tashkil etadi. Mevalarning fiziologik ozuqaviy qiymati tarkibida vitaminlar (ayniqsa, S vitamini), shakarlar, mevalar kislotalari, va mineral moddalarning borligi bilan baholanadi. Ammo mevalarning ayrimlarinigina yangiligicha uzoq saqlash imkoniyati mavjuddir, chunonchi, olma, banan, nok, limon, apelsin va boshqalar. Ko‘pchilik mevalar tez buziladilar, shuning uchun ularni faqat konservalangan holda uzoq saqlash mumkin.
So‘nggi yillargacha mevalar mikrobiologiyasi haqidagi ma’lumotlar uncha ko‘p emas edi. Buning sababi shundaki, patogen mikroorganizmlar m evalarda

374



nisbatan kam uchraydilar, oziq-ovqat mahsulotlari mikrobiologiyasi bilan shug‘ullanuvchi, sanitariya-gigiyenik xizmatlari chorva hayvonlaridan olinadigan mahsulotlarga katta e’tibor qaratgan. Biroq, oziq-ovqat mahsulotlari mikrobiologiyasi faqat ularning gigiyenik nuqtai nazaridan o‘rganib qolmay, balki uzoq saqlashning yangi usullari (sovutish va muzlatish)ni ishlab chiqishni taqozo etadi. Ba’zi mevalar va sabzavotlar iste’molchilarga uzoq masofalardan tashib kelinadi. Shuning uchun oziq-ovqat mikrobiologiyada yangidan yangi muammolar paydo bo‘laveradi.
Yangi uzilgan mevalar mikroflorasi. O simliklar yuzasida hamma vaqt mikroorganizmlar mavjuddir. Ular shamol, suv, qushlar, xashoratlar yordamida keltiriladi. Sog‘lom o‘simlikning mevalari ichidagi x ujayrasi sterildir. Mevalar yuzasidagi fitopatogen bakteriyalar va zamburug‘lar, viruslar sog‘lom to‘qimalarni zararlab parchalaydi va uning ichiga kirib oladi.
Mevalar yuzasining tabiiy mikroflorasi epifit mikroflora deb ataladi va o‘simlik turi, ob-havo va o‘simlikni joylashgan o‘rni (ochiq grunt yoki issiqxona), uning rivojlanish bosqichi, mevalarning pishish darajasiga bog‘liqdir. Yermevalar - qulupnay yer yuzasiga yaqin joylashganligi uchun asosan tuproq mikroorganizmlari bilan zararlanadi. Bakteriyalardan tashqari mevalar sirtida zamburug‘lar sporalari va achitqilar uchraydi. Bakteriyalardan eng ko‘p uchraydiganlari sut kislotasi va sirka kislotasi bakteriyalaridir.
Epifit mikroflora mevalarni saqlash va qayta ishlashda katta rol o‘ynaydi. Ularning ko‘pchiligi mevalarni buzilishida ishtirok etadi. Faqat achitqilar bundan mustasno bo‘lib, ular meva va uzum sirtida uchrab, vinolar guldastasi tayyorlashda ahamiyati kattadir.
O‘simliklar, insonlar kabi mikroorganizmlarga qarshi himoya tizimiga ega bo‘lib, hamma vaqt mevalar yuzasida bo‘ladi va uning ichiga osonlik bilan kira oladi. Mevalar butun holida o‘zlarini maxsus himoya to‘qimalari sistemasi yordamida saqlaydilar. Ular mevalarni mexanik ta’sirdan va qurib qolishdan saqlaydi. Bodom va yong‘oq qattiq pust bilan himoyalangan, nok, olcha va boshq. Terisimon membrana strukturaga (kutikula) egayu bundan tashqari mevalarda himoya moddalari salitsil, meva kislotalari, limon, olma, benzoy bo‘lib ularning miqdori xom mevalarda ko‘p, pishgan mevalarda kamroq uchraydi.
Yuqori o‘simliklar ishlab chiqaradigan va mikroorganizmlarga halokatli ta’sir qiladigan moddalarni fitonsidlar deb ataladi. Fitonsidlar turli xil moddalar aralashmasidan iborat bo‘lgan uchuvchan moddalardir. Xattoki, xlorofil it

  1. mikroorganizmlarga bakteritsid sifatida ta’sir qiladi. Sog‘lom mevalarning 1 sm yuzasida minglab va un minglab bakteriyalar, achitqiturushlar, zamburug‘lar sporalari uchrasa, zararlangan mevalar yuzasida esa millionlab va yuz millionlab


Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish