O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi



Download 2,01 Mb.
bet4/184
Sana30.03.2022
Hajmi2,01 Mb.
#518330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
Bog'liq
5-Iqtisodiyot-nazariyasi

uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o‗zi, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‗lib xizmat qiladi;

  • g‗oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o‗rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‗oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yo‗lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko‗paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo‗lishini ta‘minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko‗tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne‘matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.

    «Zaminimizda yashayotgan odamlarning munosib va erkin, faravon hayotini ta‘minlash, har bir kishi huquq va imkoniyatlaridan to‗liq foydalanish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish - jamiyatimizni isloh qilish va yangilash paytida oldimizga qo‗yayotgan g‗oyat muhim vazifalardandir»9. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi aholini ish bilan ta‘minlash, pulning qadrsizlanishi oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish yo‗llarini ko‗rsatib berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi fani makroiqtisodiyot darajasida tahlil qilib, uning sohalari, ko‗rsatkichlari, omillari o‗rtasidagi bog‗lanishlarni, iqtisodiy o‗sish yo‗llarini aniqlab ko‗rsatadi va davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asos bo‗lib xizmat qiladi.
    Iqtisodiyot nazariyasining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi shakl va mazmun o‗zgarishlarini, ichki bog‗lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonunqoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iqtisodchi mutaxassislarga va iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga o‗rgatishdan iboratdir.
    Iqtisodiyot nazariyasining biz qayd qilgan amaliy, nazariy, uslubiy va tarbiyaviy tomonlari bir–biri bilan chambarchas bog‗liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo‗lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko‗ra bilish va amaliy harakat yo‗lini to‗g‗ri belgilash imkonini beradi.
    Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo‗llanmadir.
    «Pirovard maqsadimiz bo‗lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma‘naviy kuch quvvat manbai, ilmiy asos - bu milliy g‗oya, milliy mafkuradir»10. Shu aqidadan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasi fani «Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‗zgartirish»11 vazifasini ham bajaradiki, bu iqtisodiyotni isloh qilish sohasidagi strategik maqsadlardan biri bo‗lib hisoblanadi. Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlab o‗tganlaridek: «Jamiyatda hayotga, o‗zgarishlarga befarq qaraydigan loqayd kimsalar bo‗lmasligi kerak. Bu taraqqiyotimizni orqaga surib yuboradi. Inson buyuk, ezgu orzular bilan yashasin. Uni nafaqat mamlakat, balki jahonda ro‗y berayotgan hodisalar qiziqtirsin. Dunyoqarashi, ongi chegaralanib bir qolipda qolmasin. Milliy g‗urur, istiqlol mafkurasi g‗oyalari unga doim hamroh bo‗lsin»12. Bu maqsadga erishish uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» fani
    Prezidentimiz I.A. Karimovning so‗zlagan nutq va ma‘ruzalarida, asarlarida ko‗rsatib berilgan bozor iqtisodiyotiga o‗tish davri tamoyillarini, o‗tishning o‗ziga xos yo‗lini, o‗zining iqtisodiy qonunlarini, yo‗l-yo‗riqlarini, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorlar asosida mamlakatimiz oldida turgan iqtisodiy muammolar va vazifalarning chuqur tahlilini, uni yechish yo‗llarini yoritmog‗i, o‗tish davri iqtisodiyotining xususiyatlari, ko‗p ukladli iqtisodning, turli shakldagi mulkchilikning vujudga kelish yo‗llari, usullarini ko‗rsatib bermog‗i lozim.

    Download 2,01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish