1-jadval
Ayollarning ish bilan bandligi muammosini o‗rganishda turlicha o‗zaro bog‗liq nazariyalaridan foydalanish7
«Qo„shimcha ishchi» nazariyasi
|
«Rad etilgan ishchi» nazariyasi
|
Ishsizlikning yuqori foizi turmush qurgan ayollarning mehnatdagi ishtiroki hissasining oshib borishiga olib keladi. Chunki, ularning erlari ishsiz bo‗lgan chog‗da oilani ta‘minlash uchun ayollarga ishlashga to‗g‗ri keladi. Demak, turmush qurgan ayolning ishga kirish borasidagi qarori nafaqat ish haqi, balki oilaning umumiy daromadiga bog‗liq bo‗ladi. Agar yuqori darajadagi ishsizlik erlar uchun ishlashga kam imkoniyat qoldirsa, u holda ayollarning ishlash ehtimoli oshadi.
|
Bandlikning yuqori darajasi turmush qurgan ayollar mehnatdagi ishtiroki hissasining pasayishiga olib keladi. Chunki, boshqa sharoitda ish qidirishi mumkin bo‗lgan kishilarning hafsalasi pir bo‗ladi va mehnat resurslarining miqdori pasayadi. Ya‘ni, turmush qurgan ayollarning ishga kirish qarorini belgilovchi omil bo‗lib oilaning daromadi emas, balki mehnat bozorining torligi hisoblanadi. Bozor qanchalik tor bo‗lsa, ayollarning ish topishga harakat qilishi shunchalik kam ehtimolga ega bo‗ladi.
|
2. Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari, ularning tipologiyasi va namoyon bo‗lish shakllari
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya‘ni ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin.
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to‗rtta asosiy vazifasi ajratib ko‗rsatiladi:
bilish vazifasi – har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamеntal ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga kеladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni kеngaytiradi. Ayni paytda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushunish va tahlil qilish, iqtisodiyotning turli jabhalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarni baholash uchun zarur bo‘lgan bilimlar bilan boyitadi, iqtisodiy tafakkurlash darajasini oshiradi. Zеro, Prеzidеntimiz I.Karimov so‘zlari bilan aytganda, O‘zbеkistonning mustaqillikka erishish davridagi «…tahlikali va murakkab vaziyatda qanday maqsadlarni ko‘zda tutib, qanday amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirganini, bu harakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kеrak bo‘lsa, istiqlol o‘zbеk xalqiga tuhfa tariqasida bеrilmagani – bularning barchasi haqida har taraflama chuqur yoritib va isbotlab bеradigan izlanish va tahlil bugungi kunda ham o‘zining dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotmaganini qayd etishimiz zarur»8;
amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash va shu asosda o‗sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko‗proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‗rsatishni ta‘minlash, har bir faoliyat turi bo‗yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya‘ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‗llarini topishdan iboratdir;
Do'stlaringiz bilan baham: |