Iste‘mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayoni.
Shaxsiy iste‘mol – iste‘molchilik tavsifidagi ne‘matlar va xizmatlardan bevosita foydalanishni, ya‘ni ularning individual tarzda iste‘mol qilinishi.
Unumli iste‘mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish.
Iste‘mol sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne‘matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg‗arish – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to‗planib borilishi.
Iste‘molga o‗rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste‘molga ketadigan ulushi.
Jamg‗arishga o‗rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamg‗arishga ketadigan ulushi.
Iste‘molga keyingi qo‗shilgan moyillik – daromad hajmining o‗zgarishi natijasida iste‘mol sarflari hajmining o‗zgarishi darajasi.
Jamg‗arishga keyingi qo‗shilgan moyillik – daromad hajmining o‗zgarishi natijasida jamg‗arish hajmining o‗zgarishi darajasi.
Iqtisodiy jamg‗arish – milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko‗paytirish uchun foydalanish. Jamg‗arish normasi – jamg‗arish summasining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
Investitsiya – ishlab chiqarishni va xizmat ko‗rsatish sohalarini kengaytirishga, ya‘ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo‗yilma.
Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad (foyda) o‗sgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.