VI bob. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI
VA AMAL QILISHI
1. Bozor iqtisodiyotining vujudga kelishi va uning asosiy
modellari.
2. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.
4. Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari.
5. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.
1. Bozor iqtisodiyotining vujudga kelishi va uning asosiy
modellari
Кishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida tovar xo‘jaligi ne-
gizida bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, u borgan sari rivojlanib bo-
rishini ko‘rsatdi. XVII–XVIII asrlarga kelib, insoniyat xususiy
mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o‘tdi. Iqtisodiyotda
unga xos bo‘lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard
natijada hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy
tizim tashkil topdi.
Bozor munosabatlari tizimida shunday rag‘batlantiruvchi kuch
mavjudki, u muttasil iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy rivojlanishni
ta’minlaydi. Bozor tizimining afzalligini Tailand, Janubiy Кoreya,
Tayvan, Singapur kabi Osiyo mamlakatlari ham namoyish etdi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish tarixiy obyektiv zarurat bo‘lib,
kelajakda
ravnaq
topishining,
oqilona
xo‘jalik
yuritishga
erishishning samarali yo‘li hisoblanadi.
XX asrga kelib bozor iqtisodiyotiga o‘tish global, ya’ni
umumjahon voqeligiga aylandi. Bu jarayon murakkab bo‘lib, har bir
mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinib va turli
modellari asosida amalga oshadi. Har bir mamlakatning bozor
iqtisodiyotiga o‘tishining o‘ziga xos yo‘li quyidagi omillarga
bog‘liq: geografik o‘rni, tabiiy resurslarning mavjudligi va ularning
zaxirasi, tarixiy taraqqiyot darajasi, aholining an’analari va urf-
111
odatlari, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi,
jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot yo‘nalishi.
Ayni vaqtda bozor iqtisodiyoti umumiy tomonlarga ham ega
bo‘lib, bular: turli-tuman mulkchilikka asoslanganligi, tovar va
xizmatlarga erkin narxlar ustunligi, raqobat kurashiga asoslanishi,
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum tizimi
mavjudligi va shu kabilarda namoyon bo‘ladi.
Shu sababli, bozor iqtisodiyoti alohida mamlakatlarning xususi-
yatlari va umumiy tomonlarining o‘ziga xos qorishmasidan iborat
iqtisodiy tizim bo‘lib, iqtisodiy fanda har xil model tarzida ifoda-
lanadi.
Bunda bozor iqtisodiyoti modellarini ajratishga bir qator
mezonlar asos qilib olinadi. Ularning asosiylari quyidagilar:
Davlat ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarining maqsadi, yo‘nalishi;
Iqtisodiyotni tartibga solish usullari;
Iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi;
Ish haqidagi farq va boshqa shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |