O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


Hozirgi  zamon  puli  tovarlarni  ayriboshlashda  umumiy



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Hozirgi  zamon  puli  tovarlarni  ayriboshlashda  umumiy 

ekvivalent  rolini  bajaruvchi,  umumko‘pchilik  tomonidan  tan 

olingan va davlat tomonidan qonunlashtirilgan vositadir.  

Pul tovar muomalasi doirasidan tashqarida ham amal qila bosh-

laydi:  pul  rentasi,  pul  soliqlari 

vujudga  keladi,  natural  majburiyatlar 

pul majburiyatlariga aylanadi.  

Shu tariqa pul ishlab chiqarish va 

muomala  jarayonida  bir  qator  vazifa-

larni  bajaradi:  1.  Qiymat  o‘lchovi.  2. 

Muomala  vositasi.  3.  Boylik  to‘plash 

vositasi. 4. To‘lov vositasi.  

1.  Tovarning  almashuv  qiymatini 

ifodalash  va  uni  aniqlash  uchun 

qo‘lda  naqd  pulga  ega  bo‘lish  shart  emas.  Pulning  bu  vazifasini 

ideal  pul  bajaradi.  Tovar  egasi  fikran  ideal  ravishda  shu  tovarning 

almashuv  qiymatini  pul  bilan  ifodalaydi.  Tovarning  narxi  talab  va 

taklif  miqdoran  mos  kelgan  taqdirdagina  uning  qiymatiga  muvofiq 

keladi.  Agar  talab  va  taklif  mos  kelmasa,  narx  qiymatidan  farq 

qiladi.  Demak,  tovarlarning  narxi  ularning  qiymatiga,  talab  va 

taklifning nisbatiga bog‘liq.  

Tovar  almashuv  qiymati  va  nafliligining  pul  bilan  ifodalanishi 

uning narxidir.  

Dastlab  pul  birliklari  va  ularning  nomlari  ko‘pincha  muayyan 

og‘irlikda nodir  metallar bilan bog‘liq bo‘lgan, valuta tizimlarining 

nomlari  (funt  sterling)  ham  shundan  dalolat  beradi.  Lekin  vaqt 

o‘tishi bilan, «vazn» nomi pul birligidan nodir metallarning haqiqiy 



104 

vaznidan  tobora  ko‘proq  farq  qila  boshlagan.  Buning  bir  qancha 

sabablari bor bo‘lib, ularning biri shu bilan bog‘liqki, tarixan uncha 

nodir  bo‘lmagan,  umumiy  ekvivalent  rolini  o‘ynagan  metallar 

nodirroq,  demak,  qimmatroq  metallar  tomonidan  siqib  chiqarilgan; 

bunda  pul  nomlari  avvalidagicha  qolgan.  Masalan,  funt  sterling 

dastlab  bir  funt  kumushning  pul  bilan  ifodalangan  nomi  bo‘lgan. 

Lekin  oltin  qiymat  o‘lchovi  sifatida  kumushni  siqib  chiqargach, 

avvalgi  nom  o‘z  qiymati  jihatidan  bir  funt  kumushga  teng  bo‘lgan 

oltin  miqdoriga  nisbatan  ishlatila  boshlagan.  Boshqa  sabab 

tangalarni 

soxtalashtirish 

bo‘lib, 

bunda 


davlat 

pul 


zarb 

qilinayotganda  tangaga  talab  qilingandan  ko‘ra  kamroq  miqdorda 

pul materiallarini sarflaydi.   

Tovar  muomalasi  jarayonida  naqd pul  yoki  uning  tashuvchilari 

(masalan,  plastik  kartalar)  bo‘lishi  kerak.  Chunki  tovarlarni  oldi-

sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. 

Bu  jarayonda  pul  muomala  vositasi  vazifasini  bajaradi.  Pulning 

muomala  vositasi  sifatidagi  vazifasi  shundan  iboratki,  u  tovarlar 

muomalasi jarayonida vositachi bo‘lib maydonga chiqadi.  

Dastlab  tovarlarni  ayribosh  qilishda  pul  bevosita  kumush  yoki 

oltin  quymalar  shaklida  mavjud  bo‘lgan.  Bu  hol  ayriboshlash 

vaqtida  qiyinchiliklar  tug‘dirgan:  pul  metallni  o‘lchash,  uni  mayda 

bo‘laklarga  bo‘lish,  sifatini  belgilash  zarur  bo‘lgan.  Asta-sekin  pul 

metall  quymalari  o‘rniga  monetalar  ishlatila  boshlagan.  Monetalar 

o‘z  vazni  va  sifati  jihatidan  ma’lum  miqdordagi  metalldan  iborat 

bo‘lib, ular davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan bo‘ladi.  

Oltin 

pul 


muomalasi 

amaliyoti 

ko‘rsatadiki, 

uzluksiz 

muomalada  bo‘lish  natijasida  oltin  tangalar  yeyilib  ketadi,  o‘z 

massasining bir qismini yo‘qotadi va to‘la qiymatli bo‘lmagan pulga 

aylanadi. Shu sababli, muomalaga oltin o‘rnini bosuvchi pul sifatida 

to‘la qiymatli bo‘lmagan qiymat belgilari chiqarilgan.  

3.  Pul  muomaladan  chiqarilganda  boylik  to‘plash  vazifasini 

bajara  boshlaydi.  Har  bir  tovar  ishlab  chiqaruvchi  o‘zini  bozor 

tasodiflaridan  ehtiyot  qilish  va  o‘z  tovarini  sota  olish  yoki 

olmasligidan qat’iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyatiga 

ega bo‘lish uchun o‘zini ma’lum pul rezervi bilan ta’minlashi kerak.  

Natural xo‘jalik sharoitida boylik mahsulot jamg‘arish shaklida 

amalga  oshirilgan.  Tovar  xo‘jaligining  rivojlanishi  boylik  jamg‘a-



105 

rishning  pul  shaklini  keltirib  chiqaradi.  Tovarlarni  cheklanmagan 

miqdorda  saqlab  bo‘lmaydi,  pulni  istagan  miqdorda  saqlash 

mumkin. 


Tovar  xo‘jaligi  taraqqiyotining  dastlabki  davrlarida  pul 

jamg‘arish  uni  muomaladan  chiqarib  olish  yo‘li  bilan  amalga 

oshirilgan.  Кeyinchalik  foyda  ketidan  quvish  hukmron  ahamiyat 

kasb  etib,  bo‘sh  turgan  pul  foyda  keltirmasligi  sababli  pul  egalari 

uni harakatga keltirishga, uni foydali joyda ishlatish yo‘lini topishga 

intildilar.  

Shuning  uchun  pul  saqlash  uchun  banklarga  qo‘yiladi.  Banklar 

esa, ularni bir joyga to‘plab, kredit vositasida foydalanadi.  

Boylik  to‘plash  vositasini  faqat  oltin  tangalar  emas,  balki  pul 

materiallari, oltin buyumlar va boshqalar ham uynay oladi. 

  4. Tovarlar nasiyaga, to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul 

to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‘lov 

muddati  kelgandan  keyingina  to‘laydi.  Pulning  to‘lov  vositasi 

sifatidagi vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmaydi. Pul 

qarzga  berilganda,  renta  va  soliqlarni  to‘lashda  ham  to‘lov  vositasi 

vazifasini  bajaradi.  Nima  uchun  tovarni  sotish  bilan  unga  haq 

to‘lash o‘rtasidagi vaqt jihatidan ajralish paydo bo‘ladi? Buning eng 

tub  sababi  ishlab  chiqarish  sikllarining  turlicha  davom  etishidir. 

Masalan, qishloq xo‘jaligida hosil bir yilda bir marta yig‘ib olinadi. 

Lekin dehqonga butun yil mobaynida turli xil tovarlar kerak bo‘ladi. 

Pulning  to‘lov  vositasi  sifatidagi  vazifasi  bu  xil  qiyinchiliklarni 

bartaraf  etishga  va  xo‘jalik  aylanmasini  tezlashtirishga  imkon 

beradi.  Shunday qilib,  pulning  to‘lov  vositasi  sifatidagi  vazifasidan 

qog‘oz pullar, veksel va banknotlar kelib chiqqan.  

Shunday  majburiy  to‘lovlar:  soliq,  bojlar,  jarima  va  davlat 

transferlari amalga oshirilganda to‘lov vazifasi namoyon bo‘ladi. 

Кredit  pullar  qog‘oz  pullar  bilan  qo‘shilib,  tovar  muomalasiga 

xizmat  qila  boshlaydi.  Bu  bilan  oltinni  pul  muomalasidan  siqib 

chiqarish yo‘lida yana bir qadam qo‘yiladi.  

Muomala  sohasida  har  doim  pul  muomalasi  qonuni  bilan 

tartibga solinadigan ma’lum miqdordagi pul birligi massasi mavjud 

bo‘lishi  zarur.  Umumiy  holda  pul  muomalasi  qonuni  quyidagicha 

shakllantirilishi  mumkin:  tovar  aylanishiga  xizmat  qiladigan  pul 



106 

miqdori  tovar  massalari  narxi  summasiga  to‘g‘ridan  -  to‘g‘ri, 

pulning aylanish tezligiga teskari mutanosiblikda joylashadi: 

,


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish