118
2. Qanday ishlab chiqarish zarur? Yangi texnika va texno-
logiyaga asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zarur.
3. Qancha ishlab chiqarish zarur? Iqtisodiy resurslar va
ehtiyojlar taqozo qiladigan miqdorda ishlab chiqariladi.
4. Кim uchun ishlab chiqarish zarur? Aholining alohida
tabaqalari (yuqori, o‘rta va kam ta’minlanganlar) talabini hisobga
olib ishlab chiqarish tashkil qilinadi.
5. Iqtisodiy tizim ro‘y beradigan o‘zgarishlarga moslasha
oladimi? Bunda mavjud iqtisodiy tizim bozor iqtisodiyoti muhitiga
moslasha olishlik darajasi hisobga olinadi.
Foyda olish yoki zarar ko‘rish mumkinligini korxona umumiy
daromadlarini barcha xarajatlari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
Кorxona umumiy
pul daromadi
(tovar birligi
bahosi X
sotiladigan tovar
miqdori)
___
Ishlab chiqarishga
qilingan barcha
xarajat (resurs
birligi narxi X
foydalanadigan
resurs miqdori)
_______
Foyda
yoki zarar
miqdori
Bozor iqtisodiyotining afzalliklaridan uchtasi e’tiborga loyiqdir.
Bular:
1. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi
resurslarni samarali taqsimlash imkonini beradi. Uning mazmuni
shundan iboratki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng
zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi.
U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg‘unlashtirishning ancha
samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali
texnologiyani qo‘llashni taqozo etadi. Umuman, bozor tizimi
shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun
mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasiga mos miqdorda
ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
2. Erkinlik. Bozor iqtisodiy tizimining muhim afzalliklaridan
biri, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Кo‘plab ayrim
shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‘unlashtirish va
tashkil qilish bozor iqtisodiyotining asosiy muammolaridan biridir.
Bunday uyg‘unlashtirishni amalga oshirishning samarali usuli bozor
tizimi vositasi orqali erkin hamkorlikdir. Faqat bozor tizimi
119
iqtisodiy faoliyatni erkinlik qoidalari asosida uyg‘unlashtirishga
layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini
namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.
3. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, u iqtisodiy
faollikni rag‘batlantiradi. Bunda har bir subyekt tinimsiz harakatda
va iqtisodiy faol bo‘lishini taqozo etadi. Chunki xo‘jasizlik,
sustkashlik, beg‘amlik har qanday xo‘jalik tizimini parokandalikka
yuz tutishiga olib keladi. Raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda
foyda olishni ta’minlash uchun kurash iqtisodiyot subyektlarini
harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotining kamchiligi shundaki, u o‘zining bosh
nazorat mexanizmi – raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l qo‘yadi va
hatto buni rag‘batlantiradi.
Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan
quvib va o‘z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning
cheklangan yo‘lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firmalarning
qo‘shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz
raqobat – bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning
tartibga soluvchilik ta’sirining pasayib borishiga olib keladi.
Bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham
raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yaxshi texnologiya
odatda: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni;
b) yirik bozorlar bo‘lishini; d) kompleksli, markazlashgan va bir
butun bo‘lib birlashgan bozorning tarkib topishini; e) boy va
ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya
bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi ishlab chiqaruvchilar
mavjud bo‘lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng
yangi texnologiyani qo‘llash asosida ishlab chiqarishning yuqori
samaradorligiga erishish, ko‘pincha ko‘p miqdordagi kichik firmalar
emas, balki uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar
mavjud bo‘lishini taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyotining navbatdagi kamchiligi jamiyat a’zolari
daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining ta-
baqalanishi bilan bog‘liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak
darajada rivojlanmasin, daromadlar tengsizligini bartaraf qila ol-
maydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatishi mumkin.
120
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof etilgan kamchiliklaridan
biri shundan iboratki, u ijtimoiy iste’mol qilinadigan ne’matlar va
xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu
sababli, jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan
ta’minlash davlat zimmasida bo‘ladi.
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib
turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligi ham bozor
iqtisodiyotining kamchiligi hisoblanadi va bu – pulning
qadrsizlanishi – inflatsiya bilan birga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: