O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Inqirozlarning mazmuni va turlari



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

3. Inqirozlarning mazmuni va turlari 

 

Siklli  rivojlanishning  dastlabki  va  asosiy  fazasi  inqiroz  hisob-



lanadi.  Inqiroz  bir  siklni  nihoyasiga  yetkazib,  yana  muqarrar 

ravishda  inqiroz  bilan  tugaydigan  yangisining  boshlanishiga  asos 

soladi;  inqiroz  ro‘y  berganda  asosiy  kapitalning  ortiqcha 

jamg‘arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo‘ladi. 

Inqiroz  paytida  ishlab  chiqarish  va  bandlik  qisqaradi,  ammo 

narxlar har doim pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi 

nuqtasida  ishlab  chiqarish  va  bandlik  o‘zining  eng  past  darajasiga 

tushib  ketishi  orqali  tavsiflanadi.  Shunga  ko‘ra,  iqtisodiy  inqiroz 

ishlab  chiqarish  (xizmat  ko‘rsatish)  hajmining  keskin  tushib 

ketishini anglatadi. 

Inqirozning sababi 

shundan  iboratki,  ja-

miyatda  ishlab  chiqa-

rilgan tovarlar massasi 

to‘lovga  qobil  talabga 

mos  kelmay  (undan 

oshib  ketadi  yoki  kam 

bo‘ladi)  qoladi.  Nati-

jada  ishlab  chiqarish-

ning  bir  qismi  to‘xtab 

qoladi,  tovarlar  taklifi  kamayadi,  ishlab  chiqarishning  o‘sish  davri 

uning  tushkunligi  bilan  almashinadi.  Iqtisodiyotning  o‘sishi 

inflatsiya,  ya’ni  narxlar  umumiy  darajasining  keskin  ko‘tarilishi 



443 

sababli  orqaga  ketadi.  Shunday  davrlar  ham  bo‘ladiki,  bunda 

iqtisodiy o‘sish bandlik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin 

beradi,  ayrim  hollarda  narx  darajasining  ko‘tarilishi  bilan  birga 

ishsizlik  ham  keskin  ortadi.  Iqtisodiy  o‘sishning  uzoq  muddatli 

tamoyillari  ham  ishsizlik,  ham  inflatsiya  oqibatida  uzilib  qoladi  va 

murakkablashadi.  Inqirozlarning  asosiy  sababi  –  takror  ishlab 

chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo, ishlab 

chiqarish  va  uning  natijalarini  o‘zlashtirish  o‘rtasidagi  nomu-

tanosiblik  bo‘lib,  u  turli  ishlab  chiqarish  usullari  va  iqtisodiy 

tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda namoyon bo‘ladi. 

Ishlab  chiqarish  bilan  iste’mol,  talab 

va  taklif  o‘rtasidagi  vaqt-vaqti  bilan 

yuzaga  kelib  turadigan  nomutanosibliklar 

ham  iqtisodiy  inqirozlarning  yuzaga 

chiqish imkoniyatini saqlaydi. 

Rivojlangan  tovar  xo‘jaligi  paydo 

bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning kes-

kin  qisqarishi  odatda  tabiiy  ofatlar  (qur-

g‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki urush-

lar  va  ular  keltiradigan  vayronagarchiliklar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan. 

Yirik  mashinali  ishlab  chiqarishga  o‘tilgan  davrdan  keyingi  vaqt-

vaqti  bilan  iqtisodiyotni  larzaga  solib  turuvchi  iqtisodiy  inqirozlar 

takror  ishlab  chiqarishga  siklik  tavsifni  kasb  etadi.  Inqirozlar  turli-

tuman  tarzda  ro‘y  bersa-da,  ularni  umumiy,  o‘xshash  tomonlarini 

nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin. 

 1.  Xo‘jalik  tizimida  muvozanatning  buzilish  ko‘lamiga  ko‘ra 

inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan turlarga 

ajratish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab 

olsa,  ikkinchisi  qisman,  ya’ni  ayrim  sohalar  yoki  tarmoqlardagi 

tanglik sifatida ro‘y beradi. 

Ayrim  sohalardagi  inqirozlar  orasida  moliyaviy  inqiroz  muhim 

o‘rin tutib, u o‘z ichiga pul-kredit va valuta sohasidagi inqirozlarni 

oladi.  AQSH  va  Yevropaning  aksariyat  mamlakatlarida  2008-yilda 

boshlangan inqiroz ham dastlab moliya sohasini, keyinchalik ishlab 

chiqarish  sohasini  ham  qamrab  olib,  jahon  moliyaviy-iqtisodiy 

inqirozga aylandi. 



444 

Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining 

tang  ahvolga  tushishi  bo‘lib,  bunda  tijorat  va  bank  krediti  taklifi 

qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foiz stavkasi tu-

shib ketishi natijasida banklar sinib, bankrotlikka uchraydi. 

Valuta  inqirozi.  Bunda  banklarda  valuta  zaxirasi  tugab,  milliy 

valuta kursi keskin tushib ketadi.  

Birja  inqirozi.  Bu  qimmatli  qog‘ozlar 

kursining  tezda  keskin  tushib  ketishi, 

ularni 


emissiya 

qilishning 

qisqarishi 

natijasida  fond  birjalari  faoliyatidagi 

chuqur tangligini ifodalaydi. 

Ekologik  inqiroz.  Atrof-muhitning 

keskin  buzilishi  natijasida  eng  avvalo,  ki-

shilar sog‘lig‘ini yo‘qotish, umrini qisqar-

tirishga  olib  keladigan  darajadagi  vaziyatning  vujudga  kelishida 

ifodalanadi. 

Tarkibiy  inqirozlar.  Bu  inqirozlarni  ishlab  chiqarishning  ayrim 

sohalari  bilan  tarmoqlar  rivojlanishi  o‘rtasidagi  chuqur  nomu-

tanosibliklar  keltirib  chiqaradi.  Tarkibiy  inqirozlar  milliy  xo‘ja-

likning  biron-bir  tarmog‘ini  qamrab  olib,  ishlab  chiqarishning 

tarkibiy o‘zgarishini taqozo qilsa-da, aks holda me’yordagi xo‘jalik 

aloqalarning buzilishiga sabab bo‘ladi. 

Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan 

iqtisodiy  faollikning  mavsumiy  tebranishlari  ham  mavjud  bo‘ladi. 

Masalan,  bayramlar  arafasida  ommaviy  ravishda  xarid  qilish,  iste’-

mol tovarlarining faollik sur’atida, asosan chakana savdoda sezilarli 

har  yillik  tebranishlarga  olib  keladi.  Qishloq  xo‘jaligi,  avtomobil 

sanoati,  qurilish  ham  qandaydir  darajada  mavsumiy  tebranishlarga 

duchor bo‘ladi. 

Iqtisodiy  faollik  iqtisodiyotdagi  uzoq  muddatli  tamoyillarga, 

ya’ni  uzoq  muddatli  davr,  masalan,  25,  50  yoki  100  yil  davomida 

iqtisodiy  faollikning  o‘zgarishi  (ortishi  yoki  pasayishi)  ga  bog‘liq. 

Bu  yerda  shuni  ta’kidlash  lozimki,  ayrim  mamlakatlarda  (masalan 

AQSH)  uzoq  muddatli  tamoyil  sezilarli  iqtisodiy  o‘sish  bilan 

tavsiflansa, boshqalarda iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi kuzatiladi. 

Iqtisodiy  faollikning  tebranishini  tushuntiruvchi  ko‘plab 

qarashlar  mavjud  bo‘lishiga  qaramasdan,  ko‘pchilik  iqtisodchilar 



445 

ishlab  chiqarish  va  bandlik  darajasini  belgilovchi  asosiy  omil 

umumiy yoki yalpi sarflar darajasi deb hisoblashdi. 

Agrar  inqirozlar.  Qishloq  xo‘jaligida  ro‘y  beradigan  agrar 

inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 1) qishloq xo‘jalik 

mahsulotlarining  nisbiy  ortiqcha  ishlab  chiqarilishi,  uning  sotilmay 

qolgan  juda  katta  zaxiralarining  to‘planishi;  2)  narxlarning 

pasayishi,  daromadlar  va  foydalarning  kamayishi;  3)  fermerlarning 

ommaviy ravishda xonavayron bo‘lishi, ular qarzlarining ortishi; 4) 

qishloq aholisi o‘rtasida ishsizlarning ko‘payishi. 

Qishloq  xo‘jaligida  takror  ishlab  chiqarishning  o‘ziga  xos 

xususiyatlaridan kelib chiqib, agrar inqirozlar o‘ziga xos tavsif kasb 

etadi.  Agrar  inqirozlar  sanoat  sikllariga  qaraganda  odatda  ancha 

uzoq  vaqt  cho‘zilib  ketadi.  Birinchi  agrar  inqiroz  XIX  asrning  70-

yillarida  boshlanib,  har  xil  shakllarda  90-yillar  o‘rtasigacha  davom 

etgan. 


Birinchi  jahon  urushidan  keyin,  aholining  xarid  qobiliyati  juda 

pasayib  ketgan  sharoitda,  1920-yil  bahorida  keskin  agrar  inqiroz 

boshlanib,  ikkinchi  jahon  urushining  boshlanishga  qadar,  uchinchi 

agrar inqiroz 1948-yildan 80-yillargacha davom etgan. 

Agrar inqirozlarning cho‘zilib ketishining asosiy sabablari quyi-

dagilar: a) yerga xususiy mulk monopoliyasi qishloq xo‘jalik ishlab 

chiqarishining  rivojlanishida  sanoatga  nisbatan  orqada  qolishiga 

sabab bo‘ladi; b) yer rentasining mavjud bo‘lishi va uning uzluksiz 

sur’atda  o‘sib  borishi.  Yer  rentasining,  avvalo,  absolyut  rentaning 

o‘sib  borishi  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  qimmatlashtirib 

yuboradi,  buning  natijasida  ularni  sotish  qiyinlashadi;  d)  ko‘plab 

mayda  dehqon  xo‘jaliklarining  mavjud  bo‘lishi.  Mayda  ishlab 

chiqaruvchilar xo‘jalikni asosan o‘zi va oilasi uchun zarur tirikchilik 

vositalari  bilan  ta’minlash  maqsadida  yuritadi.  Inqiroz  sharoitida 

ham  ular  ishlab  chiqarishni  qisqartira  olmaydilar.  Oilasini 

ta’minlash  va  ijara  haqini  to‘lash  uchun  ishlab  chiqarishni  ilgarigi 

miqyoslarda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 

ishlab chiqarishni yana ham ko‘paytirib yuboradi. 

Agrar  inqirozlar  siklli  tavsifga  ega  bo‘lmaydi.  Qishloq  xo‘jalik 

mahsulotlarini  ortiqcha  ishlab  chiqarish  mutlaq  emas,  balki  nisbiy 

tavsifga  ega.  Chunki  inqiroz  ro‘y  bergan  mamlakatlarda  million-

million kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydi. 




446 

2.  Iqtisodiyotda  muvoza-

natlik buzilishining muntazam 

yoki onda-sonda yuz berishiga 

ko‘ra  davriy,  oraliq,  beqaror 

inqirozlarga ajratish mumkin. 

Davriy  inqirozlar  ma’lum 

vaqt  mobaynida  takrorlanib 

turadi. 

Oraliq  inqirozlar  to‘liq  sikl  bo‘yicha  yuz  bermaydi.  Siklning 

biron-bir  fazasida  to‘xtatiladi.  Ular  nisbatan  uncha  shiddatli 

bo‘lmay, qisqa davr davom etadi.  

Beqaror  inqirozlar  biron-bir  alohida  sabablarga  ko‘ra  yuz 

beradi.  Masalan,  tabiiy  ofat,  sel,  to‘fon,  qurg‘oqchilik  tufayli 

iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolishi mumkin. 

3. Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilish tavsifiga ko‘ra: 

ortiqcha  ishlab  chiqarish  va  taqchil  ishlab  chiqarish  inqirozlariga 

bo‘linadi.  Tovarlarni  ortiqcha  ishlab  chiqarish  inqirozi  turli  naf 

keltiradigan  ne’matlarning  ko‘p  miqdorda  ishlab  chiqarilishi,  lekin 

ularning to‘liq sotilmasligida namoyon bo‘ladi. 

Taqchil  ishlab  chiqarish  inqirozi  davrida  iqtisodiyotda 

muvozanat buzilib, tovarlar yetishmasligi natijasida tang ahvol kelib 

chiqadi.  Shunday  ekan,  iqtisodiyotning  tang  ahvolga  tushishiga 

faqat  ortiqcha  ishlab  chiqarish  emas,  balki  taqchil  ishlab  chiqarish 

ham sabab bo‘ladi.   

Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozining  kelib  chiqish  sabablari 

va iqtisodiy faollikka ta’siri. 

Hozirgi 


davrda 

dunyo 


mamlakatlari 

ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotidagi  muhim  jihat  –  milliy  iqtisodiyotlarning  tobora 

integratsiyalashuvi  va  globallashuvining  kuchayib  borishidir.  Ayni 

paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning keskinlashu-

viga  va  har  bir  mamlakatning  xalqaro  mehnat  taqsimotidagi  o‘z 

mavqeini  mustahkamlash  uchun  kurashining  kuchayishiga  ham 

ta’sir ko‘rsatadi. 

Biroq  jahon  iqtisodiyotiga  integratsiyalashuv  va  globallashuv-

ning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma’lum salbiy oqibatlari ham 

o‘z  o‘rniga  ega.  Jumladan,  turli  mamlakatlardagi  iqtisodiy  rivoj-

lanishning  bir  tekisda  bormasligi,  ular  o‘rtasida  ijtimoiy-iqtisodiy 




447 

rivojlanish  jihatidan  farqlar  mavjudligi,  ekologik  tahdidlarning  ku-

chayib borishi, turli mamlakatlarda aholi soni o‘zgarishining keskin 

farqlanishi  kabi  holatlar  jahon  xo‘jaligining  yaxlit  tizim  sifatida 

barqaror  rivojlanishiga  to‘sqinlik  qiladi.  Shuningdek,  mazkur  jara-

yonlarining  yana bir  xususiyatli  jihati  –  jahonning bir  mamlakatida 

ro‘y  berayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  larzalarning  muqarrar  ravishda 

boshqa  mamlakatlarga  ham  o‘z  ta’sirini  o‘tkazishi  hisoblanadi. 

Jahon  hamjamiyatida  yaqin  o‘tmishda  boshlangan  va  hozirda  ham 

o‘z  o‘rniga  ega  bo‘lgan  moliyaviy-iqtisodiy  inqiroz  aynan  shu 

ma’noda  globallashuv  jarayonlarining  salbiy  oqibati  sifatida 

namoyon bo‘ladi. 

«Bu  inqiroz  Amerika  Qo‘shma  Shtatlarida  ipotekali  kreditlash 

tizimida  ro‘y  bergan  tanglik  holatidan  boshlandi.  So‘ngra  bu  jara-

yonning 

miqyosi 


kengayib, 

yirik 


banklar 

va 


moliyaviy 

tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy 

inqirozga  aylanib  ketdi.  Dunyoning  yetakchi  fond  bozorlarida  eng 

yirik  kompaniyalar  indekslari  va  aksiyalarining  bozor  qiymati 

halokatli  darajada  tushib  ketishiga  olib  keldi.  Bularning  barchasi, 

o‘z  navbatida,  ko‘plab  mamlakatlarda  ishlab  chiqarish  va  iqtisodiy 

o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va 

boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi»

113



Bundan  ko‘rinadiki,  dastlab  AQSH  ipoteka  bozorlarida 



namoyon  bo‘lgan  mazkur  inqiroz  yetarlicha  to‘lov  layoqatiga  ega 

bo‘lmagan,  qarzlarni  qaytarish  qobiliyati  shubhali  bo‘lganlarga 

ipoteka  kreditlari  berish  amaliyotining  jadallashuvi  natijasida  ro‘y 

bergan.  

Ipoteka  krediti  o‘zining  mohiyati  bo‘yicha  ko‘chmas  mulk 

garovi  hisobiga  beriladigan  kreditlar  bo‘lsa-da,  AQSH  bozorlari 

bunday  likvidli  ko‘chmas  mulklarga  yetarlicha  «to‘yingani» 

oqibatida ularning narxlari keskin tusha boshlagan.  

AQSH  iqtisodiyoti  yaratilgan  shart-sharoitlar  tufayli  arzon 

kredit  resurslariga  to‘yindi  va  bu  Federal  zaxira  tizimi  amalga 

oshirayotgan  pul-kredit  siyosatini  o‘zgartirishga  olib  keldi. 

Jumladan,  Federal  zaxira  tizimi  foiz  stavkalarni  keskin  ko‘tardi. 

                                                           

113


 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari 

va choralari.. – T.:O‘zbekiston 2009, 4-b.  

 



448 

Кreditlarning  qimmatlashuvi  aholining  ipoteka  kreditiga  talabining 

pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo‘yicha qarzdorlar to‘lovining 

kamayishiga  olib  keldi.  Boshqa  tomondan,  oziq-ovqat  mahsulotlari 

va  energiya  resurslari  narxlarining  o‘sishi  aholining  kreditni 

qaytarish bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlarining cheklanishiga sabab 

bo‘ladi.  2000‒2007-yillar  mobaynida  jahon  bozoridagi  oziq-ovqat 

mahsulotlarining narxi o‘rtacha ikki barobarga, benzin narxi esa 3,5 

barobarga  oshgan.  Neft  narxi  rekord  darajada  ko‘tarilgan,  ya’ni  bir 

barreli 147 dollardan ortdi.     

Pirovard  natijada  2007-yil  boshida  AQSHda  aholining  ipoteka 

kreditlarini  qaytarishi  bilan 

bog‘liq  muammo  kuchaygan. 

Qarzdorlarning 

ko‘chmas 

mulk  garovi  bilan  olingan 

kreditlarni  qaytarishdan  ko‘ra 

to‘lovlarni  to‘lashdan  bosh 

tortish 

holati 


kengaygan. 

Banklarning 

to‘lov 

qobiliyatiga  ega  bo‘lmagan 

mijozlarning ko‘chmas mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida 

ipoteka  bozoridagi  taklif  ko‘payib,  bozordagi  narxlarning  keskin 

pasayishiga olib kelgan. 

Кo‘pchilik mutaxassislar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning 

haqiqiy sabablaridan biri rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning 

haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosati ekanligini, ya’ni «o‘z-

o‘zini boshqaruvchi bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning 

milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvining 

cheklanganligi bilan ham izohlaydilar.  

Jahon  moliyaviy  inqirozining  yuzaga  kelishining  asosiy  sa-

bablaridan  biri  –  moliyaviy  resurslar  bilan  real  ishlab  chiqarish 

hajmi  o‘rtasidagi  mutanosiblikning  keskin  buzilishi  hisoblanishini 

qayd  qilish  lozim.  Pul  muomalasi  qonuniga  asosan,  iqtisodiyot 

sog‘lom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga chiqarilayotgan 

pul  massasi  bilan  tovar  va  xizmatlar  ishlab  chiqarish  real  hajmi 

o‘rtasida  muayyan  nisbatga  amal  qilinishi  lozim.  Milliy 

iqtisodiyotlarning  baynalmilallashuvi  va  globallashuv  jarayonlari 

pul muomalasining amal qilishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi, biroq 




449 

dastlab  ayrim  mamlakatlar,  (AQSHda)  keyinchalik  ko‘plab 

mamlakatlarda mazkur qonun talablarini e’tiborga olmaslik holatlari 

kuzatiladi. O‘tgan asrning 70-yillariga qadar amal qilib kelgan jahon 

valuta  tizimlari  pullarning  oltin  yoki  tovar  mazmunini  ta’minlash 

orqali iqtisodiy rivojlanishning barqarorligiga zamin yaratib kelgan. 

Biroq  jahon  amaliyotida  boshqariladigan,  suzib  yuruvchi  valuta 

tizimiga  o‘tgach,  pulning  oltin  mazmuni  yo‘qolib,  asosan  AQSH 

dollari  yetakchi  valutaga  aylanib,  uning  muomalaga  chiqarilishini 

nazorat  qilish  qiyin  bo‘lib  qoldi.  Кeyingi  yillarda  globallashuv 

jarayonining  jadallashuvi  ta’sirida  xalqaro  iqtisodiy  aloqalarda 

qat’iy  valutaga  bo‘lgan  talabning  yanada  ortishi  AQSH  tomonidan 

hech  qanday  tovar  bilan  ta’minlanmagan  pullarning  muomalaga 

chiqarilish jarayonini yanada tezlatib yubordi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 

muomaladagi  pul  massasi  (naqd,  kredit  pullar  va  turli  to‘lov 

vositalari)ning  tovar  va  xizmatlar  ishlab  chiqarish  real  hajmidan 

deyarli 10 baravar, agar pulning aylanish tezligi ham hisobga olinsa, 

uning  miqdori  pulga  bo‘lgan  talabdan  bir  necha  o‘n  baravar 

ko‘payib ketganligini anglatadi.   

Shu  bilan  bir  qatorda,  asosan  yetakchi  rivojlangan  mam-

lakatlarda  kuzatilgan  quyidagi  salbiy  holatlar  ham  moliyaviy 

inqirozning vujudga kelishining asosiy sabablaridan hisoblanadi: 

noratsiotnal  pul-kredit  siyosati  hamda  qayta  moliyalash 

stavkasining  surunkali  ravishda  past  darajada  ushlab  turilishi 

natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi;  

moliyaviy  institutlarning  majburiyatlari  bilan  ustav  mablag‘lari 

o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;   

qimmatli  qog‘ozlar  bo‘yicha  reyting  tashkilotlari  tomonidan 

soxta xulosalar berilishi; 

moliyaviy  audit  va  professional  etika  tamoyillarining  buzilishi 

va soxta audit xulosalari taqdim etilishi; 

moliyaviy  rag‘batlantirish  uslubi  sifat  ko‘rsatkichlariga  emas, 

balki miqdoriy ko‘rsatkichlarga asoslanganligi; 

yuqori  riskli  va  murakkab  hosilaviy  qimmatli  qog‘ozlarning 

vujudga kelishi va hokazo.  

Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  milliy  xo‘jalik  rivojidagi 

iqtisodiy  faollikning  turli  shakllari  va  ishlab  chiqarish  natijalariga 

o‘z  ta’sir  kuchiga  ega  bo‘ladi.  Jumladan,  keyingi  yillarda 




450 

rivojlangan  mamlakatlarda  surunkali  budjet  taqchilligi  va  salbiy 

tashqi  savdo  saldosining  kuzatilayotganligi  jahon  moliyaviy 

inqirozining  vujudga  kelishining  asosiy  sabablaridan  biri  ayni 

vaqtda uning salbiy oqibati hisoblanadi.  

«...moliya-bank  tizimidagi  inqiroz  jarayonlari  deyarli  butun 

dunyoni  qamrab  olayotgani,  resessiya  va  iqtisodiy  pasayishning 

muqarrarligi,  investitsiyaviy  faollik  ko‘lamining  cheklanishi,  talab 

va  xalqaro  savdo  hajmining  kamayishi,  shuningdek,  jahonning 

ko‘plab mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofatlar 

sodir bo‘lishi mumkinligi o‘z tasdig‘ini topmoqda»

114


.  

Кeyingi  yillarda  rivojlanayotgan  mamlakatlar  tashqi  savdo 

balansida  ijobiy  qoldiq  o‘sayotgan  sharoitda  ayrim  rivojlangan 

mamlakatlarda  surunkali  budjet  taqchilligi  va  salbiy  tashqi  savdo 

saldosining kuzatilayotganligi jahon moliyaviy inqirozining vujudga 

kelishining  asosiy  omillaridan 

biri 

hisoblangan. 



Xususan, 

keyingi 


yillarda 

Xitoy, 


Yaponiya, 

Yaqin 


Sharq 

mamlakatlari  valuta  zaxiralari 

keskin  o‘sdi.  Ma’lumotlarga 

ko‘ra, so‘nggi paytlarda xalqaro 

valuta  zaxiralarining  3,4  trln. 

dollari,  ya’ni  jami  zaxiralarning 

qariyb  59%  Osiyoning  10  ta  yirik  mamlakati  hissasiga  to‘g‘ri 

kelmoqda.  

Rivojlangan  mamlakatlar,  ayniqsa,  AQSH  davlat  tashqi  qarzi 

miqdorining  o‘sib  borganligi  va  uning  YaIMga  nisbatan  salmog‘i 

ortganligi inqiroz kuchayishining asosiy omillaridan biri bo‘lgan.  

Inqiroz boshlangan davrda AQSH va ayrim Mustaqil hamdo‘st-

lik davlatlari tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotlariga nisbatan 

salmog‘i  ortib  borgan.  Xususan,  2008-yilda  AQSH  tashqi  qarzla-

rining  yalpi  ichki  mahsulotga  nisbatan  salmog‘i  qariyb  90%  ni 

tashkil  qilgan.  Bu  ko‘rsatkich  Rossiyada  37%  ni,  Qozog‘istonda 

102% ni, Ukrainada 64% ni va Qirg‘izistonda 81% ni tashkil etgan.  

                                                           

114

 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari 



va choralarii. – T.: O‘zbekiston 2009, 5-bet.  

 



451 

2008-yilda jahon miqyosida bevosita xorijiy investitsiyalar oqi-

mining  20%  gacha  pasayishi  jahon  yalpi  ichki  mahsulotining 

sezilarli kamayishi hamda xalqaro savdo hajmining pasayishi kuza-

tilgan.  Bu  dunyoning  rivojlangan  mamlakatlarida  ishsizlik 

darajasining ortishi bilan birga borgan. 

Jahonning  rivojlangan  mamlakatlaridagi  ishsizlik  darajasining 

o‘sib  borishi  inqirozdan  chiqish  bo‘yicha  davlat  dasturlarini  ishlab 

chiqishda  bandlik,  talabni  rag‘batlantirish  orqali  ishlab  chiqarish 

ko‘lamini  kengaytirishga  qaratilgan  keskin  choralarni  ko‘rish 

masalasini kun tartibiga qo‘yadi. 

Rivojlangan mamlakatlar hissasiga 1996-yilda 46,2 mlrd. dollar 

hajmdagi  ijobiy  tashqi  savdo  saldosi  to‘g‘ri  kelgan  bo‘lsa,  2007-

yilga  kelib  bu  ko‘rsatkich  798,8  mlrd.  dollarlik  salbiy  miqdorni 

tashkil  qilgan.  Aksincha,  bu  davrda  rivojlanayotgan  mam-

lakatlarning  87,5  mlrd.  doll.  hajmdagi  salbiy  tashqi  savdo  saldosi 

509,7  mlrd.  doll.lik  hajmdagi  ijobiy  tashqi  savdo  saldosiga  aylan-

gan. 


Xalqaro  ekspertlarning  qayd  qilishlaricha,  AQSH  ipoteka 

bozorlarida boshlangan inqirozning avj olib, uning jahon moliyaviy 

va keyin iqtisodiy inqiroziga aylanib borishining sabablardan biri bu 

AQSHning  jahon  yalpi  ichki  mahsulotining  asosiy  iste’mol 

qiluvchisi hisoblanganidir. AQSHning jahon yalpi ichki mahsulotini 

ishlab chiqishdagi hissasi 20% ni, uning iste’moldagi ulushi qariyb 

40% ni tashkil qilgan.  

O‘z vaqtida Respublika 

Birinchi 

Prezidenti 

I. 

Кarimov  moliyaviy  inqiroz 



holati  va  oqibatlarga  doir 

quyidagi  xulosani  bayon 

qilgandi: 

«...avj 


olib 

borayotgan  global  moliya-

viy  inqiroz  jahon  moliya-

bank 


tizimida 

jiddiy 


nuqsonlar  mavjudligi  va 

ushbu  tizimni  tubdan  isloh 

qilish  zarurligini  ko‘rsatdi.  Ayni  vaqtda  bu  inqiroz  asosan  o‘z  kor-

porativ  manfaatlarini  ko‘zlab  ish  yuritib  kelgan,  kredit  va 




452 

qimmatbaho  qog‘ozlar  bozorlarida  turli  spekulyativ  amaliyotlarga 

berilib  ketgan  banklar  faoliyati  ustidan  yetarli  darajada  nazorat 

yo‘qligini ham tasdiqladi»

115



AQSH  Federal  zaxira  tizimi  tomonidan  olib  borilgan 



noratsional  pul-kredit  siyosati  hamda  qayta  moliyalashtirish 

stavkasining  surunkali  ravishda  past  darajada  ushlab  turilishi 

natijasida banklar tomonidan kredit berish ko‘lami keskin o‘sgan.  

Natijada  bozorda  ko‘chmas  mulklarga  talab  ortgan  va  uy-joy 

narxlarining qisqa muddat ichida keskin o‘sishi kuzatilgan.  

«...moliyaviy-iqtisodiy  inqirozning  har  qaysi  davlatdagi 

miqyosi,  ko‘lami  va  oqibatlari....  bu  avvalo,  ana  shu  davlatning 

moliya-valuta  tizimi  nechog‘liq  mustahkam  ekaniga,  milliy  kredit 

institutlarining  qay  darajada  kapitallashuvi  va  likvidligi,  ularning 

chet  el  va  korporativ  bank  tuzilmalariga  qanchalik  qaram  ekaniga, 

shuningdek,  oltin-valuta  zaxirasining  hajmi,  xorijiy  kreditlarni 

qaytarish 

qobiliyati 

va 


pirovard 

natijada 

–  mamlakat 

iqtisodiyotining  barqarorligi,  diversifikatsiyalash  va  raqobatga 

bardoshlik darajasiga bog‘liq»

116


.  

Milliy  bozorlarning  globallashuvi,  kapitallar  xalqaro  haraka-

tining  erkinlashtirilishi  natijasida  AQSHda  vujudga  kelgan  inqiroz 

jahonning  asosiy  moliyaviy  markazlari  hisoblangan  yirik  fond 

bozorlarini  o‘z  ichiga  oluvchi  mamlakatlar  iqtisodiyotiga  jiddiy 

ta’sir  ko‘rsatgan.  Natijada,  rivojlangan  mamlakatlar  YaIMning 

o‘sish sur’atlari bu davrda sezilarli darajada pasayib ketgan. 

Jahon  moliyaviy  inqirozi  MDH  mamlakatlarini  ham  chetda 

qoldirmadi. Inqiroz Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston iqtisodiyotida 

o‘zining jiddiy salbiy oqibatlarini namoyon qildi.  

Rossiyada  asosan  iqtisodiyotning  real  sektorida  faoliyat 

yurituvchi  yetakchi  kompaniyalar  aksiyalarining  narxlari  keskin 

tushib  ketdi.  Bu  holat  birinchi  navbatda  jahon  energetika  resurslari 

bozoridagi  nobarqaror  konyunkturaning  vujudga  kelishi  natijasida 

sodir bo‘ldi. 

“Qozog‘iston iqtisodiy mo‘jizasi” degan nom bilan tanilayotgan 

“ochiq  iqtisodiyot”  siyosati  va  uning  stixiyali  tarzda  jahon  iqtiso-

                                                           

115

 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari 



va choralarii. – T.: O‘zbekiston 2009, 5-bet.  

116


 o‘sha joyda. 5-bet. 

 



453 

diyotiga  integratsiyalashuv  jarayoni  global  moliyaviy  inqiroz  sha-

roitida o‘zining jiddiy kamchiliklariga egaligini ko‘rsatdi. 

Jahon  moliyaviy  inqirozining  o‘ziga  xos  xususiyati  –  bu  uning 

iqtisodiyot  moliyaviy  sektoridan  boshlanib,  real  sektoriga  o‘tgan-

ligidir.  «...  jahon  moliyaviy  inqirozidan  imkon  qadar  tez  chiqish, 

uning  oqibatlarini  yengillashtirish  ko‘p  jihatdan  har  qaysi  davlat 

doirasida  va  umuman,  dunyo  hamjamiyati  miqyosida  qabul  qilina-

yotgan  chora-tadbirlarning  qanchalik  samaradorligiga,  ularning bir-

biri bilan uyg‘unligiga bog‘liq»

117



Shunga ko‘ra, AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari  o‘zlari-



ning bank tizimlarini inqirozdan qutqarish uchun yirik tijorat bank-

larining  aksiyalarini  sotib  olib,  ularni  budjet  mablag‘lari  hisobiga 

likvidli  aktivlar  bilan  ta’minlay  boshladi  yoki  tijorat  banklari 

kreditlari  uchun  davlat  kafolatlari  tizimidan  foydalanish  joriy 

qilinadi.  

Masalan,  AQSHda  Federal  zaxira  tizimi  qimmatli  qog‘ozlarni 

sotib 

olish 


orqali 

xususiy 


sektorni 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

moliyalashtirgan  bo‘lsa,  Buyuk  Britaniya  hukumati  banklar  va 

moliyaviy  muassasalar  aksiyalariga  37  mlrd.  funt  sterling 

mablag‘larini  investitsiya  qilgan.  Germaniya  hukumati  esa,  bank 

tizimini  qo‘llab-quvvatlash  uchun  investitsiya  va  kreditlar  shaklida 

500  mlrd.  yevro  ajratgan.  Bu  davrda  Yevropaning  ko‘pchilik  yirik 

banklari milliylashtirildi, ya’ni davlat tomonidan sotib olindi. 

Inqiroz  oqibatlarini  yumshatish  uchun  iqtisodiyotni  davlat 

tomonidan  tartibga  solish  usullaridan  keng  foydalanish  yo‘lga 

qo‘yilgan.   

Dunyoning ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlari inqirozni barta-

raf qilish uchun yirik miqdorda moliyaviy resurslar ajrata boshladi.  

Jumladan,  AQSH  hukumati  sarflagan  mablag‘larining  hajmi 

3539  mlrd.  dollar  bo‘lib,  bu  mamlakat  yalpi  ichki  mahsulotining 

25% ni tashkil etadi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  I.A.Кarimov  shu 

davrda O‘zbekiston ham xalqaro hamjamiyatning va global moliya-

viy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanishi sababli 

                                                           

117

 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari 



va choralarii. – T.: O‘zbekiston 2009, 6-bet. 

  

 




454 

inqiroz  oqibatlarining  ma’lum 

darajada  iqtisodiyotimizga  o‘z 

ta’sirini  ko‘rsatishi  mumkinligini 

qayd qilib o‘tgan edi. 

Biroq  moliyaviy  inqirozning 

respublikamiz  iqtisodiyotiga  ta’-

siri  boshqa  rivojlangan  va  ayrim 

qo‘shni davlatlardagiga qaraganda 

mazmunan  farq  qiladi.  Agar  boshqa  mamlakatlarda  bu  jarayonlar 

bevosita moliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajm-

larining  keskin  qisqarib  ketishi,  ko‘plab  yirik  korxonalarning 

yopilishi orqali namoyon bo‘lsa, bizda jahon xomashyo bozorlarida 

talabning  susayishi  tufayli  narxlarning  keskin  pasayishi  hamda 

buning oqibatida eksport tushumlarining sezilarli kamayishi, asosiy 

savdo hamkorlarimiz xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi 

savdo aylanmasining qisqarishi orqali namoyon bo‘ladi.  

Jahon  moliyaviy  inqirozining  O‘zbekistonga  ta’sirining  jiddiy 

bo‘lmaganligini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin: 

mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon xo‘jaligiga inqiroz oqibat-

lariga  ahamiyatli  ta’sir  ko‘rsatadigan  darajada  integratsiyalashma-

ganligi,  Respublikamizda  katta  hajmdagi  xorijiy  kapitalni  ushlab 

turuvchi kompaniya va moliyaviy institutlarning yo‘qligi; 

 xususiylashtirish  mexanizmi  va  shart-sharoitlari  natijasida  de-

yarli barcha ustav fondlarining korxonalarning real xususiy aktivlari 

bilan ta’minlanganligi; 

ma’muriy-buyruqbozlik  tizimidan  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish-

ning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘li tanlanganligi;  

davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi 

zarurligining aniq belgilab olinganligi; 

O‘zbekistonda  moliyaviy-iqtisodiy,  budjet,  bank-kredit  tizimi, 

shuningdek,  iqtisodiyotning  real  sektori  korxonalari  va  tarmoqlari-

ning  barqaror  hamda  uzluksiz  ishlashini  ta’minlash  uchun  yetarli 

darajada  mustahkam  zaxiralar  yaratilganligi  va  zarur  resurslar 

bazasining mavjudligi; 

oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi; 

aholining  ish  haqi  va  daromadlarini  izchil  va  oldindan  oshirib 

borish  hamda  iste’mol  bozorida  narxlar  indeksining  asossiz  tarzda 




455 

o‘sishining  oldini  olishga  doir  chora-tadbirlarning  izchillik  bilan 

amalga oshirilganligi; 

davlatning  moliyaviy-iqtisodiy  va  bank  tizimlarining  barqaror 

va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari kuchliligi. 

O‘zbekistonning jami umumiy tashqi qarzi inqiroz davrida ham, 

yalpi  ichki  mahsulotga  nisbatan  16,0%  foizdan  oshmagan,  bu 

ko‘rsatkich  esa  xalqaro  mezonlar  bo‘yicha  “o‘rtachadan  ham  kam” 

baholangan. Bu o‘z navbatida mamlakatimizning xalqaro darajadagi 

to‘lov qobiliyatga egaligini ko‘rsatadi.  

Respublikamizda  doimo  qisqa  muddatli  spekulyativ  kredit-

lardan  voz  kechib,  chet  el  investitsiyalari  uzoq  muddatlarga, 

imtiyozli  foiz  stavkalari  bo‘yicha  jalb  etildi.  Natijada  milliy 

iqtisodiyotimizning  xalqaro  kreditlar  bozoridagi  konyunkturaga 

keskin  bog‘liqligi  va  moliyaviy  inqiroz  salbiy  oqibatlarining  oldi 

olindi.  

Bularning barchasi, jahon hamjamiyatiga a’zo ko‘pchilik mam-

lakatlarda  iqtisodiy  beqarorliklar  kuzatilayotgan  sharoitda  respub-

likada investitsion faollikni oshirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish 

sur’atlarini ta’minlash va aholi turmush farovonligini oshirib borish 

imkonini beradi.   


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish