Sikllarning asosiy turlari
23.1-jadval
Sikl turlari
Siklning
davomiyligi
Asosiy xususiyatlari
Кitchin sikli 2-4 yil
Zaxiralar miqdori: YaMM, inflat-
siya, bandlikning tebranishi, tijorat
sikllari
Jyuglar sikli 7-12 yil
Investitsion sikl: YaMM, inflatsiya
va bandlikning tebranishi
Кuznes sikli 16-25 yil
Daromad
investitsiya
uy-joy
qurilishi
yalpi talab
Кondratev
sikli
40-60 yil
Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘z-
garishlar
Forrester
sikli
200 yil
Energiya va materiallar
Toffler sikli 1000-2000 yil Sivilizatsiyalarning rivojlanishi
Jyuglar sikli «biznes-sikl», «sanoat sikli», «o‘rtacha sikl» va
«katta sikl» kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda
438
iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib ko‘rsatganligi tufayli, aynan
shu sikl Fransiya, Angliya va AQSHda foiz stavkalari va narxdagi
tebranishlarni tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o‘rga-
nishga katta hissa qo‘shgan Кleman Jyuglar (1819-1905 yy.) nomi
bilan ataladi. Jyuglar siklining davomiyligi ayrim iqtisodchilar qayd
qilgan asosiy kapital faol qismining jismoniy eskirishi ro‘y
beradigan davrga mos keladi.
Birinchi sanoat sikli 1825-yili Angliyada metallurgiya va
boshqa yetakchi tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron
mavqeni egallagan davrda kuzatiladi. 1836-yildagi inqiroz dastlab
Angliyada boshlanib, keyin AQSHga ham tarqaladi, 1847‒1848-
yillarda AQSH va qator Yevropa davlatlarida boshlangan inqiroz
tub mohiyatiga ko‘ra birinchi jahon sanoat inqirozi bo‘lgan.
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‘lsa,
XX asrda uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha
qisqargan.
AQSH va Yevropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta
sanoat siklini boshdan kechirgan bo‘lib, ulardan yettitasi ikkinchi
jahon urushidan keyin ro‘y bergan.
1857-yilda qator G‘arbiy Yevropa davlatlarini qamrab olgan
birinchi jahon siklik inqirozi ro‘y bergan. 1873-yilda XIX asrdagi
eng uzoq va talafotli inqirozdan keyin 1882- va 1990-yillarda yana
yangi inqiroz kuzatilgan.
1900‒1901-yillarda bir vaqtda Rossiya va AQSHda metal-
lurgiya sanoatida boshlangan inqiroz shiddatli ravishda barcha
Yevropa davlatlariga tarqalgan.
Iqtisodiyot tarixiga “Buyuk
depressiya” nomi bilan kirgan
1929‒1933-yillardagi inqiroz eng
talafotli va uzoq davom etgan in-
qiroz hisoblanadi. Bu inqiroz
davrida jahon ishlab chiqarishi
hajmi 44%ga, jahon savdosi
62%ga kamaygan. Inqiroz ku-
chaygan davrda yetakchi davlat-
larda ishsizlikning umumiy soni
30-40 mln. kishiga yetgan.
439
“Buyuk depressiya”dan keyin 1974‒1975-yillardagi inqiroz bir
vaqtda deyarli butun rivojlangan mamlakatlarni qamrab olib, ishlab
chiqarish 12% ga qisqargan.
Urushdan keyingi yillarda bir qator mamlakatlar uchun
1980‒1982-yillardagi inqiroz eng talafotli hisoblanib, bu davrda
band qilinmagan ishlab chiqarish quvvatlari Italiyada 30%ni,
Кanadada 30%dan ortiqni, AQSH qayta ishlash sanoatida 32,4%ni
tashkil qilgan.
Кuznes sikli ko‘p hollarda «qurilish sikli» deb ham nomlanib,
20 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Кuznes
Saymon o‘zining «Milliy daromad» (1946 y.) nomli kitobida milliy
daromad, iste’mol sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar
hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar ko‘rsatkichlarida 20
yillik o‘zaro bog‘liq tebranishlar mavjud bo‘lishini ko‘rsatib bergan.
1955-yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi
sifatida sanoat siklini Кuznes sikli deb nomlashga qaror qilinadi.
Кondratev sikli «uzoq to‘lqinlar» sikli deb ham ataladi.
Sikllilikning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Кond-
ratev katta hissa qo‘shgan. Uning tadqiqoti Angliya, Fransiya va
AQSHning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab olgan.
Bunda u iqtisodiy o‘sishning ko‘p omilli tahlilini o‘tkazib, ya’ni
tovar narxlari, kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo
aylanmasi
kabi
makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarning
o‘rtacha
darajasini umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib
ko‘rsatadi.
I-sikl: 1787‒1814-yillar – ko‘taruvchi to‘lqin; 1844‒1851-yillar
– pasaytiruvchi to‘lqin.
II-sikl: 1844‒1851-yillar – ko‘taruvchi to‘lqin; 1890‒1896-
yillar – pasaytiruvchi to‘lqin.
III-sikl: 1896‒1920-yillar – ko‘taruvchi to‘lqin.
Кondratev siklining davomiyligi o‘rtacha 40-60 yilni tashkil
qiladi va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy
o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirishi hisoblanadi.
Кondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi
sanoat revolutsiyasi, ikkinchisini – temir yo‘l transportining ri-
vojlanishi, uchinchisini – elektr energiyasi, telefon va radioning
kashf etilishi, to‘rtinchisini – avtomobil sanoatining rivojlanishi
440
bilan bog‘laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi siklni
elektronika, gen injenerligi va mikroprosessorlar rivojlanishi taqozo
qilishini ko‘rsatadi.
Кondratevdan bir necha yillar keyin fransuz iqtisodchisi
Fransua Semyan ham katta iqtisodiy sikllar bo‘yicha bir xil
xulosaga kelgan. Hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida katta
iqtisodiy
sikllar
konsepsiyasi
makroiqtisodiy
prognozlash
muammosiga tatbiqan qarab chiqiladi.
Tahlilchilar “uzoq to‘lqinlarni” yaxlit texnologik davrlar
almashinishi, fandagi texnika, ishlab chiqarish va hatto madaniyat,
ta’lim, kishilar turmush tarzidagi katta tub o‘zgarishlar bilan ham
bog‘laydi. Bunday katta o‘zgarishlar ichki yonish dvigatellari,
elektr-energiyasi, kompyuterlar kashf qilinishi natijasida vujudga
kelgan.
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo‘lib, amalda
iqtisodiyotning hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liqligi sababli uning
hech bir sohasi inflatsiya to‘lqini yoki turg‘unlikning noxush
oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e’tiborga olish zarurki,
iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar
iqtisodiy faolligiga turli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish
vositalari va uzoq muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari
ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko‘proq zarar ko‘radi.
Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og‘ir mashinasozlik hamda
investitsion tovarlar, avtomobillar, maishiy xo‘jalik buyumlari va
shunga o‘xshash tovarlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq sanoat
tarmoqlari va ularda band bo‘lgan ishchilar siklning inqiroz fazasida
og‘ir yo‘qotishga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning yuksalish
fazasida o‘zining rivojlanishi uchun yuqori darajada rag‘bat oladi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda ishlab
chiqaruvchilar ko‘pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va
yangi zavodlar qurishni to‘xtatadi yoki qandaydir muddatga
kechiktirishi mumkin. Bunday konyunktura sharoitida investitsion
tovarlar zaxiralarini ko‘paytirish hech qanday iqtisodiy mazmunga
ega
emas,
aksincha
korxonalar
mavjud
ishlab
chiqarish
quvvatlaridan ancha to‘laroq foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
441
Iqtisodiy jihatdan qulay vaziyatlarda, ya’ni siklning jonlanish
va yuksalish fazalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to‘liq
eskirgunga qadar almashtiriladi. Ammo tanazzul davri kelganida,
korxonalar o‘zining eskirgan uskunalarini ta’mirlab, ularni ishga
tushiradi. Shu sababli, bu davrda ishlab chiqarish vositalariga
investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari
mavjud bo‘lgan ayrim korxonalar, hatto iste’mol qilingan asosiy
kapitalning o‘rnini qoplashga ham harakat qilmaydi.
Qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab
chiqaruvchi sanoat tarmoqlari iqtisodiy siklning oqibatlarini
nisbatan kamroq darajada sezadi.
Aholi yoki keng iste’molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlicha
ta’sir ko‘rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad
oluvchi iste’molchilar oila bud-
jetini qisqartirishga to‘g‘ri keladi,
maishiy texnika va avtomashina
kabi uzoq muddat foydalani-
ladigan tovarlarni xarid qilishni
to‘xtatadi. Har qanday sharoitda
ham oila a’zolari yeb-ichishi va
kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-
ovqat mahsulotlari va kiyim-
kechaklar, ya’ni qisqa muddatda
foydalanadigan iste’mol tovarla-
rini xarid qilishni to‘xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlarni
xarid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol
tovarlari ishlab chiqaruvchi ko‘pchilik sanoat tarmoqlari yuqori
darajada monopol mavqega egaligi bilan farqlanadi va natijada
bozorda nisbatan ko‘p bo‘lmagan yirik firmalar ma’lum davr
davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi
sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun yetarlicha
monopol hukmronlikka ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli, talabning
kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqarish va bandlik darajasiga
ta’sir ko‘rsatadi. Bunga teskari bo‘lgan holatni qisqa muddatli
foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat
tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko‘pchiligi
442
o‘zlarining
raqobatga
layoqatsizligi
va
ishlab
chiqarish
markazlashuv darajasining pastligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli,
ular siklning salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi mumkin va
mahsulotlarga talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga
qaraganda narxlarda ko‘proq aks etadi.
Demak, kapitalning to‘planishi yuqori darajada bo‘lgan tar-
moqlarda ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishi va
narxlarning nisbatan sekin tushishi, uning darajasi past bo‘lgan
tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va mahsulot ishlab
chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |