Ikkinchi vazifa
– ishlab chiqarishning pasayishiga barham
berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash. Bu ham
korxonalar va tarmoqlarning, umuman davlatning iqtisodiy va
moliyaviy barqarorligiga erishish imkonini beradi.
Uchinchi vazifa
– milliy valuta-so‘mni yana ham mus-
tahkamlashdan iborat. Bu esa so‘mning konvertatsiyasi, qat’iy
valutalarga erkin sur’atda almashtirish layoqati demakdir, unga
pulning qadrsizlanishiga qarshi ta’sirchan choralarni qo‘llash,
iste’mol mollari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda ichki bozorni
shunday mollar bilan to‘ldirish, korxonalarning chetga tovar
chiqarishini kengaytirish hisobiga valuta zaxiralarini mustahkam-
lash yo‘li bilan erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |