O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  davri



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  davri

  –  ma’muriy-buyruqbozlik 

tizimini  bartaraf  etish  yoki  tubdan  o‘zgartirish  hamda  bozor 

tizimining  asoslarini  shakllantirish  jarayonlari  amalga  oshiriluvchi 

tarixiy davrdir. 

Bozor iqtisodiyotining belgilari uzoq davr davomida shakllanib, 

pirovard natijada yaxlit ijtimoiy tizimni tashkil qiladi. 

Bunda  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  yo‘llari  xilma-xil  bo‘lib, 

ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi. 

Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha yo‘llari 

umumlashtirilib, quyidagi uchta turga ajratiladi: 



136 

I. Rivojlangan mamlakatlar yo‘li. 

II. Rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li. 

III. Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li. 

Bu  yo‘llarning  umumiyligi  shundaki,  ularning  hammasi  bozor 

iqtisodiyotiga  o‘tishni  maqsad  qilib  qo‘yadi  va  mazkur  iqtisodiyot-

ning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy 

bo‘ladi.  Shu  bilan  birga  har  bir  yo‘lning  o‘ziga  xos  xususiyatlari 

ham  bor,  bu  esa  bozor  munosabatlarini  shakllantirishning  ijtimoiy-

iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‘lishidan kelib chiqadi. 

Masalan,  bozor  munosabatlariga  o‘tishning  g‘arbcha  (rivoj-

langan  mamlakatlar)  yo‘lida  oddiy  tovar  xo‘jaligidan  erkin 

raqobatga asoslangan klassik yoki sof bozor iqtisodiyotiga va undan 

madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga o‘tiladi. 

Bunda  bozor  iqtisodiyotiga  evolutsion  o‘zgarishlar  orqali  qaror 

topadi.  XX  asrning  30-yillariga  kelib,  ayniqsa  50-yillardan  bu 

jarayon  yanada  tezlashdi.  Bu  yo‘lni  iqtisodchilar  klassik  yo‘l  deb 

ataydilar.  U  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tayotgan  mamlakatlar  uchun 

andoza  bo‘lib  xizmat  qilishi  mumkin.  Chunki,  bu  yo‘lda  bozor 

iqtisodiyotining  qonun-qoidalari,  hayotiyligi  sinab  ko‘rilgan. 

Кlassik modelning o‘zi ham 3 ga bo‘linadi: 

 Ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyoti  modeli  ko‘proq 

fuqarolar  manfaatini  himoya  qilish,  uzoq  muddatli  dasturlar  ishlab 

chiqish,  aholining  haddan  ziyod  tabaqalanishiga  yo‘l  qo‘ymaslik, 

davlat mulki ulushining boshqa modellarga qaraganda ko‘pligi (25–

30%)  bilan  ajralib  turadi.  Bu  model  Germaniya,  Avstriya, 

Skandinaviya mamlakatlariga xos. 

Aralash  yoki  erkin  bozor  iqtisodiyoti  modelida  esa  davlat 

tadbirkorlikni  rivojlantirish  uchun  sharoit  yaratishi,  iqtisodiyotni 

tartiblashda  ustun  darajada  taktik  usullardan  foydalanish,  iqtiso-

diyotda  davlat  mulkining  hissasi  (10%  atrofida)  kamligi,  aholining 

tabaqalanishi, ish haqidagi farqning kattaligi bilan ajralib turadi. Bu 

modelni qo‘llagan mamlakat sifatida AQSH ni ko‘rsatish mumkin. 

Кorporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznes manfaatini 

himoya  qilish,  asosiy  ustuvor  tarmoqlarni  aniqlab,  ularning 

rivojlanishiga yordam berish, davlat mulki hissasi kamligi, lekin ish 

haqidagi  farq  haddan  tashqari  katta  emasligi  bilan  farqlanadi.  Bu 



137 

model Yaponiyada va uning izdoshlari bo‘lgan mamlakatlarda qo‘l-

lanilgan. 

Mustamlakachilikdan  ozod  bo‘lib,  mustaqil  rivojlanayotgan 

mamlakatlarning  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  yo‘lining  xususiyati  – 

bu  qoloq,  an’anaviy  iqtisodiyotdan  erkin  bozor  iqtisodiyotiga 

o‘tishdir.  Bunda  bozor  iqtisodiyotiga  xos  belgilar  turli  xo‘jaliklar: 

azaliy 


natural 

xo‘jalik 

uning 

rivojlanish 



darajasi, 

bozor 


munosabatlariga  tortilishi  jihatidan  farq  qilishiga  qaramay, 

transformatsiya orqali yuz beradi. 

Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markaz-

lashtirilgan,  ma’muriy  -  buyruqbozlikka  asoslangan  rejali  iqtiso-

diyotdan  hozirgi  zamon  rivojlangan  bozor  tizimiga  o‘tishdan 

iboratdir.  Bu  yo‘lning  boshqa  yo‘llardan  farqi  shundaki,  totalitar 

iqtisodiyotning  bozor  iqtisodiyoti  bilan  umumiyligi  yo‘q,  ular 

batamom  bir-biriga  zid.  Shu  bilan  birga  uchinchi  yo‘lda  bozor 

munosabatlariga  o‘tayotgan  mamlakatlarning  o‘zi  o‘tish  sharoitlari, 

iqtisodiy  rivojlanish  darajasi,  mulkchilik  va  xo‘jalik  yuritish 

shakllari  bilan  bir-birlaridan  farqlanadi.  Bularning  hammasi  bozor 

iqtisodiyotiga o‘tishning mazkur yo‘lining o‘ziga xos xususiyatlarini 

belgilab beradi. 

  


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish