O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Tovar va uning xususiyatlari



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

2. Tovar va uning xususiyatlari 

 

Tovar-pul  munosabatlarini  tushunishda  tovarning  mazmunini, 



uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. 


93 

Tovar  deb,  biron-bir  naflilikka  va  qiymatga  ega  bo‘lgan 

ayriboshlash  uchun  yaratilgan  mahsulotga  aytiladi.  Boshqacha 

aytganda, tovar naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan bozor uchun 

ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.  

Demak,  tovarning  ikki  xususiyati  bor:  birinchidan,  u  kishining 

qandaydir  ehtiyojini  qondiradi:  ikkinchidan,  u  boshqa  buyumga 

ayriboshlana oladigan buyumdir.  

Tovarning birinchi xususiyati shundan iboratki, u kishilar uchun 

foydali, naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi sifatida bevosita yoxud 

ishlab  chiqarish  vositalari  sifatida  bilvosita  kishilarning  biron-bir 

ehtiyojini qondiradi.   

Xo‘sh, tovarning mahsulotdan farqi nimada? Tovar, eng avvalo, 

o‘z  iste’moli  uchun  emas,  balki  boshqalarning  iste’moli  uchun 

bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir.  

Har bir tovar ma’lum bir naflilikka ega, lekin u yaratuvchining 

o‘z  ehtiyojlari  emas,  balki  ayriboshlash  orqali  boshqa  kishilar 

ehtiyojini  qondiradi.  Ayni  vaqtda  tovarlar  boshqa  tovarlarga  ayri-

boshlanish  qobiliyatiga  ega  bo‘lganligi  uchungina,  u  o‘zining 

yaratuvchisini  qiziqtiradi.  Tovarning  shu  xususiyati,  ayribosh-

lanuvchanligi  uning  “almashuv  qiymati”  nomini  oladi.  Tovarlarni 

sotishda  ularning  narx  ko‘rsatkichi  almashuv  qiymatini  yaqqol 

ko‘rsatadi.  Inson  mehnati  bilan  yaratilmagan  ko‘plab  buyumlar 

masalan,  buloqdagi  suvlar,  yovvoyi  daraxt  mevalari  naflilikka  ega 

bo‘ladi.  Lekin  ular  har  doim  ham  tovar  bo‘lavermaydi.  Buyumlar 

tovar  bo‘lishi  uchun,  u  ayriboshlashga  mo‘ljallangan,  ma’lum 

miqdorda  iqtisodiy  resurs  sarflangan,  bozorga  sotishga  chiqarilgan 

bo‘lishi zarur. 

Tovar  narxi  va  nafliligi  o‘rtasidagi  bog‘liqlikni  birinchi  bo‘lib 

ingliz  iqtisodchi  –  olimi  U.  Jevons  (1835-1882)  ko‘rsatib  bergan. 

Uning fikricha, keyingi qo‘shilgan naflilik aynan bozor narxida o‘z 

o‘rniga ega bo‘ladi. Naflilik subyektiv tushuncha bo‘lganligi sababli 

uni  miqdoriy  baholash  ancha  qiyin.  Iqtisodiyot  nazariyasida 

naflilikni aniqlashga ikkita yondashuv qaror topgan: 

Кordinalistik  yondashuv,  naflilikni  hisoblashning  shartli  birligi 

“yutil”  dan  foydalanib,  uning  miqdorini  mutlaq  aniq  belgilashni 

ko‘zda tutadi. 



94 

Ordinalistik  yondashuv,  afzal  ko‘rish  tartibi  bo‘yicha  bir  qator 

tovarlarni  muayyan  ranjirlashga  yo‘l  qo‘yadi.  Iste’molchi  tovarlar-

ning  tartib  bo‘yicha  miqdor  o‘lchami  haqida  aniq  xulosa  chiqara 

olmaydi,  biroq  ularning,  bir-biriga  nisbatan  muhimlik  darajasini 

aytib  bera  oladi.  Masalan,  birinchi  tovar  ikkinchisidan,  ikkinchisi 

esa uchinchisidan afzal ko‘riladi va h.k. 

Iste’molchi  uchun  tovar  nafliligining  ikki  turi  –  umumiy  va 

keyingi  (qo‘shilgan)  naflilikdan  qaysi  biri  muhim  degan  savol 

tug‘iladi. 

Umumiy naflilik ma’lum vaqt oralig‘ida tovar va xizmatlar yoki 

ularning to‘plamini iste’mol qilishdan olingan umumiy qoniqishdir. 

Qisqacha  aytganda  –  bu  ne’matlarning  barcha  birligini  iste’mol 

qilishning  umumiy  nafliligidir.  Umumiy  naflilik  “TU”  bilan 

belgilanadi. 

Tovarning  keyingi  (qo‘shilgan)  nafliligi  iqtisodiy  ne’matning 

har  bir  navbatdagi  birligi  iste’molidan  olingan  qo‘shimcha  naflilik. 

Boshqacha  aytganda,  bu  boshqa  tovarlar  iste’moli  o‘zgarmay 

qolganda mazkur tovar birligini iste’mol qilish keltirib chiqaradigan 

umumiy  naflilikning  o‘sishidir.  Кeyingi  naflilikni  MU  bilan 

belgilasak,  biror  (X)  tovarning  qo‘shimcha  birligi  nafliligi 

quyidagicha ifodalanadi. 

,

x

x

x

TU

MU

Q



 

bu yerda 



ΔTUx – umumiy naflilikning o‘sishi; 

ΔQ – iste’mol qilinadigan ne’mat miqdorining ortishi. 

Umumiy  va  keyingi  naflilikning  bir-biri  orqali  ifodalash 

mumkin.  Umumiy  naflilik  iste’mol  qilingan  iqtisodiy  ne’mat 

qo‘shimcha birliklari nafliligi yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. 

TUn=MU1+MU2+MU3+…+MUn. 

Кeyingi  naflilik  umumiy  naflilikning  o‘sishi  yoki  qo‘shimcha 

olingan naflilik. 

MUn=TUn – TUn-1. 

Biror  tovar  birligi  (porsiya,  qismi,  kg,  dona,  va  h.k.)  ketma  - 

ketlikda  iste’mol  qilinganda  uning  har  bir  navbatdagisidan  kamroq 

qoniqish  olinadi,  chunki  mazkur  tovarga  ehtiyoj  sekin  -  asta 

qondiriladi va oxir oqibatda bu qoniqish o‘z chegarasiga yetadi. Shu 



95 

tariqa,  mazkur  tovar  keyingi  nafliligi  uning  iste’moli  ortib  borishi 

bilan kamayib boradi. Bu keyingi naflilikning pasayib borish qonuni 

amal qilishini ko‘rsatadi.  

Iste’mol qilinadigan na’mat qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning har bir 

yangi  birligini  iste’mol  qilish  natijasida  olinadigan  keyingi  naf 

shunchalik  kam  bo‘ladi.  Bu  qonunni  grafik  tarzda  quyidagicha 

ifodalash mumkin.  

 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish