O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


XXIV bob. MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

XXIV bob. MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT 

 

1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi. 

2.  Davlat budjeti va uning taqchilligi. 

3. Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish vazifalari. 

4.  Davlatning  fiskal  siyosati,  uning  maqsadi  va  iqtisodiy 

dastaklari. 

 

1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi 

 

Moliya  va  moliyaviy  munosabatlarning  vujudga  kelish  tarixi 



insoniyat  jamiyati  rivoji  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  ming  yillar  avval 

paydo  bo‘lgan.  Qadimgi  Bobil  davlatida  amal  qilgan  Xamurapi 

qonunlari  yoki  Qadimgi  Hindistonning  Manu  qonunlari,  Xitoy, 

Yunoniston  yoki  Turon,  Rim  imperiyasi  qonunlarining  barchasida 

boj-xiroj,  soliqlar  to‘plash,  davlat  xazinasi  hisob-kitobi  kabi 

masalalar  o‘z  aksini  topgan.  Ularda  jamiyat  hayotida  mustahkam 

o‘rin  tutgan  pul  hisob-kitobi  bilan  bog‘liq  moliyaviy 

munosabatlarga  katta  ahamiyat  berilgan.  Chunki  moliya  sohasida, 

soliq-boj  sohasida  to‘g‘ri  siyosat  yuritilishi  jamiyat  taraqqiyotining 

muhim sharti bo‘lgan. 

 Sohibqiron  Amir  Temur  o‘z  tuzuklarida:  “Amr  etdimki, 

raiyatdan  mol-hiroj  yig‘ishda  ularni  og‘ir  ahvolga  solishdan  yosh 

mamlakatni  qashshoqlikka  tushirib  qo‘yishdan  saqlanish  kerak. 

Negaki,  raiyatni  xonavayron  qilish  davlat  xazinasining  kam-

bag‘allashishiga  olib  keladi”  deya  soliqlarning,  moliyaning  davlat 

va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlab o‘tgan. 

Shunday  qilib,  uzoq  o‘tmishda  va  hozirda  ham,  har  qanday 

mamlakatda,  moliyaviy  munosabatlar  ko‘p  qirrali  bo‘lib,  iqtisodiy 

munosabatlarning  muhim  tarkibiy  qismini  tashkil  qiladi.  Chunki 

iqtisodiy  subyektlar  o‘rtasida  yuzaga  keluvchi  pul  munosabatlari 

bozor  iqtisodiyotining  zarur  tarkibi  hisoblanadi.  Bu  munosabatlar 

tizimida moliya munosabatlari alohida muhim o‘rin egallaydi. 




477 

 Moliya  –  bu  turli  darajada  markazlashgan  pul  fondlari 

vositasida  iqtisodiyot  subyektlari  pul  daromadlarini  tashkil  etish, 

taqsimlash  va  ulardan  foydalanish  bo‘yicha  vujudga  keladigan 

iqtisodiy  munosabatlardir

120


.  Boshqacha  qilib  aytganda,  moliya 

iqtisodiy  kategoriya  sifatida  pul  mablag‘laridan  foydalanish  va 

uning  harakatini  tartibga  solish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  munosabatlar 

tizimi  bo‘lib,  uning  vositasida  turli  darajada  pul  fondlari  vujudga 

keltiriladi  va  ular  takror  ishlab  chiqarish  ehtiyojlari  va  boshqa 

ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. 

Кorxonalar,  uy  xo‘jaliklari  va  davlat  moliyaviy  munosabatlar 

subyektlari  pul  va  unga  tenglashtirilgan  moliyaviy  aktivlar  uning 

obyekti hisoblanadi.  

Moliyaning  boshqa  pul  munosabatlaridan  farqlab  turuvchi 

belgilari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi: 

Iqtisodiy munosabatlar pulning harakati bilan tavsiflanishi; 

Moliya munosabatlarining taqsimlovchilik tavsifga egaligi; 

Moliya  munosabatlarning  fond  tavsifga  (YaIM  taqsimoti  pul 

fondlari orqali amalga oshiriladi) ega bo‘lishi; 

Moliyaning  mohiyati  uning  vazifalarida  to‘laroq  namoyon  bo‘-

ladi. Bular, moliyaviy resurslarni jalb qilish, nazorat qilish, rag‘bat-

lantirish va taqsimlash vazifalaridir. 

Moliyaviy  resurslarni  jalb  qilish  vazifasi  shunda  ko‘rinadiki, 

bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  davlat  o‘z  vazifalarini  bajarish  uchun 

zarur bo‘lgan resurslarni markazlashgan tartibda to‘planishiga hara-

kat qiladi. 

2.  Davlat  moliyaviy  dastak  va  vositalar  yordamida  ishlab 

chiqarish,  iqtisodiyotda  yaratilgan  mahsulotni  taqsimlash,  ayri-

boshlash  va  iste’mol  ustidan  nazorat  o‘rnatadi.  Moliyaviy  nazorat 

korxona  (firma)larining  moliya  intizomiga  rioya  qilish  uchun 

moddiy  javobgar  bo‘lishi,  turli  soliqlar  undirib  olish  va  mablag‘ 

bilan  ta’minlash  tizimi  orqali  amalga  oshiriladi.  Davlat  moliya 

vositasida  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalar  doirasida,  iqtisodiyot 

subyektlar  tasarrufiga  moliyaviy  mablag‘lar  qanchalik  o‘z  vaqtida 

tushayotganligi,  shuningdek,  ulardan  foydalanish  samaradorligini 

nazorat qiladi;  

                                                           

120


 Economics : principles, problems, and policies / Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue.– 17th ed. 

P-209 



478 

  3.  Moliyaning  taqsimlash  vazifasi  aniq  iqtisodiy  vaziyatda 

jamg‘arish  va  iste’molni  optimallashtirish  maqsadida  milliy 

daromadning  taqsimlanishi  va  qayta  taqsimlanishini  ta’minlashda 

namoyon  bo‘ladi.  Bu  real  ishlab  chiqarish  sohalarida  yaratilgan 

yalpi mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi 

qismini  davlat  va  mulkchilikning  turli  shakllariga  asoslangan 

korxonalar,  iqtisodiyot  tarmoqlari,  ishlab  chiqarish  sohalari, 

mamlakat  hududlari  o‘rtasida 

taqsimlash 

va 

qayta 


taqsimlashda  namoyon  bo‘la-

di. Bunda milliy daromadning 

bir qismi korxona va aholi da-

romadlaridan  turli  xil  soliqlar 

olish, renta va bojxona to‘lov-

lari,  aksiz  yig‘imlari  kabilar 

orqali  davlat  budjetida  to‘pla-

nadi. Davlat to‘plangan milliy 

daromadning  katta  qismini 

moliyaviy 

vositalar 

orqali 


aholining  ijtimoiy-madaniy  ehtiyojlariga  (uy-joy  qurilish,  tibbiyot 

xizmati,  maorif,  nafaqa,  stipendiya  va  shu  kabilarga),  daromadlar 

darajasini  ushlab  turishga,  milliy  mudofaaga,  atrof-muhitni 

muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi. 

Shuni  aytish  lozimki,  moliyaviy  munosabatlar  tizimida  davlat 

moliyasi  alohida  o‘rin  tutadi.  Bunda  nafaqat  davlat,  balki  xususiy 

sektor  korxonalari  daromadining  bir  qismini  undirish  yo‘li  bilan 

davlat pul fondlarini shakllantiradi.  

4.  Moliya  iqtisodiy  jarayonlarni,  turli  tadbirlarni  moliyalash  va 

unga xizmat ko‘rsatish vazifasini ham bajaradi; 

5.  Moliyaning  rag‘batlantiruvchilik  vazifasi,  birinchidan, 

yaratilgan  mahsulot  qiymatini  taqsimlash  jarayonida,  ikkinchidan, 

foizli  daromadlarni  tashkil  qilish  va  taqdim  qilish  mexanizmi 

vositasida amalga oshiriladi. Ikki holda ham moliya ishlab chiqarish 

samaradorligiga,  uning  pirovard  natijasiga,  mahsulot  sifatiga 

sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 

6.  Ijtimoiy  himoyalash  ham  moliya  tizimi  orqali  amalga  oshi-

riladi. Ma’lumki, aholining muhtoj qatlamlari qariyalar, nogironlar, 




479 

kam daromadli oilalar o‘z tirikchiligini yuritishni minimal darajada 

ta’minlash  imkoniyatiga  ega  bo‘lmaydi.  Ijtimoiy  himoyalash  esa 

ularni  moliyaviy  ta’minlash,  boshqacha  aytganda,  moliyaviy  kafo-

latlashni  talab  etadi.  Bu  asosan  davlat  moliyasi  yordamida  amalga 

oshiriladi. Davlat maxsus fondlar tashkil etib, bunday himoyalashni 

tizimli  amalga  oshirib  boradi.  Ishsizlik  nafaqalari,  bolalar  uchun 

nafaqa, nogironlar pensiyasi kabilar shular jumlasiga kiradi.  

Bundan  tashqari,  ijtimoiy  iste’mol  orqali  amalga  oshadigan 

fondlar  ham  mavjud  bo‘lib,  bularga  bepul  tibbiy  xizmat,  maorif, 

atrof muhitni muhofazalash kabilar kiradi. 

Moddiy  va  mehnat  resurslarining  to‘g‘ri  taqsimlanishi  va 

ulardan  samarali  foydalanish  uning  vazifalari  real  bajarilishiga 

bog‘liq. Takror ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sishni pul mablag‘lari 

bilan ta’minlashda ham moliyaning roli beqiyos. Moliya o‘z vazifa-

larini  bajarish  bilan  birga  iqtisodiy  va  ijtimoiy  o‘zgarishlarni 

tartibga  soladi,  samarali  xo‘jalik  faoliyatini  rag‘batlantirishni  ham 

ta’minlaydi. 

Moliya tizimi – Umumdavlat moliyasi - davlat budjeti, ijtimoiy 

sug‘urta hamda  mol-mulk va boshqa sug‘urta fondlarini o‘z ichiga 

oladi. 

Davlat  pul  mablag‘larining  asosiy  markazlashgan  fondi 

bo‘lmish  davlat  budjeti  moliya  tizimining  asosiy  bo‘g‘ini  bo‘lib 

xizmat  qiladi.  Davlatning  markazlashgan  budjeti  bilan  birga 

hokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shahar) budjeti ham 

mavjud  bo‘ladi.  Bu  joylarda  mavjud  moliyaviy  resurslarni  ancha 

to‘laroq  jalb  qilish  va 

ulardan 


samarali 

foydalanish 

imkonini 

beradi.  Hokimiyat  quyi 

organlari 

budjetning 

daromadlari 

o‘z 


hududidagi  korxonalar 

daromadidan,  aholidan 

olinadigan 

soliqlar, 

mulk  soliqlari  va  shu 

kabilar  orqali  shakl-

lanadi.  Ularning  daro-



480 

madi  qisman  davlat  budjetidan  beriladigan  subsidiyalar  hisobiga 

ham to‘ldiriladi. Hokimiyat quyi organlari budjet mablag‘lari tegish-

li hududda ta’lim, sog‘liqni saqlash, obodonchilik, yo‘l qurilishi va 

shu kabilarga sarflanadi.  

Mol-mulk  va  shaxsiy  sug‘urta  moliya  tizimining  keyingi 

bo‘g‘ini hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar 

va  fuqarolarga  joriy  qilinadi.  U  majburiy  va  ixtiyoriy  bo‘lishi 

mumkin.  Bu  maqsadlar  uchun  fondlar  korxona  va  aholining  to‘-

lovlari  hisobiga  shakllanadi.  Fond  mablag‘lari  mol-mulkiy 

sug‘urtasiga va shaxsiy sug‘urtaga pul to‘lashni ko‘zda tutadi. 

Shaxsiy  sug‘urta  aholining  pul  jamg‘armalarining  tashkil 

qilishning shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi. 

Jamiyat  moliya  tizimi  ijtimoiy  siyosiy  va  ma’rifat  ishlari  bilan 

shug‘ullanuvchi  tashkilot  va  muassasalarning  moliyasini  ham  o‘z 

ichiga 


oladi. 

Кasaba 


uyushmalar, siyosiy partiya, 

yoshlar,  xotin-qizlar,  fax-

riylar  tashkilotlari,  ijodiy 

uyushmalar,  sport  tashkilot-

lari 

va 


boshqa 

ilmiy 


ma’rifiy jamiyatlarning ham 

o‘ziga xos moliyasi mavjud 

bo‘ladi.  Bunday  ijtimoiy 

tashkilotlarning  moliyaviy 

resurslarining manbai, tashkilot a’zolarining kirish puli va badallari, 

tijorat faoliyatidan kelgan daromad, homiylar ajratgan yoki xayriya 

qilgan  mablag‘lardan  iborat  bo‘ladi.  Jamiyat  moliya  tizimida 

maxsus  va  xayriya  fondli  xo‘jalik  subyektlari  va  aholining  pul 

mablag‘larini aniq bir maqsad yo‘lida birlashtiradi va ular maqsadli 

ishlatiladi. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish