O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


XXV bob.   PUL MUOMALASI, КREDIT VA BANКLAR



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

XXV bob.

 

PUL MUOMALASI, КREDIT VA BANКLAR

 

 



1.  Pul  tizimi.  Pul  muomalasi  va  uning  amal  qilish 

qonuniyatlari. 

2. Pul bozori. Pulga bo‘lgan talab va pul taklifi. 

3. Кreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. 

4. Кredit tamoyillari va turlari. Foiz stavkasi va unga ta’sir 

etuvchi omillar. 

5.  Kredit-bank  tizimi  va  Markaziy  bankning  pul  kredit 

siyosati. 

6. Pul multiplikatori. 

 

1.  Pul  tizimi.  Pul  muomalasi  va  uning  amal  qilish 

qonuniyatlari 

 

Pul  tizimi  –  bu  davlat  tomonidan  qonuniy  tartibda  o‘rnatilgan 



pul muomalasini tashkil qilish shakli va unga xizmat qiluvchi kredit 

muassasalaridir. 

Pul tizimining tarkibiy qismlari: 

1.Pul birligi (dollar, marka, yevro, rubl, so‘m va h.k.). 

2.Pul turlari (bank biletlari, tanga, chaqalar). 

3.Pul emissiya qilish tartibi. 

4.Muomaladagi  pul  massasini  tartibga  soluvchi  davlat  muas-

sasalari. 

5.Naqd 

pulsiz 


hisob-kitobni 

amalga oshirish tartibi. 

6.Milliy valutani chet el valutasiga 

almashtirish tartibi. 

Pul  muomalasi  ‒  bu  tovarlar 

aylanishiga  hamda  notovar  tavsifidagi 

to‘lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi 

naqd  pullar  va  unga  tenglashtirilgan 

aktivlarning  harakati.  Naqd  pul  muo-

malasiga  bank  biletlari  va  metall  tangalar  (pul  belgilari)  xizmat 




501 

qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, 

akkreditivlar,  to‘lov  talabnomalari  kabilar  yordamida  amalga  oshi-

riladi.  Ularning  hammasi  pul  agregati  deb  yuritiladi.  Muomalada 

mavjud bo‘lgan pul massasi ularni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.  

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  kishilarda  turli  xil  moliyaviy 

aktivlarga  ega  bo‘lish  imkoniyati  mavjud  bo‘ladi.  Pul,  turlicha 

qimmatli  qog‘ozlar,  bankdagi  hisoblar,  ko‘chmas  mulk,  qimmatli 

metallar,  antikvar  buyumlar  va  boshqa  shu  kabilar  moliyaviy 

aktivlar shakli hisoblanadi. 

Daromad  egalari  o‘zlarining  aktivlarini  likvidli,  ya’ni  pul 

shaklida saqlashga harakat qiladi. 

Aktivlar  likvidligi  –  bu  ularning,  har  xil  to‘lovlarga  zaruriyat 

bo‘lganda naqd pullarga aylana olish layoqatidir. 

Pul  mutlaq  likvidlik  xususiyatiga  ega.  Boshqa  barcha  aktivlar 

kam yoki ko‘p darajada bunday xususiyatga ega bo‘ladi. Moliyaviy 

aktivlar  likvidligi  qancha  kam  bo‘lsa,  uning  egasi  uchun  o‘z 

ixtiyoridagi  pulni  zarur  vaqtda  olish  imkoniyati  bilan  bog‘liq 

yo‘qotish tahlikasi shuncha yuqori bo‘ladi

126


Yuqori 


inflatsiya 

sharoitida 

pulning 

mutlaq 


likvidligi 

ustuvorlikka  ega  bo‘lishdan  to‘xtaydi.  Bunday  sharoitda  yuqori 

likvidli aktiv barqaror chet el valutalari va ko‘chmas mulklar bo‘lib 

qoladi.  

Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga 

oshiriladi.  Uning  eng  muhimi  muomala  uchun  zarur  bo‘lgan  pul 

miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.  

Muomalani  ta’minlash  uchun  zarur  bo‘lgan  pul  miqdori 

quyidagilarga bog‘liq.  

1.  Muayyan  davrda,  (bir  yil  davomida)  sotilishi  lozim  bo‘lgan 

tovarlar  narxi  summasiga  (T

b

).  Tovarlar  qancha  ko‘p  va  narxi 



baland  bo‘lsa,  ularni  sotish  va  sotib  olish  uchun  shuncha  ko‘p  pul 

birligi talab qilinadi. 

2. Pul birligining aylanish tezligiga (A

t

). 



Pul  bir  xil  bo‘lmagan  tezlik  bilan  aylanadi.  Bu  ko‘p  omillarga, 

jumladan  ular  ayriboshlanishiga  xizmat  qilayotgan  tovarlar  turiga 

bog‘liq. 

                                                           

126

 Campbell R. McConnell “Economics” Principles, Problems, and Policies 2008 195 p 




502 

3.  Muomala  uchun  zarur  bo‘lgan  pul  miqdori  puldan  to‘lov 

vositasi  sifatida  foydalanishga  ham  bog‘liq.  Кo‘pincha  tovarlar 

qarzga  sotiladi  va  ularning  haqi  kelishuvga  muvofiq  keyingi 

davrlarda  to‘lanadi.  Demak,  zarur  pul  miqdori  shunga  muvofiq 

miqdorda  kamayadi.  Ikkinchi  tomondan,  bu  davrda  ilgari  kreditga 

sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pulga ehtiyojni 

ko‘paytiradi. 

Mazkur  holatlarni  hisobga  olganda,  muomala  uchun  zarur 

bo‘lgan pul miqdori (P

m

) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. 



;

b

s

t

m

t

T

K

X

P

bunda

A



 

К



s

 – qarzga sotilgan tovarlar narxi summasi; 

X

t

 ‒ haqini to‘lash muddati kelgan tovarlar narxi summasi; 



Muomala  uchun  zarur  pul  miqdorini  aniqlashning  hozirgi 

zamon  yondashuvi  «Fisherning  ayriboshlash  tenglamasiga»  asos-

lanadi, ya’ni 

QP=MV; yoki  

;

QP

M

bunda

V

 



Q ‒ ayriboshlanadigan tovarlar miqdori; 

P ‒ tovarlar narxi; 

M ‒ muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori; 

V ‒ pulning aylanish tezligi. 

Iqtisodiy fondda, pul muomalasi to‘g‘risida bir qator nazariyalar 

mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar: 



Кlassik nazariya 

Muomala  uchun  zarur  pul  miqdori  so-

tishga  chiqariladigan  tovarlarning  qiymat 

miqdori va ularning oltin asosiga teng kelishi 

g‘oyasini ilgari suradi. 

Miqdoriylik nazariyasi 

Bu  nazariyaga  ko‘ra,  muomaladagi  pul 

miqdorining  o‘zgarishi  tovarlar  narxining 

o‘zgarishiga  olib  keladi  va  bu  o‘z  navbatida 

pulning sotib olish layoqatini o‘zgartiradi. 

 



503 

I.Fisher yondashuvi 

Bunda  Fisher  tenglamasi 

V

M

P

Q



  narxlar  pul  massasiga 

to‘g‘ri  mutanosiblikda,  pulning  qadr-qiymati  esa  uning  miqdoriga 

teskari mutanosiblikda bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatadi. 

Кembridj 

maktabi 


(A.Marshall, 

A.Pigu, 


D.Robinson) 

yondashuvi  pulga  talab  va  uning  taklifi  o‘rtasidagi  muvozanatlik 

shartlarini xarakterlaydi, ya’ni 

Y

R

K

M



, bu yerda 

M ‒ pul massasi; 

К  ‒  Marshall  koeffitsiyenti  (nominal  daromadlarning  naqd  pul 

shaklida saqlanayotgan qismi); 

R ‒ narxlarning umumiy darajasi; 

Y ‒ jamiyatning real daromadi; 

R



Y ‒ nominal daromad. 

Shunday  qilib,  bozor  iqtisodiyoti  me’yorida  faoliyat  qilishi, 

uning  o‘sish  sur’ati,  narx  darajasi  va  bandlikni  barqaror  ushlab 

turish uchun muayyan miqdorda pul massasi talab qilinadi. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish