O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Inflatsiyaning oqibatlari. Davlatning inflatsiyaga qarshi



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

7. Inflatsiyaning oqibatlari. Davlatning inflatsiyaga qarshi 

tadbirlari 

 

Inflatsiya  oqibatlari  murakkab,  turli-turfa  va  ziddiyatlidir. 



Me’yoridagi  inflatsiya  iqtisodiyot  uchun  foydali  ekanligi,  pul 

massasining  o‘sishi  iqtisodiy  faollikni  rag‘batlantirishi,  iqtisodiy 

o‘sishga turtki berishi va investitsiya jarayonini jadallashtirishini o‘z 

vaqtida  Кeyns  isbotladi  va  dunyo  mamlakatlari  tajribasi  buni 

tasdiqladi.  Inflatsiya  chuqurlashib  borishi  bilan  ishlab  chiqarish 

jarayoni  uchun  jiddiy  to‘siqqa  aylanadi,  jamiyatdagi  iqtisodiy  va 

ijtimoiy muammolarni keskinlashtiradi. 

Bu inflatsiyaning bir qator iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarida o‘z 

ifodasini topadi. Ularning asosiylari quyidagilar: 

Aholining o‘rtacha turmush darajasi pasayadi. 

Qayd  qilingan  (doimiy)  daromad  oluvchilar  real  daromadi 

kamayadi, pul jamg‘armalari qadrsizlanadi va pulga tenglashtirilgan 

moliyaviy aktivlar real qiymati pasayadi. 

Iqtisodiyotning  turli  tarmoqlari  o‘rtasidagi  nomutanosiblik 

kuchayadi, xo‘jalik aloqalari buziladi. 

Investitsion  tovarlar  va  uzoq  muddat  foydalaniladigan  iste’mol 

tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar iqtisodiy ahvoli og‘irlashadi. 



468 

Investitsiyalar 

foizining 

real  stavkasi  va  foizli  daro-

madlari kamayadi. 

Bo‘sh 


pul 

mablag‘larining 

ishlab 

chiqarish  sohasidan  muomala 

sohasiga oqimi kuchayadi. 

Budjet  daromadlari  qadr-

sizlanadi  va  budjet  taqchilligi 

kuchayadi. 

Davlatning ichki va tashqi qarzlari miqdori o‘sib boradi. 

Milliy pul o‘z vazifasini bajarishdan to‘xtaydi, barter ayribosh-

lash o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. 

Aholining  ijtimoiy  tabaqalashuvi,  ijtimoiy-siyosiy  tartibsizlik 

kuchayadi. 

Inflatsiya  sharoitida  ham  uning  oqibatlaridan  aholining  ayrim 

qatlamlari  va  iqtisodiy  munosabatlarining  ayrim  ishtirokchilari  naf 

ko‘rishi ham mumkin. 

Inflatsiyadan  yutqazmaydigan  yoki  undan  naf  ko‘radigan 

qatlamlar quyidagilar: 

tovarlar,  xomashyo,  fond  birjasida  va  valuta  bozorlarida 

vositachilik qiluvchilar; 

qarz olgan jismoniy va huquqiy shaxslar; 

pulni  o‘z  vaqtida  ko‘chmas  mulk,  qimmatbaho  va  noyob 

buyumlar hamda barqaror chet el valutalariga almashtirganlar; 

davlat  tuzilmasida  va  bozorda  monopol  mavqega  ega 

bo‘lganlar; 

kundalik zaruriy iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchilar. 

Davlatning  inflatsiyaga  qarshi  siyosati,  inflatsiyaning  ijtimoiy-

iqtisodiy  oqibatlarini  yumshatish,  ya’ni  inflatsiya  ustidan  nazorat 

o‘rnatish va narxlar o‘sishini nisbatan past darajada ushlab turishga 

qaratiladi. Bu o‘z ifodasini inflatsiyani jilovlashga qaratilgan chora-

tadbirlarda  topadi.  Mazkur  chora-tadbirlar  uzoq  muddatli,  qisqa 

davrli yoki majburiy tartibdagi tavsifga ega bo‘lishi mumkin. 

Davlatning  inflatsiyani  jilovlashga  qaratilgan  uzoq  muddatli 

(strategik) chora-tadbirlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 

I. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar: 



469 

foydaga imtiyozli soliqlar belgilash; 

ishlab chiqarish maqsadlariga imtiyozli kreditlar ajratish; 

yangi ish boshlagan korxonalarga subsidiyalar berish; 

tashqi savdo (eksport-import)ga imtiyozlar kiritish; 

samarali antimonopol tadbirlarni amalga oshirish. 

II. Budjet taqchilligini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar: 

budjet  daromadlarini  ko‘paytirish  (soliq  bazasini  kengaytirish 

orqali); 

budjet xarajatlarini kamaytirib borish. 

investitsion  jarayonlarga  davlatning  aralashuvini  nisbatan 

cheklash, 

asoslanmagan 

subsidiya  ham  dotatsiyalarni 

kamaytirish va h.k. 

fan-texnika  taraqqiyotini, 

iqtisodiyotdagi  ijobiy  tarkibiy 

o‘zgarishlarni  qo‘llab-quvvat-

lash. 

III.  Pul  massasini  tartibga 



solishga qaratilgan tadbirlar. 

pul daromadlarining o‘sishini cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish; 

pul emissiyasini cheklash; 

davlat kreditlarini qat’iy chegaralash; 

banklararo kredit resurslarining auksionlarini kengaytirish; 

davlatning oltin va valuta zaxiralarini ko‘paytirish; 

korxonalarni  xususiylashtirish  jarayonini  kengaytirish  va  shu 

kabilar. 

IV.  Tashqi  omillarning  ta’sirini  kamaytirishga  qaratilgan  tad-

birlar.  Bu  tadbirlar  chet  el  kapitallari,  qisqa  muddatli  kreditlari  va 

qarzlariga inflatsiyaning ta’sirini kamaytirishga qaratiladi. 

Davlatning  inflatsiyani  jilovlashga  qaratilgan  qisqa  muddatli 

tadbirlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 

qo‘shimcha  turdagi  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  va  xizmatlar 

ko‘rsatuvchi korxonalarga imtiyozlar berish; 

iste’mol tovarlari importini kengaytirish;  

yangi xususiy korxonalar aksiyalarini sotishni rag‘batlantirish; 

muddatli omonatlarga yuqori foiz stavkalarini belgilash; 




470 

ichki  bozor  raqobatbardosh  bo‘lgan 

sharoitda milliy valuta kursini oshirish; 

davlat  oltin  va  valuta  zaxiralaridan 

qisman  inflatsiyani  jilovlashda  foyda-

lanish. 


Davlat  tomonidan  surunkali  gipe-

rinflatsiya  sharoitida  uni  yumshatishga 

qarata  qo‘llaniladigan  majburiy  tadbir  – 

bu 


pul 

islohotlarini 

o‘tkazish 

hisoblanadi.  

Pul islohotlarining quyidagi turlari mavjud: 

Nullifikatsiya 

Inflatsiya  sur’ati  juda  yuqori  darajada  bo‘lganda  qo‘llanilib, 

bunda  qadrsizlangan  pul  o‘rniga  muomalaga  yangi  pul  birliklari 

chiqariladi. 

Bu tadbir 1797-yilda Fransiyada qo‘llanilib, muomalaga qog‘oz 

pullar  o‘rniga  real  pullar,  ya’ni  qimmatbaho  metallardan  ishlangan 

tangalar chiqarilgan. 

Devalvatsiya 

Bunda  eksportni  rag‘batlantirish,  importni  cheklash  va  to‘lov 

muvozanatini  yaxshilash  maqsadida  milliy  valuta  kursi  rasmiy 

ravishda pasaytiriladi. 

Masalan,  1986-yil  AQSHda  dollarning  Yaponiya  ieniga 

nisbatan kursi 2 barobar pasaytirilgan. 

Denominatsiya 

Bunda eski pul birliklari ma’lum bir nisbatda yangi pul birliklari 

bilan  almashtiriladi.  Denominatsiya  1961-yil  sobiq  SSSRda  (10:1 

nisbatda),  1994-yil  O‘zbekistonda  (so‘m-kuponga  1000:1  nisbatda) 

va 1998-yil Rossiyada (1000:1 nisbatda) qo‘llanilgan.  


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish