O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Inflatsiya, uning kelib chiqish sabablari va turlari



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

6. Inflatsiya, uning kelib chiqish sabablari va turlari 

 

Inflatsiya  makroiqtisodiy  beqarorlikning  ko‘rinishlaridan  biri 



hisoblanadi. 

Inflatsiya  (lotincha

inflatio-shishirilgan)  tushunchasi  birinchi 



marta  shimoliy  Amerikada  1861‒1865-yillardagi  fuqarolar  urushi 


461 

davrida  ishlatilgan  va  muomaladagi  qog‘oz  pullarning  ko‘payib 

ketishini anglatgan. 

Iqtisodiy  adabiyotlarda  “inflatsiya”  tushunchasi  XX  asrda, 

birinchi jahon urushidan keyin keng qo‘llanila boshlagan. 

Inflatsiya  ‒  bu  pul  aylanish  kanallarining  ortiqcha  pul  massasi 

bilan to‘lib ketishi oqibatida narxlar o‘rtacha (umumiy) darajasining 

ko‘tarilib  borishini  va  natijada  milliy  pul  birligining  qadrsizlanishi, 

ya’ni uning sotib olish layoqati pasayishini anglatadi.  

Inflatsiya  narx  darajasining  barqaror  o‘sishi  sifatida  namoyon 

bo‘ladi.  Bu  barcha  narxlarning  bir  vaqtda  muqarrar  o‘sib  borishini 

bildirmaydi.  Narxlar  nomutanosib  o‘sish  tamoyiliga  ega  bo‘ladi. 

Biri  tez  o‘ssa,  boshqasi  ancha  me’yoriy  sur’atda  ortadi,  uchinchisi 

umuman ko‘tarilmaydi.  

Deflatsiya  –  inflatsiyaga  qarama-qarshi  jarayonni,  ya’ni 

narxlarning umumiy darajasining pasayib borishini bildiradi. 

Inflatsiya quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 

tovar  (xizmat)larning  mavjud  taklifiga  nisbatan  muomaladagi 

naqd  pullar  yoki  moliyaviy 

aktivlar  hajmining  haddan  tash-

qari ortib ketishida; 

pulning  sotib  olish  layo-

qatining pasayib borishida; 

narxlarning  uzoq  muddatli 

umumiy o‘sishida. 

Inflatsiya  –  bu  pul  birli-

gining qadrsizlanishi  va shunga 

mos ravishda tovar narxlarining 

o‘sishidir. 

Muomalada bo‘lgan pul birligi miqdorining tovarlar narxi sum-

masidan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlan-

magan  pulning  paydo  bo‘lishi  pulning  qadrsizlanishi,  ya’ni 

inflatsiyani bildiradi. 

Inflatsiya  bozor  xo‘jaligining  har  xil  sohalarida  takror  ishlab 

chiqarish  nomutanosibliklari  tug‘diradigan  murakkab  ijtimoiy-

iqtisodiy hodisadir. 

Qog‘oz  pul  tovarlarga,  oltinga  va  o‘z  qadrini,  barqarorligini 

saqlab qolgan chet el valutalariga nisbatan qadrsizlanadi.  




462 

Inflatsiya  narx  indeksi  yordamida  bazis  davrga  nisbatan 

aniqlanadi.  

Narx indeksi – bu joriy davrdagi narxlarning (Rj) bazis davrdagi 

narxlarga (Rb) nisbatidir. 

100


j

b

b

R

R

Pi

R



 

Masalan,  iste’molchilik  tovarlariga  narx  indeksi  2015-yil  113, 



6;  2016-yil  -  118,3  ga  teng  bo‘lsa,  inflatsiya  sur’ati  quyidagicha 

bo‘ladi: 

Inflatsiya sur’ati = 

%

1



,

4

100



*

6

,



113

6

,



113

3

,



118



 

Iqtisodiy fanda va amaliy hayotda iste’mol va investitsion tovar-

lar,  YaIM,  eksport  va  import  tovarlari  narx  indekslaridan  foyda-

laniladi. 

Iste’mol tovarlari narx indeksi ‒ iste’mol savatiga kirgan tovar-

larning  joriy  va  bazis  davrdagi  narxlarini  taqqoslash  yo‘li  bilan 

aniqlanadi. 

Investitsion  tovarlar  narxlari  indeksi  ‒  korxonalar  tomonidan 

an’anaviy  ravishda  sotib  olinadigan  investitsion  tovarlar  to‘plami 

narxlar bo‘yicha aniqlanadi. 

YaIM deflyatori indeksi ‒ nominal va real YaIM hajmining ikki 

davrdagi nisbatlari bilan aniqlanadi. 

Eksport  va  import  tovarlar  narxi  indeksi  ‒  asosiy  eksport  va 

import tovarlari narxlarining o‘zgarishini aks ettiradi. 

Narx indeksning boshqa bir qator turlari ham mavjud. 

Laspeyres  indeksi.  Unda  o‘zgarmaydigan  tovarlar  to‘plami 

uchun narxlarning o‘sish sur’ati aniqlanadi. 

n =(PtxQt) = (PbxQb)bunda 

Rt – joriy yildagi narxlar 

Pb – bazis davrdagi narxlar 

Qt va Qb – joriy va bazis davrda ishlab chiqarilgan mahsulotlar 

hajmi. 


Кamchiligi:  ancha  qimmat  tovarlarni  arzonroq  tovarlar  bilan 

almashtirish imkoniyatini hisobga olmaydi. 

Paashe  indeksi.  Unda  narxlar  indeksi  tovarlarning  bir-birining 

o‘rnini bosish imkoniyati hisobga olib aniqlanadi. 




463 

Ip=(PtxQt) / (PbxQt) 

Кamchiligi: farovonlik darajasining pasayishida ro‘y beradigan 

o‘zgarishlarni aks ettirmaydi 

Fisher indeksi. If=IixIp Unda yuqoridagi har ikkala formulaning 

kamchiliklari bartaraf qilinadi. 

Bir qator makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni  hisoblashda inflatsiya 

sur’ati ko‘rsatkichidan foydalaniladi. 

Inflatsiya sur’ati ko‘rsatkichi; 

n=(It-It-1)x100 

bu yerda, It – bazis davrdagi narx indeksi; It -1 – bazis va joriy 

davrlardagi narx indeksidagi farq.  

Inflatsiyaning kelib chiqish sabablari.  

Inflatsiya beqarorlikning ko‘p qirrali shakli bo‘lganligi sababli, 

uni  keltirib  chiqaradigan  sabablar  ham  har  xil  bo‘lishi  mumkin. 

Ayni vaqtda narx o‘sishini keltirib chiqaradigan barcha omillar ham 

inflatsion hisoblanavermaydi. 

Jumladan,  konyunkturaning  siklli  tebranishi,  tabiiy  ofatlar  (suv 

toshqini, yong‘in, zilzila va h.k.) natijasida narx o‘sishini inflatsion 

deb hisoblash mumkin emas. 

Inflatsiya  yalpi  talab  va  yalpi  taklif  o‘rtasidagi  nomutanosiblik 

natijasi  hisoblanishi  sababli,  bu  ko‘pchilik  bozorlarda  uzoq  vaqt 

talab  foydasiga  muvozanatlikning  buzilishi  tufayli  vujudga 

keladigan  narxlar  umumiy  darajasi  o‘sishiga  olib  keluvchi 

omillardir. Bularning asosiylari quyidagilar: 

Pul emissiyasining asossiz ko‘paytirilishi; 

Davlat budjeti taqchilligi; Agar taqchillik mamlakat banki tizimi 

qarzlari  hisobiga  moliyalashtirilsa,  bu  muomaladagi  pul  massasi 

o‘sishiga  olib  keladi.  Investitsiyalarni  moliyalashtirish  ham  xuddi 

shu  usulda  amalga  oshirilsa  narxlarning  inflatsion  o‘sishi  ro‘y 

berishi mumkin. 

Iqtisodiyotning harbiylashtirilishi: 

Iqtisodiyotni  harbiylashtirilish  bilan  bog‘liq  investitsiyalar  alo-

hida  inflatsion  xavfli  hisoblanadi.  Milliy  daromadni  harbiy  maq-

sadlarda  ishlatilish  nafaqat  milliy  boylik  yo‘qotilishini  bildiradi, 

balki  harbiy  sohaga  qo‘yilgan  mablag‘lar  bir  vaqtda  qo‘shimcha 

to‘lovga  layoqatli  talabni  vujudga  keltirib,  pul  massasining  tegishli 

tovarlar bilan qoplanmagan o‘sishiga olib keladi. 




464 

Bozorning  holati,  unda  raqobat  mexanizmining  amal  qilish 

darajasi; hozirgi davrda bozor holati, uning tuzilishidagi o‘zgarishlar 

ko‘proq erkin raqobat sharoitlari buzilishini, oligopolistik tuzilmalar 

vujudga  kelishini  angla-

tadi. 


 Oligopolist  ma’lum 

darajada  narxlar  ustidan 

hukmronlikka  ega  bo‘la-

di.  Tarmoqqa  yangi  ish-

lab  chiqaruvchilar  kirib 

kelishining 

cheklanishi 

uzoq  vaqt  yalpi  talab  va 

taklif  mos  kelmasligini 

ushlab turadi. 

 

Davlatning oshirilgan soliq solishga qaratilgan siyosati; 



Ishlab chiqarish xarajatlarining ortib borishi; 

Talabning nisbatan ortiqchaligi va uning o‘sib borishi. 

Iqtisodiyotning  «ochiqligi»  darajasi  o‘sishi.  Bu  milliy  iqtiso-

diyotning jahon xo‘jalik aloqalariga ko‘proq tortilishi orqali “import 

qilinadigan” inflatsiya xavfini kuchaytiradi. 

Inflatsion kutilish. Aholi va ishlab chiqaruvchilarning inflatsion 

kutilishini  bartaraf  qilishga  erishishi  inflatsiyaga  qarshi  siyosatning 

muhim  vazifasi  hisoblandi.  Inflatsion  kutilish  kishilarning  joriy 

iste’molidan  ortiqcha  tovarlarni  xarid  qilishiga  olib  keladi.  Ishlab 

chiqaruvchilar  ham  tez  orada  xomashyo,  materiallar  va  butlovchi 

qismlar  yanada  qimmatlashishini  kutib,  mahsulotlariga  yuqori 

narxlarni  o‘rnatib  boradi.  Inflatsion  kutilish  natijasida  joriy  talab-

ning  kengayishi  narxlarning  yanada  o‘sishini  rag‘batlantiradi.  Bir 

vaqtda  jamg‘armalar  qisqaradi  va  kredit  resurslar  kamayadi,  bu 

ishlab  chiqarish  maqsadidagi  investitsiyalar  o‘sishini,  tovar  va 

xizmatlar taklifini kamaytiradi. Bunday iqtisodiy vaziyat yalpi taklif 

sekin  va  yalpi  talab  tez  o‘sishi  bilan  tavsiflanadi.  Natijasi, 

narxlarning umumiy o‘sishi ro‘y beradi. 

Inflatsiyani turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. 

I.  Кelib  chiqish  sabablariga  ko‘ra  inflatsiya  quyidagi  turlarga 

ajratiladi: 



465 

a)  Talab  inflatsiyasi.  Narx 

darajasining  surunkali  o‘sishi 

jami  talab  ortiqchaligi  bilan 

tushuntiriladi.  Bu  iqtisodiyot-

ning  ishlab  chiqarish  sohasi 

mahsulotining  real  hajmini 

ko‘paytirish  ortiqcha  talabni 

qondira  olmasligini  anglatadi. 

Chunki  barcha  mavjud  re-

surslar  to‘liq  foydalanishga 

jalb  qilingan  bo‘ladi.  Shu 

sababli,  bu  ortiqcha  talab  narxning  oshishiga  olib  keladi  va  talab 

inflatsiyasini keltirib chiqaradi.  

b)  Taklif  inflatsiyasi.  Inflatsiya  ishlab  chiqarish  xarajatlari  va 

bozordagi  taklifning  o‘zgarishi  natijasida  ham  kelib  chiqishi 

mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi keltirib chiqadigan 

inflatsiya,  mahsulot  birligiga  qilinadigan  xarajatlarning  ko‘payishi 

hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. 

 Mahsulot  birligiga  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  ortishi  iqti-

sodiyotda  foydani  va  mahsulot  hajmini  qisqartiradi.  Natijada 

tovarlar  taklifi  ham  qisqaradi.  Bu  o‘z  navbatida  narx  darajasini 

oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish haqi, xomashyo va 

energiya  narxlarining  o‘sishi  hisobiga  ham  ortib  boradi.  Jumladan, 

1973‒1974-  va  1979‒1980-yillarda  AQSH  va  boshqa  ko‘pchilik 

mamlakatlarda  neft  hamda  import  xomashyolarga  narxning  bir 

necha  marta  oshishi  yuqori  inflatsiyaning  sababi  bo‘lgan. 

1992‒1995-yillarda  Rossiyada  neft,  gaz  va  ko‘mir  narxining  ko‘p 

martaga oshishi yuqori sur’atdagi inflatsiyaning boshlang‘ich sababi 

hisoblangan. 

Ma’lum  holatlarda  ish  haqining  o‘sishi  inflatsiyaning  kelib 

chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar ish haqining ortishi mehnat 

unumdorligining  o‘sishidan  yuqori  sur’atlarda  ro‘y  bersa,  mahsulot 

birligiga xarajatlar ortib boradi. 

Ayni  vaqtda,  bu  vaziyatni  inflatsiya  sharoitida  ish  haqini 

indeksatsiyalash  bilan  bir  xil  ma’noda  tushunish  kerak  emas. 

Boshqa  tomondan,  inflatsiya  ish  haqini  indeksatsiyalashga  sabab 

bo‘ladi.  Demak,  mazkur  holat  inflatsiyani  keltirib  chiqaruvchi 




466 

sabablarga  kirmasa-da,  bu  tarkib  topgan  inflatsion  vaziyat 

sharoitidagi muqarrar amalga oshiriladigan zaruriyatdir. 

Ba’zan  xarajatlar  o‘sishi  zanjirli  reaksiya  tavsifini  kasb  etadi. 

Aytaylik energetiklar ish haqining o‘sishi dastlab soha xarajatlari va 

elektr energiya ta’riflarini oshiradi, keyin bu jarayon zanjirli tarzda 

tarqaladi:  telefon  xizmatlari  qiymati,  transport  xizmatlari  ta’rifi, 

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa shu 

kabilar narxining o‘sishiga olib kelishi mumkin. 

II. Narxlarning o‘sish sur’atlariga ko‘ra inflatsiyaning a) me’yo-

ridagi; b) o‘rmalab boruvchi d) giperinflatsiya kabi turlari ajratiladi. 

Inflatsiyaning  birinchi  turida  narxlar  yiliga  10  foizgacha, 

ikkinchisida  20  dan  200  foizgacha,  uchinchisida,  astronomik 

miqdorda o‘sishi kuzatiladi. 

Giperinflatsiya  aholi  va  hatto  jamiyatning  yuqori  ta’minlangan 

qatlamiga juda katta yo‘qotish keltiradi, savdo barter ayriboshlashga 

o‘tadi, milliy xo‘jalik izdan chiqadi. 

Giperinflatsiya  1970‒1980-yillar  arafasida  Boliviyada  yiliga 

2400% ga, 1992-yilda Rossiyada 2600% ga yetgan. 

III.  Bashorat  qilish  mumkinligiga  qarab  kutilayotgan  va 

kutilmagan  inflatsiya  farqlanadi.  Кutilayotgan  inflatsiya  va  uning 

oqibatlarini  oldindan  bashorat  qilish  mumkin,  kutilmagan 

inflatsiyani  oldindan  aytib  bo‘lmaydi.  Birinchi  holda  inflatsiyaning 

kutilayotgan  salbiy  oqibatlariga  tayyorlanib  uni  sezilarli  darajada 

yumshatish mumkin. Ikkinchi  holda narxlarning kutilmagan o‘sishi 

natijasida  mamlakat  iqtisodiy  ahvolining  sezilarli  yomonlashuvi 

ro‘y berishi mumkin. 

IV. 


Namoyon 

bo‘lish 


darajasiga  ko‘ra  oshkora  va 

yashirin inflatsiya ajratiladi. 

Oshkora  inflatsiya  narxlar 

o‘sishida  namoyon  bo‘ladi.  Ya-

shirin inflatsiyada narxlar go‘yo-

ki  barqaror  ko‘rinadi,  ortiqcha 

pul  tovar  taqchilligida  transfor-

matsiyalashadi. 

V.  Qamrov  doirasi  bo‘yicha 



467 

bir  mamlakat  miqyosidagi  va  jahon  xo‘jaligi  doirasidagi  inflatsiya 

farq qiladi. 

VI.  Asosiy  ko‘pchilik  tovarlarga  narxlarning  o‘sish  sur’atidagi 

farqlarga 

ko‘ra 


muvozanatlashgan 

va 


muvozanatlashmagan 

inflatsiya ajratiladi.  

Muvozanatlashgan  inflatsiyada  narxlar  bir  vaqtda  ko‘pchilik 

tovarlarga  bir  me’yorda  o‘sadi,  muvozanatlashmagan  inflatsiyada 

har xil tovarlar guruhiga narxlar turlicha o‘sadi. 

Pigu  effekti.  Bu  ingliz  iqtisodchisi  Artur  Pigu  (1877‒1959y) 

nomi bilan bog‘liq, Unga ko‘ra me’yorida amal qiladigan bozor iqti-

sodiyoti  sharoitida  inflatsiyaning  kutilishi  aholi  tomonidan  narx-

larning  o‘sishiga  qisqa  vaqtda  ro‘y  beradigan  holat  deb  qaralishiga 

va  oqibatda  narxlar  pasayguncha  ularning  pul  sarflarining 

kamayishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘z navbatida talabni kamaytiradi va 

oxiri oqibatda narxlar pasayishi kuzatiladi. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish