O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


XII bob. ISH HAQINING SHAКLLANISHI VA AMAL



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

 

XII bob. ISH HAQINING SHAКLLANISHI VA AMAL 

QILISH 

 

1.  Ish  haqining  iqtisodiy  mazmuni  va  uning  darajasini 



belgilovchi omillar. 

2. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari. 

3. Ishchi kuchi bozorida ish haqi. 

4.  Mehnat  munosabatlarining  iqtisodiy  mazmuni  va  uning 

tartibga solinish xususiyatlari. 

 

1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va uning darajasini 

belgilovchi omillar 

 

Mehnat  haqi  qilingan  mehnatning  har  qanday  turi  hisobiga 



olingan daromad shaklini anglatadi. 

Yaratilgan  yalpi  ichki  mahsulotning  uning  ishlab  chiqa-

ruvchilari  o‘rtasida  ular  mehnatning  miqdori,  sifati  va  unumdor-

ligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi deb yuritiladi.  

 «Yashash  uchun  vosita  minimumi»  (D.Rikardo  va  T.Maltus-

larning)  konsepsiyasida  ish  haqini  yashash  uchun  zarur  vosita-

larning  fiziologik  minimumi  bilan  bir  xil  deb  hisoblaydi.  Biroq  bu 

minimum o‘z ichiga ishchi kuchi  shakllanadigan iqtisodiy, ijtimoiy 

va  madaniy  shart-sharoitlar  tug‘dirgan  ehtiyojlarni  ham  oladi. 

Bunga  qo‘shimcha  iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  mamlakatlarda 

ishchi  kuchi  bozorida  real  ish  haqining  o‘rtacha  darajasi  yashash 

uchun zarur jismoniy vositalar minimumiga qaraganda ancha yuqori 

darajani tashkil qiladi. 

Qiymatning mehnat nazariyasi (klassik siyosiy iqtisod maktabi) 

ishchi kuchini alohida, o‘ziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli, 

bu  nazariya  ish  haqiga  tovar  bo‘lgan  ishchi  kuchi  qiymatining 

o‘zgargan shakli, ya’ni puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi 

kuchini  takror  hosil  qilish  uchun  zarur  bo‘lgan  tirikchilik  vositalari 

qiymati  sifatida  aniqlaydi.  Mazkur  g‘oya  tarafdorlari  ishchi  kuchi 

qiymatiga bir qator omillar, avvalo, tabiiy shart-sharoitlar, aholining 




235 

madaniy  rivojlanishi,  ularning  malakasi  va  ishchi  oilasini  saqlash 

hamda  ularning  tabiiy  takror  ishlab  chiqarish  sharoitlari  ta’sir 

qilishini ko‘rsatadi.  

Lekin  ish  haqiga  «ishchi  kuchi  qiymatining  puldagi  ifodasi» 

sifatida qarash, aniq ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning 

unumdorligi,  mehnat  intensivligi,  talab  va  taklif  kabi  omillarning 

ta’sirini yetarli hisobga olmaydi. 

Hozirgi  zamon  iqtisodiyot  nazariyasida

58

  ish  haqi  ishchi  kuchi 



bozorida  mehnat  bahosi  sifatida  talqin  qilinadi.  Bunda  ish  haqi 

darajasi  unga  bo‘lgan  talab  va  taklif  nisbatiga  ishchining  malakasi, 

mehnatining  intensivligi  va  ishlab  chiqarish  natijasiga  bog‘liq 

bo‘ladi.  

 Ish  haqi  iqtisodiy  kate-

goriya  sifatida  xodimlar  meh-

natining  miqdori,  sifati  va 

unumdorligiga  qarab,  milliy 

mahsulotdan  oladigan  ulushi-

ning puldagi ifodasidir.  

Ish  haqidan  farqli  ra-

vishda  mehnat  haqi  turli 

xodimlar, 

shu 


jumladan 

aholiga 


maishiy 

xizmat 


ko‘rsatuvchi  (sartarosh,  maishiy  texnikani  ta’mirlovchi  master  va 

boshqa.)  mayda  mulk  egalarining  mehnat  haqi  hamda  gonorar, 

mukofot  va  ular mehnatini  rag‘batlantirishning  boshqa  turlarini  o‘z 

ichiga oladi. 

Ishchi  kuchining  aniq  bozorida  ish  haqi  uning  stavkasini  yoki 

resurslar bozorida mehnatning aniq turi narxini anglatadi.  

Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari 

foiz,  renta,  foyda,  dividend,  turli  imtiyozlar  va  nafaqalarning  ham 

roli  bor.  Ishchi  uchun  qancha  miqdorda  ish  haqi  olishi  emas,  balki 

unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi 

muhim.  Shu  sababli,  nominal  va  real  ish  haqi  farqlanadi.  Nominal 

ish  haqi  bu  ma’lum  vaqt  davomida  pul  shaklida  olingan  ish  haqi. 

                                                           

58

 



jumladan  Ekonomiks  darsliklarida,  1998  yilda  Moskvada  V.D.Kamayev  rahbarligida  chiqarilgan 

«Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida, 1997 yilda Toshkentda chop qilingan A. O‘lmasovning  «Iqtisodiyot 

asoslari» o‘quv qo‘llanmasida va boshqalarda. 



236 

Real  ish  haqi  –  bu  nominal  ish  haqiga  sotib  olish  mumkin  bo‘lgan 

tovarlar  va  xizmatlar  miqdori.  Boshqacha  aytganda,  real  ish  haqi  – 

bu nominal ish haqining «xarid etish layoqati». O‘z-o‘zidan aniqki, 

real  ish  haqi  nominal  ish  haqiga  va  xarid  qilinadigan  tovarlar  (va 

xizmatlar)  narxiga  bog‘liq.  Shunday  ekan,  real  ish  haqi  boshqa 

sharoitlar  bir  xil  bo‘lganda,  nominal  ish  haqiga  to‘g‘ri  va  iste’mol 

buyumlari  va  xizmatlar  narxining  darajasiga  teskari  mutanosibdir. 

Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: 

n

p

V

V

Р

 



bu yerda, V

p

–real ish haqi ; V



n

–nominal ish haqi ; 

P–iste’mol buyumlari va xizmatlarga narx darajasi. 

Nominal ish haqi ‒ ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real 

ish haqi esa xodimlarning haqiqiy iste’moli va farovonlik darajasini 

tavsiflaydi. 

Mamlakatda  ish  haqining  umumiy  darajasini  beliglab  beruvchi 

asosiy omillar quyidagilar: 

Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi; 

Mehnatning asosiy kapital bilan qurollanish darajasi 

Mehnatning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi; 

Mavjud ishlab chiqarish texnologiyasi; 

Mehnatning umumiy malakaviy darajasi; 

Taqsimotning  tarkib  topgan  tizimi  va  boshqa  iqtisodiy-ijtimoiy 

omillar. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish