O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

2. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari 

 

Ishlab chiqarishning texnik va texnologik asoslaridagi, ishchilar 



mehnatining  mazmuni  va  unumdorligidagi  ularga  bilim  berish  va 

kasbga o‘rgatish borasidagi o‘zgarishlar natijasida ish haqi shakli va 

tizimlari ham o‘zgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita 

vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning 

ishlagan  vaqtiga  qarab  to‘lanadi.  U  odatda  mehnatning  natijalarini 

aniq  hisoblab  bo‘lmaydigan,  balki  ular  aniq  vazifalarni  bajargan 

hollarda  (masalan,  injener-texnik  xodimlar  va  xizmatchilar, 

sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to‘lashda) yoki 




237 

mahsulot  ishlab  chiqarish  texnologik  jarayonining  borishi  bilan 

belgilanadigan  va  bevosita  ishchi  mehnatiga  bog‘liq  bo‘lmagan 

paytlarda  (masalan  konveyerlar  va  avtomat  liniyalarida  ishlash) 

qo‘llaniladi. 

Ishbay  ish  haqi  ishlab  chiqargan  mahsuloti  miqdori  yoki 

bajargan  ishining  hajmiga  qarab  beriladi.  Mahsulot  birligi  uchun 

uning  miqdori,  ta’rif  stavkasidagi  haqni  ishlab  chiqarish  normasiga 

taqsimlash  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Haq  to‘lash  shakllarining  aniq 

mehnat  sharoitlarini  hisobga  oladigan  turlari  ish  haqining  tizimini 

tashkil  qiladi.  Chunonchi,  ishchilarning  bir  qismiga  to‘g‘ri  ishbay 

tizimi  bo‘yicha  haq  to‘lanadi.  Bunda  ishlab  chiqarish  normasi  qay 

darajada  bajarilishidan  qat’i  nazar,  ish  haqi  mahsulot  birligi  uchun 

belgilangan rasenka bo‘yicha to‘lanadi. 

Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko‘rsatkichlar uchun mukofot 

berishni  nazarda  tutadi.  Ishbay-progressiv  haq  to‘lashda  belgilab 

qo‘yilgan norma doirasida ishlab chiqargan mahsulotga uning birligi 

uchun  belgilangan  rasenka  bo‘yicha  ish  haqi  beriladi,  normadan 

yuqorisiga esa oshirilgan rasenka bo‘yicha pul to‘lanadi. Ishbay-ish 

haqining  tizimida  yakka  tartibdagi,  jamoa  va  ijara  pudratida 

qo‘llaniladigan  mehnatga  haq  to‘lash  farqlanadi.  Bunda  olingan 

tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini 

hisobga olib haq to‘lanadi. Haq to‘lashning jamoa shaklida ish haqi 

brigada,  sex  va  boshqa  bo‘linmaning  pirovard  faoliyati  natijalariga 

bog‘liq  qilib  qo‘yiladi.  Bunda  har  bir  xodim  faqat  o‘ziga  berilgan 

shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bo‘linmaning 

butun ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor bo‘ladi. 

Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo, ta’rif tizimi 

yordamida  amalga  oshiriladi.  Ta’rif  tizimi  yordamida  tarmoqlar  va 

mamlakat  mintaqasi  bo‘yicha,  ular  ichida  esa  ishlab  chiqarish 

turlari,  turli  toifadagi  xodimlar  malakasi  va  mehnat  sharoitlariga 

qarab ish haqi darajasi tartibga solib turiladi. 

Ta’rif  tizimi  ta’rif-malaka  spravochniklarini  va  ish  haqiga  har 

xil koeffitsiyentlarini o‘z ichiga oladi. 

Ta’rif-malaka  spravochniklari,  ta’rif  setkasi  ayrim  kasblar  va 

mehnat  turlarining  batafsil  ta’rifi,  u  yoki  bu  aniq  ishni 

bajaruvchining  bilim  va  ko‘nikmalariga  qo‘yiladigan  talablardan 

iborat  bo‘ladi,  shuningdek,  unda  bu  ishni  ta’riflash  uchun 




238 

qo‘yiladigan  razryadlar  ham  ko‘rsatiladi.  Ta’rif  setkasida 

razryadlardan  tashqari  ta’rif  koeffitsiyentlari  ham  bo‘lib,  ular 

birinchi  razryadli  ishchiga  haq  to‘lash  bilan  keyingi  razryadli 

ishchilar  mehnatiga  haq  to‘lashning  o‘zaro  nisbatini  ko‘rsatadi 

(birinchi razryadning ta’rif koeffitsiyenti hamma vaqt birga teng). 

Ta’rif  stavkalari  tegishli  razryadga  ega  bo‘lganlar  mehnatiga 

to‘lanadigan haq miqdorini belgilab beradi. 

Mehnat  qilish  sharoiti  og‘ir  va  zararli  bo‘lganda  ishchilarga 

ta’rif  stavkasiga  qo‘shimcha  haqlar  belgilanadi.  Ta’rif  stavkalariga 

ustamalar  shaklidagi  haq  (razryadlar  bo‘yicha  farqlantirilgan) 

professional mahorat uchun belgilanadi. 

Alohida  tarmoqning  iqtisodiyotdagi  ahamiyatiga  qarab  amalda 

ish  haqini  va  mansab  maoshlarini  farqlantirish  ishlari  amalga 

oshiriladi.  Bunda  mamlakat  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 

yetakchi  tarmoqlarga  tajribali,  malakali  kadrlarni  jalb  etish,  bu 

tarmoqlarda  ishchi  va  xizmatchilar  tarkibi  barqaror  bo‘lishini 

ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi ko‘zlanadi. 

Respublikamizda  ham  ta’rif  tizimi  orqali  ish  haqi  tabaqalash-

tirilib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi to‘lashning yagona 

razryadlari  aniqlangan.  Narxlar  o‘sishi  bilan  minimal  ish  haqi 

darajasi  hamda  barcha  razryadlar  ular  o‘rtasidagi  nisbat  saqlangan 

holda oshirib boriladi.  

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish