Fanning ilm fan va ishlab chiqarishdagi o`rni
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani talabalarda ilmiy dunyoqarash va iqtisodiy tafakkurni, jamiyatning iqtisodiy asosini tushunish, ob’ektiv iqtisodiy qonun va jarayonlarga ongli munosabatda bo`lish ko`nikmasini shakllantiradi. Barcha amaliy iqtisodiy fanlarning nazariy-uslubiy asoslari to`g’risida bilim hosil qiladi. Shunga ko`ra, fanning ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishdagi o`rni muhim hisoblanadi.
Fanni o`qitishdagi yangi pedagogik va axborot texnologiyalari
Talabalarning «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini o`zlashtirishlari uchun o`qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o`zlashtirishda darslik, o`quv va uslubiy qo`llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, keys-texnologiyalaridan foydalaniladi. Ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida o`qitishning interaktiv usullari (vizual, muammoli, mualliflik ma’ruzalari, ikki tomonlama tahlil, Insert, klaster, «Venna», sinkveyn)dan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |