O`zbeкistоn rеspubliкаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi


Ochiq  saqlash  vositalari



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/210
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#212659
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   210
Bog'liq
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

Ochiq  saqlash  vositalari.  Avtotransport  korxonalarida  avtomobillar  ochiq  maydonchalar-
da  saqlanganda,  isitishning  guruhiy  va  yakka  holda  saqlash  usullari  qo`llaniladi.  Bu  vositalar 
qo`zg`almas yoki harakatlanuvchan bo`lishi mumkin. 
YAkka  vositalar  o`z  korxonalaridan  ajralgan  holda  ishlovchi  alohida  avtomobillar  uchun 
mo`ljallangan. Ular o`z ichiga avtomobillarning ajralmas  qismi hisoblangan  isitgichlarni, sovuq o`t 
oldirish  vositalarini  hamda  avtomobilning  dvigatel  va  agregatlarini  ishdan  qaytgandan  so`nggi 
issiqligini ta`minlovchi, o`rovchi g`ilof va moslamalarni oladi. 
Guruhiy vositalarga issiqlik va elektr energiyasi, gaz tarmog`i va issiqlik  generatorlari kira-
di. Issiqlik eltuvchilar sifatida suv, bug`, moy, havo, gaz va havo  aralashmasidan foydalaniladi. Isit-
ishda  avtomobilning  sovutish  tizimi  to`ldirilgan  yoki  to`ldirilmagan  tarzda  bo`lishi  mumkin.  ATK 
larning ish jarayonida havo, suv, bug` va elektr isitish guruhiy usullaridan foydalanish ko‘p tarqal-
gan. 
Suvli isitish tizimidagi harorat 80-90°C. Isitishga ketadigan suv sarfini quyidagicha aniqlanadi: 
),
1
,
0
1
(
OKP
t
Q
V




  m
3
 
bu yerda: Q-dvigatelga bir marta to`ldirilgan suv hajmi, m
3
; t
okr
-atrof-muhit harorati,°C;  
Qish  vaqtida,  -40  °C  havo  haroratida  sinalgan  o`t  oldirishdan  avvalgi  avtomobillar  dvigatelini 
ishdan oldin isitish vositasi quyidagi tartibda ishlaydi. 
Ishdan  oldin  isitish  vositasi  dvigatel  bilan  rezinamatoli  shlang  yordamida  ulanadi. 
Ta`minlovchi  shlang  kran  orqali  radiator  bo`yni  bilan  ulanadi.  To`kuvchi  shlang  issiqlik  al-
mashuvchiga o`matilgan to`kish jo`mragi bilan ulanadi. 
Nasos  ilitilganda  qozondagi  issiq  suv  eltuvchi  shlang  va  kran  orqali  dvigatelga  yetkazi-
ladi. To`kuvchi shlangda suv paydo bo`lgandan so`ng u kranga ulanadi. So`ngra kran ochiladi va suv 
to`kuvchi shlang orqali qozonga qaytadi. 
Mazkur  tuzilishdagi  jihoz  issiq  suvning  muntazam  aylanishi  va  dvigatelning  to`liq  isishini 
ta`minlaydi. Tashqi harorat -40°C va aylanayotgan suv harorati ]85°C bo`lganda  dvigatelni isitish vaqti 
15-20  daqiqani  tashkil  etadi.  Dvigatel  isigach.  kranlar  o`chiriladi,  dvigatel  ishga  tushiriladi  hamda 
shlanglar yechib olinadi. 
Issiqlik almashtirgichning yuzasi va hajmi shunday tanlab olinganki, u 15-20 daqiqada moyn-
ing kerakli haroratgacha isishini ta`minlaydi. 


 
88 
Korxonada  isitish  tizimi  mavjud  bo`lmagan  hollarda  avtomobillar  ishdan  q aytgach, ularn-
ing  sovutish  tizimidagi  suv  maxsus  termoslarga  to`kiladi  va  qayta  ishlatiladi.  SHu  yo`l  bilan  suv 
tejaladi va dvigatellarga sovumagan suv quyiladi. 
Bug` bilan isitish jarayoni kondensatni  qaytarish  yoki  qaytarmaslik sharti bilan tashkil  qilin-
ishi mumkin. Bunda tizim bug` o`tkazgichlari bevosita avtomobilning sovutish tizimiga ulanadi. Bug` 
qozonidan  bug`o`tkazuvchi  yordamida  taqsimlagichga  yuborilgan  bug`,  saqlash  joyida  turgan 
avtomobillaming dvigateliga, bug` yetkazuvchi shlangalar va naychalar orqali yetkaziladi. Dvigatelni 
isitish  jarayonida  bug`  suvga  aylanadi  va  u  qaytarish  magistrali  orqali  qayta  ishlatish  uchun  bug` 
qozoniga qaytariladi. 
Bug` bilan isitishning kondensatni qaytarmasdan tashkil qilish usuli juda sodda, ammo uning 
kamchiligi  haddan  tashqari  isish  evaziga  blokda  mahalliy  darz  paydo  bo`lishi,  qozonni  doimiy  suv 
bilan to`ldirib turish kerakligi, buning natijasida qozonda quyqa hosil bo`lishining tezlashishi, suv 
sarfining  ko‘payishi  hisoblanadi.  SHu  bilan  birga,  suvga  aylangan  bug`  saqlash  maydonchasiga 
oqib,  yaxmalak  hosil  qilishi  qo`shimcha  noqulayliklar  tug`diradi.  Suvga  aylangan  bug`ni  qaytarib 
bug`  bilan  isitish  jarayonini  tashkil  qilish  qaytarish  magistrali  hisobiga  jihoz  tuzilishini  murakka-
blashtiradi.  Dvigatelni  isitish  maromi  past,  chunki  sovutish  tizimidagi  hamma  bug`  suvga 
aylanmaydi. 
Bug`  qozonlariga  xizmat  koprsatuvchi  ishchilar  maxsus  tayyorgarlikdan  o`tgan  va  buni 
tasdiqlovchi  hujjatga  ega  bo`lishlari  zarur.  qozonlardan  foydalanishda  belgilangan  vaqtlar  oralig`ida 
ularni  nazorat  qilish  tashkiloti  tomonidan  tekshirish  o`tkazilishi  va  tekshiruv  natijalari  bo`yicha 
tegishli hujjatlar tuzilishi zarur. 
Havo bilan isitishda kaloriferda isitilgan issiq havo taqsimlovchi va havo  yetkazuvchi mos-
lamalar yordamida isitilayotgan dvigatelga yetkazib beriladi. Bu usulda nafaqat dvigatel, akkumulyator 
batareyasi va transmissiya agregatlari ham issiq holda saqlanadi. 
Garajsiz saqlashni unumliroq tashkil qilish uchun elektr sitgichlar yordamidagi isitish usulidan 
foydalaniladi.  Bunda  akkumulyator  batareyasini  isitish  uchun  Sirokko-208  moslamasi  ishlatiladi. 
Suyuqlikni  aylantirib  turish  uchun  tizlmdagi  maxsus  nasos  hizmat  qiladi.  Issiqlik  avtomobil kabinasi 
va  salonini  isitish  uchun  ham  xizmat  qiladi.  Moslamaning  issiqlik  holati  avtomatik  ravishda  maxsus 
datchiklar yordamida rostlab turiladi. Dvigatelning turiga qarab, issiqlik eltuvchilarning quvvati 2-4 
kVt ni, moy isitgichning quvvati esa 0,4-2 kVt ni tashkil qiladi. 
Infraqizil gazli isitish infraqizil nurlardan foydalanishga asoslangan bo`lib, ular toza havo yuta 
olmaydi, ammo qattiq jismlar bilan uchrashganda nur quvvati issiqlikka aylanadi va jismni isitadi. In-
fraqizil  nurlarni  hosil  qilish  uchun  qo`zg`almas  va  qo`zg`aluvchan  yondirgichlardan  foydal a-
niladi.  Ular  tabiiy  yoki  neft  gazi(‗ro‘anbutan)da  ishlashi  mumkin.  YOndirgichga  kelayotgan  gaz 
yetarli  miqdordagi  havo  bilan  aralashib,  uning  so‘ol  yoki  metall  to`ridagi  kichik  diametrli  kanal-
chalarni to`ldiradi. Aralashma maxsus moslama yordamida alanga oladi. Buning natijasida to`rning yu-
zasidagi harorat 7OO-95O°C ga yetadi va o`zidan nur chiqaradi. Qo`zg`almas sharoitda yondirgichlar-
dan  foydalanishda,  ular  isitiladigan  agregatdan  300-500  mm  oraliqda  o`rnatiladi.  Avtomobilni 
yondirgich  ustiga  to`g`ri  joylashtirish  va  yondirgichga  shikast  yetkazmaslik  maqsadida  maydoncha 
maxsus tayanch va yo`naltiruvchilar bilan jihozlanadi. 
YOndirgichlarning  eng  katta  kamchiligi,  shamolning  tezligi  5,0-5,5  m/sga  yetganda  alanganing 
o`chib  qolishidan  iborat.  «YUlduzcha»  yondirgichli  «Malyutka»  isitgichlari  bundan  mustasno  bo`lib, 
ularning tagi g`ilof bilan o`ralgan bo`ladi. 
Avtomobillarni  qo`zg`almas  issiqlik  manbai  bo`lmagan  joylarda  saqlashda  suyuqlikli  yoki 
havoli ularning o`ziga o`rnatilgan yakka isitgichlardan foydalaniladi. 
Ular  asosan  avtomobil  dvigateli  yonilg`isida  ishlaydi.  YAkka  isitgichlarning  afzallik  tomoni, 
ular har qanday sharoitda dvigatelni isitish imkonini beradi. Kamchiligi esa, tirsakli valning tayanch 
va shatun podshipniklarini yetarli darajada isita olmaydi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish