O`zbeкistоn rеspubliкаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi


Karbyuratorni  korpus  detallari  holatini  tekshirish



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/210
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#212659
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   210
Bog'liq
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

Karbyuratorni  korpus  detallari  holatini  tekshirish.  Korpus  detallarini  yotish  sirtlarini  holati 
tekshiriladi. Korpus detallari tob tashlagan bo`lsa, ularni tekis qattiq joyga o`rnatilgan yumshoq mayda 
qumqog`ozda  jilvirlanadi.  Korpus  detallari  birikish  joylari  yorilgan  va  shikastlangan  bo`lsa,  ular  al-
mashtiriladi. 
Karbyuratorni ta`mirlash uchun maxsus ta`mir komplektrlari ishlab chiqariladi. Ular tez almashtiri-
ladigan qistirmalar, diafragmalar, klapanlar, jiklyorlar, qotirish elementlari va boshqalar. 
Karbyuratorni yig`ish uni qismlarga ajratishga teskari tartibida bajariladi. Karbyuratorni yig`ishda 
hamma  qistirmalarni  almashtirish  lozim.  Yig`ishda  jiklyorlarni  o`rnini  almashtirib  qo`ymaslik  uchun 
ularni  markalanishiga  va  karbyuratorni  texnik  tavsifnomasidagi  koprsatmalarga  e`tibor  berish  lozim. 
«Ozon»  ti‘idagi  karbyuratorni  bosh  dozalovchi  tizimidagi  purkagichlarni  o`rnini  almashtirib 
qo`ymaslik  uchun  birlamchi  kamera  purkagichi  korpusida  shtift,  ikkilamchi  kamera  purkagichida 
ekonostat tizimi yonilg`i uzatishi uchun qo`shimcha teshik mavjud. 
Ninasimon klapan korpusini 1,4...1,5 kg.k momenti bilan qotirish lozim. 


 
43 
Drossel va havo zaslonkalarini o`qga qotirish vintlarini qotirib bo`lgandan so`ng vintlarni bo`shab 
kirish  quvuriga  undan  tsilindrga  tushib  ketishini  oldini  olish  uchun  maxsus  moslama  yordamida 
o`qlarni deformatsiyalanishidan saqlagan holda vintlarni chil‘ishlash lozim. 
Tezlatgich  nasosini  qo‘qoqni  qotirish  vintlarini,  uni  uzatmasi  ‗ishangini  bosib  turib  vintlarni 
qotirish lozim. Bu nasos ishga tushganda diafragmani cho`zilish va shikastlanishdan saqlaydi. 
Karbyurator qo‘qog`ini o`rnatishda po`kak yo`lini tekshirish va sozlash lozim, bunga po`kakli ka-
meradagi yonilg`i sathi bog`liq. 
«Ozon» ti‘idagi karbyuratorlarni yonilg`i sathini tekshirish va sozlash. Ular karbyuratorni qo‘qog`i 
vertikal  holatda  turganda  tekshiriladi.  qo‘qoqni  vertikal  holatida  yonilg`i  kelish  shtutseri  yuqoriga 
qaragan,  po`kakni  tilchasi  esa  ninasimon  klapanni  dem‘firlovchi  shartiga  yengil  tegib  turgan  bo`lishi 
lozim. Bunda po`kak va qo‘qoqni zichlovchi qistirmasi orasidagi A o`lchov 6,5 

 0,25 mm, po`kakni 
yo`li V o`lchov esa 8

mm ni tashkil etishi lozim. A o`lchov tirqishni sozlash uchun po`kak tilchasini 
egish bilan sozlanadi. po`kak  yo`li tayanchni egish bilan sozlanadi. Agar  shunday sozlagandan so`ng 
po`kak  qo‘qog`ini  yuqoriga  qaratilsa  A  o`lchov  klapanga  dem‘ferlovchi  sharikni  cho`kishi  hisobiga 
1...2 mm ni tashkil etadi. 
 «Soleks» ti‘idagi karbyuratorlarda yonilg`i sathini sozlash uch bosqichda amalga oshiriladi. Ikkita 
po`kak ham qo‘qoqdan bir xil sathda bo`lishi uchun avval po`kaklarni o`zaro joylashuvi tekshiriladi va 
ularni kronshteynlarini yarmini egib sozlanadi. 
So`ng  po`kakni  chiqib  turgan  qismi  va  qo‘qoqni  zichlovchi  qistirmasi  orasidagi  tirqish  S 
o`lchanadi,  u  1

0,25  mm  ni  tashkil  etishi  lozim.  Agar  sozlangandan  so`ng  karbyurator  qo‘qog`ini 
vertikal  qo`yganda  po`kak  tili  ninasimon  klapaninin  dem‘firlovchi  sharigiga  yengil  tegishi,  po`kakda 
choki qistirmali  qo‘qoq  tekisligiga ‗arallel  tushishi  lozim.  CHoklarni  qo‘qoq  tekisligiga  ozgina ‗aral-
lelsizligi ninani dem‘firlovchi sharigi bilan nosozligini bildiradi. 
po`kakni  holatini  sozlashni  yakuniy  bosqichi  po`kak  va  qo‘qoq  orasidagi  tirqishni  sozlashdir.  Bu 
tirqishni po`kaklar kronshteynini orqa tilchasini egish bilan sozlanadi va u 15 mm ni tashkil etishi lo-
zim. po`kak holatini sozlashda qo‘qoqni po`kak bilan pastga qaratmaslik lozim, chunki bunda po`kakni 
sozlanganligi buziladi. 
Karbyurator  yig`ilgandan so`ng, uni avtomobilga o`rnatishdan oldin zaslonka va ‗ishang o`qlarini 
yengil va tutilishsiz ishlashini tekshirish va uzatmani ishqalanuvchi detallarini motor moyi bilan moy-
lash lozim.  
Karbyuratorni  ishga  tushirish  mexanizmini  sozlashda  birlamchi  kamerani  havo  va  drossel 
zaslonkalarini  holati  sozlanadi.  Havo  zaslonkasi  to`la  yo‘iq  bo`lganda  dvigatelni  ishga  tushirishda 
dvigatelda  birinchi  alangalanishda  ishga  tushirish  qurilmasini  pnevmokrrektori  ishga  tushadi,  bunda 
diafragma  shtogi  havo  zaslonkasi  ‗ishangiga  ta`sir  koprsatib,  dvigatelni  me`yorida  ishlashini 
ta`minlovchi  A  tirqish  kattaligiga  siljitadi.  SHu  maqsadda  havo  zaslonkasi  to`la  yo‘iq  bo`lganda 
birlamchi kamerani drossel zaslonkasi V tirqish kattaligiga ochiq bo`lishi lozim. 
«Soleks»  ti‘idagi  karbyuratorlardagi  A  va  V  tirqishlar  pnevmokorrektorni  sozlovchi  vintlari  va 
havo zaslonkasini boshqarish ‗ishangi yordamida sozlanadi. 
«Ozon»  ti‘idagi  karbyurator  A  va  B  tirqishlar  pnevmokorrektor  tortqisi  uzinligini  o`zgartirish 
hamda drosel va havo zaslonkalarini ulovchi tortqich bukish (egish) bilan sozlanadi. 
Karbyuratorni  avtomobilga  o`rnatish  uni  avtomobildan  yechib  olish  tartibiga  teskari  ravishda  ba-
jariladi. Karbyuratorni dvigatelga o`rnatgandan so`ng dvigatel artiladi va sozlash ishlari bajariladi. 
Karbyuratorni  salt  yurish  tizimi  qizdirilgan  dvigatelda  miqdor  va  sifat  vintlari  yordamida 
quyidagi  tartibda  amalga  oshiriladi.CHiqindi  gazlarni  zaharligini  o`lchash  uchun  asbobni  namuna 
oluvchisini  ovoz  so`ndirgichga  300  mm  ichkarisiga  kirgiziladi.  Karbyuratorni  yonilg`i  aralashmani 
sifatni sozlovchi vintlaridagi zaglushka olinadi. Dvigatel yurgiziladi va havo zaslonkasi to`liq ochiladi. 
Aralashma  miqdori  vinti  yoki  majburiy  salt  yurish  ekonamayzerini  pnevmoklapani  korpusini  burish 
bilan salt yurishda tirsakli valni minimal turg`un aylanishlari (700...900 daq
-1
) o`rnatiladi. 
Sifat  vintini  burab  talab  etilgan  SO  (1,5%  dan  kam)  va  SN  (1200  birlikdan  kam)  miqdorini 
o`rnatamiz.  Soat  mili  bo`yicha  vint  buralsa  SO  va  SN  miqdori  kamayadi.  Lozim  bo`lganda  salt 
yurishda turg`un aylanishlarni miqdor vinti bilan o`rnatib sifat vinti bilan sozlash takrorlanadi. Sozlash 
tugatilgandan  so`ng  pedal  gazini  birdaniga  bosib  va  qo`yib  yuborib  sozlash  sifati  tekshiriladi.  Bunda 
dvigatel uzluksiz aylanishlarini ko‘paytirishi va pedalni qo`yib  yuborganda to`xtab qolmasligi lozim. 
Aks  holda  miqdor  vinti  yordamida  aylanishlarni  ko‘paytirish  lozim.  Tekshirishdan  so`ng  sifat  vinti 
o`z-o`zidan bo`shab ketishini oldini olish uchun zaglushka o`rnatiladi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish