Dizelli dvigatellarni ta`minlash tizimiga TXK va ta`mirlash texnologiyasi
Asosiy nosozliklari: ta`minlash tizimini germetiksizlanishi, yonilg`i baki va yonilg`i uzat-
gichlardan yonilg`ini oqishi, yonilg`i va havo filtrlarini ifloslanishi. Dizelli dvigatellarni ta`minlash
tizimida ko‘proq uchraydigan nosozliklar yuqori bosim yonilg`i nasosi ‗lunjer juftini va forsunkani
yeyilishi va sozligini buzilishi hamda bu agregatlarni germetikligini buzilishidir. Bundan tashqari for-
sunkani teshik larini yeyilishi, ularni ifloslanishi va kokslanishidir. Bu nosozliklar yonilg`ini uzatishni
boshlanish momentini o`zgarishiga, yonilg`i nasosini uzatilayotgan yonilg`i miqdori va burchagi
bo`yicha notekis ishlashiga, forsunkani yonilg`ini purkashini yomonlashuviga olib keladi.
Sanab o`tilgan nosozliklar natijasida yonilg`i sarfi ko‘payadi va ishlatilgan gazlar zaharliligi
oshadi.
Ta`minlash tizimi nosozliklarini diagnostikalash belgilari qo`yidagilardir: dvigatelni ishga tu-
shirish qiyinlashadi, yuklamada yonilg`i sarfi ko‘payadi, dvigatelni quvvati kamayishi va uning
qizishi, ishlatilgan gazlarni tarkibini o`zgarishi va zaharliligini ko‘payishi.
Ta`minlash tizimini diagnostikalash yo`lda va stendda sinash hamda ularni qismlarga ajratgan-
dan so`ng mexanizm va tarmoqlarni texnik holatini aniqlash bilan o`tkaziladi.
YOnilg`i sarfi avtomobillarni tekis, harakat jadalligi va shamol tezligi minimal bo`lgan mayat-
nik yo`nalishi tanlab olingan 1 km li yo`lda aniqlanadi. Bunda yonilg`i sarfi miqdori hajmli yonilg`i
sarfi o`lchagichida o`lchanadi.
Ishlatilgan gazlarni tutunliligi ishlatilgan gazlarni o‘tik zichligi bilan baholanadi (DAST 21393-
75). Bu ishlatilgan gaz tarkibidagi qurum va boshqa nur yutuvchi dis‘ers zarrachalarni yutgan nur mi-
qdori bilan baholanadi. U asbob shkalasi bo`yicha aniqlanadi. Asbobni asosi nur oqimi kesib o`tadigan
shishali quvurdan iborat. Nur yutish darajasi ishlatilgan gazlarni tutunligiga bog`liq.
Koprinib turibdiki, tekshirilayotgan gazlarni olish resiver orqali dvigatelni chiqarish quvuriga
ulangan o`lchagich quvuriga o`rnatilgan gazolgich yordamida amalga oshiriladi. O`lchagich quvuri-
dagi bosimni oshirish uchun lozim bo`lganda u zaslonka bilan jihozlanishi mumkin.
Tutunlilik ta`mirdan so`ng TXK da yoki turgan avtomobilda yonilg`i apparaturasini sozlashda
dvigatelni ikkita ish tartibida o`lchanadi. Salt yurishda, ya`ni erkin tezlanishda (tirsakli valni minimal
aylanishlaridan maksimal aylanishlariga tezlatish) va tirsakli valni maksimal aylanishlarida.
Ishlatilgan gazlarni tutunliligi KamAZ, MAZ va KrAZ avtomobillari uchun salt yurishda 40
foizdan, tirsakli valni maksimal aylanishlarida esa 15 foizdan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |