O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Nafas olish tizimi kasalliklarining belgilari



Download 0,83 Mb.
bet79/222
Sana30.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#88477
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   222
Bog'liq
ТКК ўзбекча

1.19. Nafas olish tizimi kasalliklarining belgilari
Dyspnoe - Harsillash (Nafas olishni qiyinlashishi) Nafas olish – bu tashqi muhitdan kislorodning avval o'pkaga, keyin qonga, so'ngra butun organizmning a'zo va to'qimalariga kelishi, hamda organizmdan karbonat angidrid gazini chiqarilishi bilan bog'liq jarayondir. Harsillash (grek.dys - qiyinlashish, pnoe - nafas) nafas tezligini susayishi, nafas olish qiyinlashuvi, havo etishmasligi, chuqur nafas olib chiqarishni buzilishi, nafas muskullari faoliyatini ortishida namoyon bo'ladi, bemor bug'ilib havo etishmayotganini his qiladi. Shuningdek, harsillash - yurak, o'pka, asab, plevra kasalliklarida, kamqonlikda ham uchrashi mumkin.
Nafas harakatlari tezligiga ko'ra harsillash ikki turga ajratiladi: Tachypnoe - Tez–tez yuza nafas olish (1minutda 20dan ziyod) Nafas siqilishining bir turi, nevroz, ba'zi yurak va endokrin kasalliklarida uchraydi. Ko'pincha o'pka yallig'lanishi (masalan, pnevmoniyada) lixoradka, qon kasalliklari (masalan, kamqonlikda) kuzatiladi. Nafas tezligi jazavani eslato'vchi holatida minutda 60-80 dan oshishi mumkin, bunday tez tez nafas olishni “Holdan toygan, sillasi qurigan hayvon nafas olishi” deyiladi.
Bradynoe – haddan tashqari sekin nafas olish, nafasi ichiga tushib ketish holati (1minutda 16dan kam) Qandli diabet kasalligida modda almashinuvi nordon mahsulotlar qonda to'planishi (atsidoz) va diabetik komada nafas markazi ezilishi, to'qimalarda kislorodni kamayishini davomli, og'ir holati (masalan yurak etishmovchiligi sababli)da, miya po'stlog'i, bosh miya kasal-liklari(miyaga qon quyilishi,miyadagi xavfli o'sma)da kuzatiladi.Nafas faza (davrlari)si buzilishiga ko'ra harsillash quyidagi turlarga ajratiladi.



Inspirator harsillash nafas olishning qiyinlashishi, hiqildoq va kekirdak teshiklarini difteriya pardalari bug'ib qo'yganda yoki o'sma, poliplar siqib qo'yganda ro'y beradi.
Ekspirator harsillash nafas qisishi sababli olingan havoni tashqariga chiqarib yuborishni qiyinlashuvi, bu holat nafas yo'llari ichida shilliq bo'lganda kuzatiladi.
Issiqdan harsillash tashqi muhit harorati ko'tarilganda nafas olishni tezlashishi bo'lib, issiq havo tana haroratini turg'un holda saqlashga xizmat qiladi.
Aralash harsillash nafas qisishi sababli nafas olish va chiqarishning qiyinlashishi, bu o'pka nafas olish yuzasining kichrayib qolishiga bog'liq.
Nafas ritmi o'lchoviga ko'ra harsillash quyidagi asosiy shakl (“davriy nafas”deyiladi) larda farqlanadi: Nafas qisilishi astma yoki bug'ilish (grek.asthma – og'ir qisqa nafas) - harsillashning turlicha o'tkir xurujini umumiy nomi. Nafas yo'llari og'rig'i sababli o'pkadagi bug'ilish xuruji ro'y berishi(bronxial astma) nafas yo'llari bug'ilishi deyiladi. Qon aylanishida qon harakatining susayib yoki qotib qolishi yurak qisilishi (astma)ni avj oldiradi. Bemorda nafas qisishi yoki entikib qolish ro'y berganda hamshira zudlik bilan davolovchi shifokorga bemorning harsillash turini, nafas tezligini o'zi kuzatgan holatni etkazib, bemor engil tortishi choralarini ko'radi. Bemor atrofida sokin, osoyishtalik muhitini yaratib, bemor va uning atrofdagilarini tinchlantiradi.
Bemorga yarim o'tirgan holatida boshini ko'tarib, krovatga suyantirib boshi va bo`yni ko'taradigan yostiq qo'yishga yordam beradi, siqib turgan kiyimlarini echib, ustidagi og'ir ko'rpani olib qo'yiladi. Xonada oynasini qiya qilib ochib qo'yilsa toza havo kirib turishi ta'minlanadi.
Nafasi qisilgan bemorga shifokor tavsiyasiga ko'ra cho'ntak ingolyatori be-riladi, nafas yo'lini sun'iy ochish uchun undan qanday foydalanishni ko'rsatiladi. Nafas yo'llari bug'ilishida cho'ntak ingolyatoridan foydalanish uchun: suyuqlik (aerozol) ballonchasi og'zidan himoya qadpoqchasi olinib ,balloncha tepadan pastga qarab aylantirilib silkitiladi va bemordan chuqur nafas chiqarishini so'raladi. Bemorga chuqur nafas olishidan oldin balloncha og'zini labida qisib, balloncha klapanini bosish, chuqur nafas olish va bir necha soniya nafasni ushlab turishni tushuntirish lozim. Shundan so'ng bemor og'zidan ballonchani uzoqlashtiradi, sekin asta nafas chiqaradi.
Ballonchadagi dori suyuqligi miqdorini, har qancha vaqtda foydalanishni davolovchi shifokor aniqlaydi. Glyukokartikoid garmoni bilan nafas olgan bemor og'iz bo'shlig'i infektsiyasi oldini olish uchun og'zini chayib tashlashi kerak. Glyukokartikoidlar - buyrak usti bezi po'stlog'i gormoni bo'lib, prednizolon, prednizon va boshqalar glyukokartikoidlarning sintetik analogi hisoblanadi.
Yo'tal – murakkab reflektor jarayon, ko'krak bo'shlig'i pardasi va nafas yo'llari retseptorlari qo'zg'alishida vujudga keladi. Yo'tal refleksi nafas yo'llarining turli omillari – shilimshiqlar, bronxlar qisqarishi, siqilishi, og'iz bo'shlig'i qatlami shilliq qurishi, tana yot jismlari yoki nafas yo'llari tuzilishidagi o'zgarishlar ta'sirida paydo bo'ladi. Yo'talning fiziologik faoliyati nafas yo'llariga tashqidan tushgan moddalar, turli bezlar ishlab chiqaradigan suyuqliklardan tozalashdan iborat. Yo'tal turtkisi birdaniga qattiq nafas chiqarish natijasida ko'krak qafasi devorini turtilishi yoki tovush boylamlari chuqurchasida tiqilib qolgan nafas to'satdan ho'l balg'am (qoqiriq) va tana yot jismlari havosi bilan birga og'izdan chiqib ketishini tashkil qiladi.
Yutal paydo bulish sabablari kuyidagilar:
Nafas yullari yalliglanish kasalliklari: laringit, traxeit, bronxit, bronxiolit, bronxial astma, zotiljam, upka abstsessi va boshkalar.
Organizmga allergenlar (usimliklar changi, chang xasharotlari, kir yuvish kukuni) kirishiga immun javob.
Yurak kon tomir tizimi kasalliklaridagi kichik kon aylanish doirasida dimlanish sabablari – yurak nuksonlari, yurak ishemik kasalligi, dilyatatsion kardiomiopatiya va boshkalar.
Mexanik ta'sirlanish sabablari – pnevmokoniozlar, bronxlar o`tkazuvchanligini o`sma bilan bosilishi, yot jism tiqilib qolishi xisobiga yuzaga keladi.
Pnevmokoniozlar – uzoq vakt davomida ishlab chikarish changlarini xisobiga yuzaga keluvchi kasb kasalliklari guruxidir.


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish