O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Suv muvozanatini monitoring qilish



Download 0,83 Mb.
bet82/222
Sana30.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#88477
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   222
Bog'liq
ТКК ўзбекча

Suv muvozanatini monitoring qilish

Maqsadlar: yashirin shishlarni aniqlash, sutkalik siydik miqdorini, terapiyaning yetarliligini baholash, birinchi navbatda siydik haydovchilar (diuretiklar) ni.

Uskunalar: tibbiyot tarozilari, toza quruq 2-3 litrli bonka, ikkita o’lchovli idishlar, suv balansini yozish uchun qog’oz,

Bemorlarga o’tkaziladigan muolaja va siydik yig'ish qoidalari haqida ma’lumot berish va suv balansi qayd qilinadigan qog’ozni to’ldirish tartibini tushuntirish.

Olingan natijalar harorat varaqasining maxsus grafigiga kiritilishi kerak.

Bexushlik holati (yunoncha synkope; bexushlik holati) –Bosh miyaning yetarli darajada qon bilan ta’minlanmasligi oqibatida to’satdan va qisqa muddatli hushdan ketishdir. Odatda hushdan ketish kuchli psixo-nevrologik ta’sir (qo'rquv, qattiq og'riq, qon ko'rganda), nafas olishning qiyinlashishi, kuchli qo’rquv natijasida yuzaga keladi. Ko’pincha hushdan ketishdan oldin bosh aylanishi, quloqda shovqin, ko’z tinishi, ko’ngil aynishi va boshqa belgilar, shuningdek, teri va shilliq qavatlar rangparligi, qo’l-oyoqlarning sovushi, sovuq-yopishqoq ter ajralishi, AB ning keskin tushib ketishi, kuchsiz ipsimon puls kuzatiladi. Eslatma: Hushdan ketish epilepsiyadan siydik ajralishining kamayishi, nafas olishning to’xtashi tilning orqaga ketishi kuzatilmasligi bilan farq qiladi. Odatda, hushdan ketish bemorning vertikal holatida sodir bo’ladi; u yotganda, miyaga qon kelishining ortishi natijasida hushi tezda tiklanadi. Behushlik odatda 20-30 soniya davom etadi, shundan keyin bemor o'ziga keladi.

Hushdan ketganda bemorlarni gorizontal holatga o’tkazish, oyoqlarini ko’tarib qo’yish (boshga ko’proq qon kelishini ta’minlash uchun), kiyimlarini bo’shatish, toza havo bilan ta’minlash kerak. Yana ko’kragiga spirt surtish, yuziga sovuq suv sepish, burniga paxta bilan novshadil spirtini hidlatish mumkin (Nafas olish markazi faollashtirish uchun).



Kollaps (Lotin collapsus.) – AB ning pasayishi, sirkulyatsiyadagi qon miqdorining kamayishi, yurak qisqarish funksiyasining sustlashishi, tomirlar tonusi kamayishi bilan kechadigan o’tkir tomirlar yetishmovchilgining klinik ko’rinishidir. Bu o'tkir qon ketishi, miokard infarkti, ortostazda, zaharlanish, antigipertenziv dori vositalarining dozasini oshirib yuborilishi, yuqumli kasalliklar (takroriy qayt qilish, ich ketishi tufayli suvsizlanganda) kuzatiladi. Klinik belgilari hushidan ketish belgilariga o'xshash, lekin kollaps har doim ham hushning yo’qolishi bilan birga bormaydi, bemor karaxt holatida, atrofdagi sodir bo'layotgan voqealarga befarq, qorachiqlari kengaygan holatda bo’ladi.

Kollaps holatida bemorga yordam ko’rsatish uchun bemorning boshini past qilib yotqizish, kollaps asosida yotuvchi sabablarni bartaraf qilish, masalan, isitish, qon ketishini to’xtatish va boshqalar bajariladi. Zarur bo’lgan holatlarda shifokor ko’rsatmasi bilan parenteral yo’l orqali umumiy sirkulyatsiyadagi qon hajmini qoplash maqsadida qon yoki qon o’rnini bosuvchi, qon tomirlar tonusini oshiruvchi vositalar (niketamid, sulfokamfor kislota+ prokain, fenilefrin) qilinadi

Puls –yurak qisqarib, arterial tizimga qon haydaganda sistolik va diastolik davrida bosim o'zgarishi hisobiga yurak tomir devorlarining sinxron ravishda davriy tebranishi.

Impuls to'lqinining tarqalishi arteriya devorlarining moslashuvchan ravishda kengayishi va torayishiga bog’liq. To'lqin tarqalish tezligi 4 dan 13 m / s gacha, ya'ni, katta arteriyalarda 0,5 m / min dan oshmasa ham, qon oqimining chiziqli tezligini sezilarli darajada oshiradi.

Arterial impulsni o'rganish yurak faoliyatini, arteriyalar devorining xususiyatlarini, arterial bosimning balandligini, ba'zi hollarda klapan apparati, tana harorati va asab tizimining holatini o'zgartirishga imkon beradi. Impulsni o'rganishning asosiy usuli - palpatsiya. Bilak arteriyasida pulsni tekshirish osonroqdir, chunki u teri ostida hamda bilak suyagining bigizsimon o’sig’I bilan ichi bilak mushagi paylari orasida yaxshi palpatsiya qilinadi. Pulsni aniqlash uchun tekshiriluvchini bilak kaft bo’g’imida shunday ushlash kerakki, bunda tekshiruvchining kata barmpg’i bilak sohasining tirsak tomonidan boshqa barmoqlar bilak tomonidan arteriyaning ustiga qo’yiladi. Arteriyani sezish, zarba xususiyatlarini aniqlashga yordam beradigan qo'shni suyakka qarshi bosiladi. Puls uyqu arteriyasida, temporal arteriyada, tizza osti arteriyasida, orqa katta boldir arteriyasida, oyoq kafti arteriyasida tekshiriladi. Pastki periferik arteriyalarining pulsini o'rganish katta ahamiyatga ega, chunki uning zaiflashishi va ba'zan yo'qolishi yuqumli endarterit, ateroskleroz bilan og'rigan bemorlarda kuzatiladi.

Bilak arteriyasidan pulsning tekshiruvi bir vaqtning o'zida ikkala qo'lda olib borilishi kerak, chunki patologik holatlarda pulsning to’liqligi va uning boshqa xususiyatlarida sezilarli farq bo'lishi mumkin. Har xil puls arteriyalarning joylashuvi anomaliyasi mavjud bo'lganda yoki bilak, yelka, o’mrovosti arteriyalaridan birining torayib qolishi natijasida kelib chiqadi.




Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish