O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Qiymatning turli xil nazariyalari



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

3. Qiymatning turli xil nazariyalari 

 



97 

Iqtisodiy  fanda  tovar  qiymatining  negizini  nima  tashkil  qiladi 

degan savolga javob berishda ikki xil yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular 

o‘rtasida doimiy munozaralar bo‘lib kelgan.  

Qiymatning 

mehnat 


nazariyasi 

tarafdorlari 

qarashicha, 

tovarlarni  ayriboshlash  ularning  qiymati  asosida  amalga  oshiriladi. 

Qiymatning  miqdori  esa,  ijtimoiy  zaruriy  mehnat  sarflari  bilan, 

ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi. 

Ijtimoiy  zaruriy  ish  vaqti  ishlab  chiqarishning  mavjud  ijtimoiy 

normal  sharoitida  va  shu  jamiyatda  mehnat  mahorati  va 

jadalligining o‘rtacha darajasida naflilikka ega bo‘lgan biron tovarni 

tayyorlash uchun talab qilinadigan ish vaqtidir.  

Ijtimoiy  normal  ishlab  chiqarish  sharoiti  muayyan  turdagi 

tovarlarning  aksariyat  qismi  yaratiladigan  sharoitdir.  Bu  odatda 

o‘rtacha sharoit, faqat shu sharoitda o‘rtacha mahoratga ega bo‘lgan 

va  o‘rtacha  jadallik  bilan  ishlaydigan  ishlab  chiqaruvchi  bir  soatlik 

mehnati  mobaynida  bir  ijtimoiy  normal  sharoitga  mos  qiymat 

vujudga  keltiradi.  Xodimning  mahorati  va  mehnatining  jadalligi 

jamiyatda  qaror  topgan  o‘rtacha  darajadan  yuqori  yoki  pastroq 

bo‘lsa,  bu  holda  bir  soatlik  mehnat  mobaynida  yaratgan  qiymat 

tegishlicha ko‘p yoki kam bo‘ladi.  

Qiymatning  mehnat  nazariyasiga  ko‘ra  ijtimoiy  zarur  ish  vaqti 

o‘ziga  xos  ijtimoiy  mehnat  me’yori  rolini  o‘ynaydi.  Bu  me’yor 

bozorda  aniqlanadi  va  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  unga  amal 

qilishlari  zarur.  Кeragidan  ortiqcha  mehnat  sarflari  jamiyat 

tomonidan e’tirof etilmaydi. Bozorda muayyan turdagi tovarlarning 

asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lganidan amaldagi 

ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi. 

Tovar  qiymatida  oddiy  mehnat  ifodalanadi.  Oddiy  mehnat 

deganda, 

maxsus 

tayyorgarlik 

talab 

qilmaydigan 



mehnat 

tushuniladi. U shunday boshlang‘ich negizki, boshqa mehnat turlari 

malakasi  jihatidan  unga  tenglashtiriladi.  Binobarin,  murakkab 

mehnat  darajasiga  ko‘tarilgan  yoki  ko‘paytirilgan  oddiy  mehnat 

sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Murakkab  mehnatni  oddiy  mehnatga 

tenglashtirish  bozorda  individual  sarflarni  ijtimoiy  zarur  sarflariga 

tenglashtirish bilan birga sodir bo‘ladi.  

Qiymatning  mehnat  nazariyasi  tarafdorlari  –  tovar  xo‘jaligi 

sharoitida  ishlab  chiqaruvchilar  o‘rtasidagi  aloqalarni  tartibga 



98 

soluvchi,  obyektiv  qiymat  qonunini  mavjud  bo‘lishini  tan  oladi. 

Ular  fikriga  ko‘ra,  bu  qonunga  binoan  tovar  ishlab  chiqarish  va 

ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.  

Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual 

mehnat  sarflari  bilan  ijtimoiy  zarur  mehnat  sarflari  o‘rtasidagi 

farqqa  bog‘liq  holda  tabaqalashtiradi,  sarflarni  kamaytirgan  ishlab 

chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi va iqtisodiy resurslar hamda ishchi 

kuchining  tarmoqlar  va  sohalar  bo‘yicha  taqsimlanishini  tartibga 

solib  turadi.  Masalan,  eng  yuqori  mehnat  unumdorligiga  erishgan 

ishlab  chiqaruvchilar  o‘z  tovarlarini  ijtimoiy  zarur  sarflaridan 

kamroq,  lekin  ayrim  individual  sarflaridan  yuqori  narxlarga 

sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin.  

Qiymat qonuni muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaradi. 

Bular:  tovar  ishlab  chiqaruvchilarni  tartibga  solish;  mehnat 

unumdorligi  o‘sishini  rag‘batlantirish;  ishlab  chiqaruvchilarni 

ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan tabaqalashtirish. 

Qiymat  qonunining  tartibga  solib  turuvchi  vazifasi  raqobat 

kurashi  natijasida  bozor  narxlarining  stixiyali  ravishda  tebranib, 

ularning  ijtimoiy  qiymatdan  farq  qilib  turishidan  iborat.  Tovar 

narxining  ijtimoiy  qiymatidan  chetga  chiqish  shart-sharoitlari 

quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:  

 

Talab = taklif,  bo‘lsa  



narx = qiymat 

Talab > taklif,   bo‘lsa  

narx > qiymat  

Talab < taklif,   bo‘lsa  

narx < qiymat  

 

Shunday  qilib,  tovarlar  narxining  ular  qiymatidan  farq  qilishi 



tovar  ishlab  chiqaruvchilarning  xohishi  bilan  sodir  bo‘lmay,  balki 

obyektiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida ro‘y beradi.  

Qiymat qonunining resurslarni taqsimlashni tartibga solib turish 

vazifasi  shundan  ko‘rinadiki,  jamiyatda  mavjud  bo‘lgan  iqtisodiy 

resurslar  foyda  normasi  past  bo‘lgan  tarmoqlardan  uning  normasi 

yuqori bo‘lgan boshqa tarmoqlarga to‘xtovsiz o‘tib turadi.  

Neoklassik nazariyada tovar nafliligiga ustuvorlik beriladi. Ular 

fikricha  xaridor  tovar  qiymatini  uning  nafliligidan  izlaydi.  Italyan 

iqtisodchisi  F.  Galiani  (1728  –  1787)  nazariy  tasavvuricha  eng 

yuqori  naflilikka  ega  bo‘lgan  tovarlar  masalan,  oziq  -  ovqat 




99 

mahsulotlari shunday yuqori qiymatga ham ega bo‘lishi zarur. Biroq 

klassik  iqtisodiy  nazariyada  A.  Smit  bunday  o‘zaro  bog‘liqlik 

haqiqatga  to‘g‘ri  kelmasligini  qayd  qilgan.  Uning  qarashi  “Smit 

paradoksi” nomini olgan: agar buyumning qiymati uning nafliligiga 

bog‘liq  bo‘lsa,  nima  uchun  normal  sharoitda  eng  yuqori  nafli 

samaraga  ega  bo‘lgan  ne’matlar  (non,  suv,  sut)  inson  uchun  juda 

nisbiy  naflilikka  ega  bo‘lgan  qimmatliklar  (brilliant)ga  qaraganda 

past  baholanadi.  XIX  asr  oxirlarida  bir  qator  iqtisodchilar  (U. 

Djevons, A. Marshall, К. Menger, F. Vizer, E.fon Bem. Bavrek, L. 

Valras) mazkur muammoning nazariy yechimini keyingi qo‘shilgan 

miqdor nafliligi tushunchasini kiritish orqali topishga harakat qiladi. 

Bu tushunchaga ko‘ra, moddiy boyliklar qiymati aniq olingan inson 

uchun  ularning  foydalilik  darajasi  bilan  aniqlanadi.  Bunda  gap 

foydali  bo‘lishning  umumiy  miqdori  to‘g‘risida  emas,  balki 

ne’matning qo‘shilgan miqdori nafliligi haqida ketadi. 

Yuqorida  qarab  chiqqanimizdek,  qiymatning  mehnat  naza-

riyasiga  ko‘ra,  mehnat  sarflarining  ijtimoiy  zaruriy  darajasi  faqat 

bozorda,  ayriboshlashda  yuzaga  chiqadi.  Qiymat  faqat  bozorda 

almashuv qiymat ko‘rinishida o‘zining ifodalanish shaklini oladi. U 

ishlab  chiqarishda  yaratiladi,  bozorda  esa  namoyon  bo‘ladi.  Shu 

yerda  qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  nazariyotchilari  qarashlari  bilan 

qarama-qarshilik  paydo  bo‘ladi.  Uning  mohiyati  nimadan  iborat? 

Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga 

ketadigan  sarflarni  ijtimoiy  zaruriy  mehnat  sarflari  sifatida 

baholashi natijasida emas, balki mazkur tovar xaridor uchun foydali 

samaraga ega bo‘lishi sababli ro‘y beradi.  

Кishilar  tomonidan  juda  xilma-xil  iqtisodiy  ne’matlar  (hamda 

xizmatlar)  ularni  ishlab  chiqarishga  ijtimoiy  zaruriy  mehnat 

sarflanganligi  uchun  emas,  balki  ushbu  ne’matlar  naflilikka  ega 

bo‘lishi  sababli  qadrlanadi  va  u  yoki  bu  tovarni  ishlab  chiqarishga 

mehnat  sarflari  faqat  shu  sababli  amalga  oshiriladiki,  kishilar  aniq 

nafliliklarga  ehtiyoj  sezadi.  U  yoki  bu  mehnat  sarflarining  ijtimoiy 

zarurligi  kim  tomonidan  yoki  nima  bilan  aniqlanadi?  Oddiy  qilib 

bozor tomonidan! - deb, javob berish to‘g‘ri, lekin bu juda umumiy 

javob.  Кeyingi  qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  nazariyasi  tarafdorlari 

fikrlariga  ko‘ra,  “faqat  tovarning  nafliligi,”  “mehnat  sarflariga” 

ijtimoiy zaruriy deb nomlanadigan xarakter berishi mumkin.  




100 

Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning 

mehnat nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol 

qiymatlarini  yoki  nafliliklarni  hisobga  olish  muammosi  bilan 

bog‘liq.  

Кeyingi  qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  nazariyasi  tarafdorlari, 

naflilikning  ikki  turini  ajratib  ko‘rsatish  zarur  deb  hisoblaydi.  a) 

tug‘ma foydalilik, ya’ni ne’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarni 

qondirish  layoqati;  b)  aniq  foydalilik,  bu  ne’mat  mazkur  nusxasi 

foydaliligining subyektiv bahosini bildiradi. Bu subyektiv baho ikki 

omilga  bog‘liq;  mazkur  ne’matning  mavjud  zaxirasi  va  unga 

bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik darajasi. 

Кeyingi  qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  nazariyasi  tarafdorlari 

subyektiv  foydalilik  miqdorini  hisoblashda  G.Gossen  qonunidan 

foydalanadi  (nemis  iqtisodchisi,  1810  –  1858  y).  Bu  qonunga 

binoan,  ehtiyoj  qondirilib  borilishi  bilan  «to‘yinganlik  darajasi» 

o‘sadi,  aniq  qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  esa  tushadi  («zaruriy 

ehtiyoj»  darajasi).  Bu  mazkur  ehtiyojni  qondiruvchi  har  bir 

navbatdagi  qo‘shimcha  ne’mat  oldingisiga  qaraganda  kamroq 

naflilikka  ega  bo‘lishini  bildiradi,  ne’matlar  zaxirasi  cheklangan 

bo‘lganda  esa  uning  «zaruriy  ehtiyojini»  qondiruvchi  keyingi 

nusxasi  mavjud  bo‘ladi.  Bundan  shunday  xulosa  kelib  chiqadiki, 

mazkur  turdagi  ne’mat  qiymati,  eng  zarur  ehtiyojni  qondiruvchi 

keyingi nusxaning nafliligi bilan aniqlanadi. 

Tovarlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning har birligi qadr - qiymati 

shunchalik kam bo‘ladi. Ne’matning umumiy iqtisodiy qadr-qiymati 

uning  qo‘shilgan  miqdori  nafliligi  va  umumiy  miqdorning 

ko‘paytmasiga  teng  keladi.  Qandaydir  ne’mat  birligining,  qadr- 

qiymati aynan shu birlikning muhimlik darajasi bilan aniqlanadi. 

Yangi  klassiklar  naflilikning  pasayib  borish  qonunini  ham 

aniqlaydiki,  unga  ko‘ra  iste’mol  qilingan  ne’matning  navbatdagi 

birligi nafliligi pasayib boradi (oldingisiga qaraganda). 

Кeyingi  (qo‘shilgan  miqdor)  naflilik  –  bu  talab  narxi,  ishlab 

chiqarish xarajatlari esa taklif narxidir. Agar qaysidir tovar bozorida 

uning  taklifi  talabdan  ortiq  bo‘lsa,  bunda  narx  qonuniy  ravishda 

tushadi. Aksincha talabning taklifdan ortishi tovar narxini yuqoriga 

ko‘taradi, taqchillik ne’matlar kamyobligini kuchayishini anglatadi, 

uning keyingi birligi nafliligi esa ortadi. 




101 

Qiymat  va  narx  nazariyasida  yangi  yo‘nalishni  boshlab  bergan 

kishi,  mashhur  ingliz  iqtisodchisi  A.Marshall  hisoblanadi.  U 

qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  nazariyasining  bir  tomonlama  yonda-

shuvga asoslanganligini qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishida 

ko‘rdi. A.Marshall keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasini, 

talab  va  taklif  hamda  ishlab  chiqarish  xarajatlari  nazariyasi  bilan 

bog‘lashga harakat qildi. 

A.Marshallning  tovar  qiymati  nima  bilan  aniqlanishini  bilishda 

qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  va  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  sintez 

qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Yangi 

klassiklarning qiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini 

yaratishga  urinishdan  chekinish  xususan  A.Marshall  ishlari  bilan 

bog‘liq.  Bunday  yagona  manba,  masalan,  klassiklar  nazariyasida 

mehnat,  marjinalistlarda  qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  hisoblanadi. 

A.Marshall  nazariyasida  esa  qiymat  va  narx  ham  talab  (qo‘shilgan 

miqdor  nafliligi)  va  ham  taklif  (tovar  ishlab  chiqarish  xarajatlari) 

tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro ta’siri orqali aniqlanadi. 

A.Marshall  fikricha,  tovar  qiymati  teng  darajada  keyingi 

qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  va  ishlab  chiqarish  xarajatlari  bilan 

aniqlanadi.  Shunday  qilib,  A.Marshaldan  boshlab  iqtisodiyot 

nazariyasida qiymatning tub asosini qidirib topishdan chekinish ro‘y 

beradi  va  funksional  tahlilga,  ya’ni  bir  vaqtda  narx  va  talab  – 

takliflarning o‘zaro ta’sirini aniqlashga o‘tildi. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish