O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 O‘zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

3. O‘zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari 

 

Davlatning  ijtimoiy  siyosati  tegishli  markazlashgan  daro-



madlarni tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni 

budjet  tizimi  orqali  aholi  turli  guruhlari  o‘rtasida  qayta 

taqsimlashdan  iborat.  Davlat  daromadlarini  qayta  taqsimlashda 

ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish (masalan, 

fermerlarga  narxlarni  kafolatlash)  va  ish  haqining  eng  kam 

darajasini  belgilash  usullaridan  foydalanadi.  Bundan  ko‘zlangan 

“...maqsad  –  iqtisodiyot  va  ijtimoiy  sohadagi,  eng  muhimi, 

odamlarning hayot darajasidagi jiddiy tafovutni bartaraf etishdir”

 139



                                                           



139

  Mirziyoyev  Sh.M.  Tanqidiy  tahlil,  qat’iy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  -  har  bir  rahbar 

faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: «O‘zbekiston», 2017, 14-yanvar. 22-bet. 

 



575 

O‘zbekistonda  davlatning  ijtimoiy  siyosatini  amalga  oshirish 

maqsadlaridan  kelib  chiqib,  budjetning  ijtimoiy  yo‘naltirilganlik 

tavsifi  saqlab  qolinadi.  Davlat  budjeti  xarajatlar  qismining  60 

foizdan ortig‘i ijtimoiy ehtiyojlarni moliyalashtirishga qaratiladi. 

Ijtimoiy  to‘lovlar  –  kam  ta’minlanganlarga  pul  yoki  natural 

yordam  ko‘rsatishga  qaratilgan  tadbirlar  tizimi  bo‘lib,  bu  ularning 

iqtisodiy  faoliyatda  qatnashishi  bilan  bog‘liq  bo‘lmaydi.  Ijtimoiy 

to‘lovlarning  maqsadi  jamiyatdagi  munosabatlarni  insonparvar-

lashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi. 

Aholi  real  daromadlari  darajasiga  inflatsiya  sezilarli  ta’sir 

ko‘rsatishi  sababli  daromadlarni  davlat  tomonidan  tartibga 

solishning  muhim  vazifasi  iste’molchilik  tovarlariga  narxning 

o‘sishini  hisobga  olish  va  daromadlarni  indeksatsiyalash,  ya’ni 

nominal  daromadlarni  narxlar  o‘sishiga  bog‘liqlikda  oshirib  borish 

hisoblanadi. 

Shaxsiy  daromadni  himoya  qi-

lishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning 

muhim  yo‘nalishi  aholining  ijtimoiy 

himoyaga 

muhtoj 

qatlamlarini 

qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. 

Amaliy 


hayotda 

qashshoqlikning o‘zi hayot kechirish 

minimumi yordamida aniqlanadi. Bu 

ijtimoiy  va  fiziologik  minimumda 

ifodalanadi.  Ijtimoiy  minimum  jismoniy  ehtiyojlarni  qondirishning 

eng  kam  me’yori  bilan  birga  ijtimoiy  talabning  eng  kam 

xarajatlarini  ham  o‘z  ichiga  oladi.  Fiziologik  minimum  esa  faqat 

asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko‘zda tutadi. 

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy 

yordamiga  muhtoj  qismini  aniqlashda  turli  xil  mezonlar  asos  qilib 

olinadi.  Ular  jumlasiga  daromad  darajasi,  shaxsiy  mol-mulki 

miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi. 

Ijtimoiy  siyosat  –  bu  davlatning  daromadlar  taqsimotidagi 

tengsizlikni  yumshatishga  va  bozor  iqtisodiyoti  qatnashchilari 

o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir. 



576 

Respublikada  bozor  munosabatlariga  o‘tish  davrida  ijtimoiy 

siyosat  aholini  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash  va  himoya  qilishga 

qaratiladi hamda alohida yirik yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. 

Aholini  ijtimoiy  himoyalash  chora-tadbirlari  tizimidagi  eng 

asosiy  yo‘nalish  –  bu  narxlar  erkinlashtirilishi  va  pulning 

qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning 

eng  kam  va  o‘rtacha  darajasini  muntazam  oshirib  borish 

hisoblanadi.  Bunda  respublikaning  o‘ziga  xos  yondashuvi  ishlab 

chiqilib,  daromadlar  nisbatini  o‘zgartirish,  ish  haqi,  pensiyalar, 

stipendiyalarning, 

jamg‘arma 

banklardagi 

aholi 


omonatlari 

stavkalarining  eng  oz  miqdorini  bir  vaqtning  o‘zida  qayta  ko‘rib 

chiqish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi.  Daromadlar  nisbatini 

o‘zgartirishda respublikada joriy etilgan yangi yagona ta’rif setkasi 

katta  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Bu  barcha  toifadagi  xodimlarning 

mehnat  haqi  miqdorlarini  tarif  koeffitsiyentlari  orqali,  eng  kam  ish 

haqi vositasi bilan bevosita o‘zaro bog‘lash imkonini berdi.  

Aholini  ijtimoiy  himoyalashning  ikkinchi  yo‘nalishi  ‒  ichki 

iste’mol  bozorini  himoya  qilish  hamda  oziq-ovqat  mahsulotlari  va 

nooziq-ovqat  mollari  asosiy  turlari  iste’molini  muayyan  darajada 

ushlab  turish  hisoblanadi.  Bunga  erishishda  muhimi  mahsulotlar 

eksportini  bojxona  tizimi 

orqali  nazorat  qilish  va 

ularga 


yuqori 

boj 


to‘lovlari 

joriy 


etish, 

kundalik  zarur  tovarlarni 

me’yorlangan 

tarzda 


sotishni tashkil qilish kabi 

tadbirlar katta ahamiyatga 

ega  bo‘ldi.  Milliy  valuta 

joriy  etilishi  bilan  oziq-

ovqat 

mahsulotlarini 



me’yorlangan  tarzda  sotishdan  voz  kechish  erkin  narxlarga  o‘tish 

imkoniyatini yaratadi.  

Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga 

oshirishning uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta’minlangan taba-

qalarini  ijtimoiy  himoyalash  va  qo‘llab-quvvatlash  borasida  kuchli 

chora-tadbirlar  o‘tkazilganligi  bo‘ldi.  Bu  yo‘nalishda  aholining 




577 

ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari ‒ pensionerlar, nogironlar, ko‘p 

bolali  va  kam  daromadli  oilalar,  ishsizlar,  o‘quvchi  yoshlar  hamda 

qayd  etilgan  miqdorda  daromad  oluvchi  kishilar  turli  xil  yo‘llar 

bilan himoya qilib boriladi. 

Yalpi  ijtimoiy  himoyalash  tizimidan  ishonchli  ijtimoiy 

kafolatlar  va  aholini  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash  tizimiga  izchillik 

bilan o‘tish – ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda, ijtimoiy himoya 

vositasini  kuchaytirishda  sifat  jihatdan  yangi  bosqich  boshlashini 

bildiradi.  

Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan 

rioya qilishga asoslanib, ijtimoiy ko‘maklashishning mavjud usulla-

rini va pul bilan ta’minlash manbalarini tubdan o‘zgartirishni taqozo 

etadi.  Bu  siyosat  ijtimoiy  himoya  aniq  maqsadi  va  aholining  aniq 

tabaqalarini qamrab olishni ko‘zda tutadi. Yordam tizimi faqat kam 

ta’minlangan  va  mehnatga  layoqatsiz  fuqarolarga  nisbatan  qo‘lla-

nilib, shu maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat 

jamoalari,  turli  tashkilot  hamda  jamg‘armalarning  mablag‘laridan 

ham foydalaniladi. 

Ijtimoiy  ko‘maklashishning  yangi  tizimida  bolalar  va  kam  da-

romadli oilalar yordamdan bahramand bo‘luvchilar hisoblanib, ular 

uchun  hamma  nafaqa  va  moddiy  yordamlar  faqat  mahalla  orqali 

yetkazib  beriladi.  Shu  maqsadda  mahallalarda  budjet  mablag‘lari, 

korxona  va  tashkilotlar,  tadbirkorlik  tuzilmalari  va  ayrim  fuqaro-

larning  ixtiyoriy  o‘tkazgan  mablag‘lari  hisobidan  maxsus  jamg‘ar-

malar hosil qilindi. 

Ijtimoiy  ko‘maklashishning  yangi  tizimi  mehnatga  rag‘bat-

lantiradigan  omillar  va  vositalar  yangi  tuzilmasi  paydo  bo‘lishini 

ham taqozo qiladi. 

Respublika  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyev  qayd  qilib  o‘tganidek: 

“...islohotlarning  asosiy  maqsadi 

  aholi  uchun  munosib  hayot 



darajasi va sifatini ta’minlashdir”

140


Davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy sohani rivojlantirishni ham 

o‘z  ichiga  oladi.  “Harakatlar  strategiyasi”  da  uning  ustuvor 

yo‘nalishlari sifatida quyidagilar ko‘rsatiladi: 

                                                           

140


 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar 

faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: «O‘zbekiston», 2017, 14-yanvar. 6-bet. 

 



578 

aholining  bandligi  va  real  daromadlarini  bosqichma-bosqich 

oshirish; 

aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  va  sog‘liqni  saqlash  tizimini 

takomillashtirish; 

arzon  uy-joylar  qurish  bo‘yicha  maqsadli  dasturlarni  amalga 

oshirish,  aholining  hayot  sharoitlari  yaxshilanishini  ta’minlovchi 

yo‘l-transport,  muhandislik-kommunikatsiya  va  ijtimoiy  infratuzil-

mani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish; 

ta’lim va fan sohasini rivojlantirish; 

yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. 

Shunday  qilib,  islohotlar  davrida  davlat  aholining  muhtoj 

tabaqalarini  qo‘llab-quvvatlash  bilan  birga,  o‘z  mehnat  faoliyati 

orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun 

teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish