O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


O‘zbekistonda aholi daromadlarining tarkibi (2016y.,foizda)



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

O‘zbekistonda aholi daromadlarining tarkibi (2016y.,foizda) 

27.1-jadval 

Umumiy daromadlar – jami 

100,0 

Shu jumladan: 



 

I.Birlamchi daromadlar  

79,7 

1.1). Ishlab chiqarishdan olingan daromadlar  

75,7 

a). Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar  



73,3 

-  yollanma ishchilarning ish haqi 

38,9 


mustaqil  ravishda  band  bo‘lishdan  olingan 

daromadlar  

34,4 


b).  Shaxsiy  iste’mol  uchun  o‘zida  ishlab  chiqarilgan 

xizmatlardan olingan daromadlar 

2,4 


1.2). Mol-mulkdan olingan daromadlar 

4,0 


II.Transfertlardan daromadlar  

20,3 

1.1).  Umumiy  daromadlarda,  kichik  tadbirkorlikdan 

olingan daromadlar ulushi 

 

55,2 



 

Mamlakatimizda  aholi  daromadlarining  oshib  borishi  bilan 

uning  tarkibi  o‘zgarib,  tadbirkorlik  faoliyatidan  olinayotgan 

daromad  barqaror  o‘sib  borayotgani  alohida  e’tiborga  molikdir. 

2016-yilda  ushbu  ko‘rsatkich  ulushi  55,2  foizni  tashkil  qilgan, 

boshqacha aytganda aholi daromadlarining yarmidan ko‘pi, birinchi 

navbatda,  tadbirkorlik,  kichik  va  xususiy  biznes  hisobidan 

shakllangan

134



                                                                                                                                                                                           



 

134


 O‘zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi. T. 2016-y. 55-bet.  


567 

O‘zbekistonda  yaqin  istiqbolda  ham  aholining  real  daro-

madlarini  bosqichma-bosqich  oshirib  borish  ko‘zda  tutiladi.  Bu 

quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:  

aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish; 

kam  ta’minlangan  oilalarni  va  aholining  daromadlari  bo‘yicha 

farqlanishi darajasini yanada qisqartirish; 

budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya 

va  ijtimoiy  nafaqalarning  hajmini  inflatsiya  sur’atlariga  nisbatan 

jadal miqdorda bosqichma-bosqich oshirish. 

Aholi  pul  daromadlari  darajasiga  davlat  yordam  dasturlari 

bo‘yicha  to‘lovlar  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatadi.  Bu  manbalar  hisobiga 

pensiya ta’minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi. 

Aholining  moliya-kredit  tizimi  orqali  oladigan  pul  daromadlari 

quyidagilardan  iborat:  sug‘urta  bo‘yicha  to‘lovlar;  shaxsiy  uy 

qurilishiga  va  matlubot  jamiyati  a’zolariga  bank  ssudalari;  qo‘yil-

malar bo‘yicha foizlar; aksiya, obligatsiya bahosining ko‘payishidan 

olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar; lotereya bo‘yicha 

yutuqlar;  tovarlarni  kreditga  sotib  olish  natijasida  tashkil  topadigan 

vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar 

va h.k. 

Jamiyat  a’zolari  daromadlari  darajasi  ular  turmush  farovonligi-

ning  muhim  ko‘rsatkichi  hisoblanishi  bilan  birga  alohida  shaxs-

larning  dam  olishi,  bilim  olishi,  sog‘lig‘ini  saqlashi,  eng  zarur 

ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilab beradi.  

Tabiyki, ish haqi va aholi real daromadlarining ahamiyatli dara-

jada  o‘sishi  milliy  iqtisodiyotning  barqaror  sur’atlarda  rivojlanishi 

bilan  bir  qatorda  tashqi  savdo  va  eksport  sohasidagi  faoliyatning 

samaradorligiga ham bog‘liq.  

O‘zbekistonda  aholining 

pul  daromadlari  tarkibida  ijti-

moiy  transfert  daromadlari 

2016-yilda  20,3%  ni  tashkil 

qiladi.  MDH  mamlakatlari 

ichida faqatgina Belorussiyada 

bu ko‘rsatkich nisbatan yuqori 

(18,8%), boshqa MDH davlat-

larida esa u 8% dan oshmaydi. 




568 

Aholi  turmush  darajasi  tushunchasini  ularning  hayot  kechirishi 

uchun  zarur  bo‘lgan  moddiy  va  ma’naviy  ne’matlar  bilan 

ta’minlanishi  hamda  kishilar  ehtiyojining  bu  ne’matlar  bilan 

qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin. 

Shu sababli, aholi turmush darajasi va sifatini baholashda aholi 

jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bilan bir qatorda, ular hayot 

darajasini  belgilaydigan  bir  qator  muhim  ko‘rsatkichlar  hisobga 

olinadi. Bular quyidagilar: 

yashash sharoitlari va standartlari; 

qulay va zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlanganligi; 

kishilar 

yashash 

muhiti 


rivojlanganligi 

va 


obodon-

lashtirilganligi; 

zaruriy infratuzilma mavjudligi va uning samarasi; 

aholining  sifatli  iste’mol  tovarlari,  xususan  mamlakatda  ishlab 

chiqarilgan tovarlar bilan ta’minlanganligi; 

zamonaviy ta’lim hamda sog‘liqni saqlash tizimidan bahramand 

bo‘lishi. 

O‘zbekistonda  hozirgi  paytda  barcha  oilalarning  97  foizi  o‘z 

uyiga ega, aholining 90 foizi uzoq muddat foydalaniladigan barcha 

asosiy  tovarlar  bilan  ta’minlangan,  har  uch  oiladan  biri  shaxsiy 

yengil  avtomobilga  ega,  aholi  iste’mol  mahsulotlari  bilan  yetarli 

darajada ta’minlab kelinadi

135

.  


 Кishilar  ehtiyojlarini  qondirish  darajasi  jamiyat  a’zolarining 

alohida  olgan  va  oilaviy  daromadlari 

darajasiga  bog‘liq.  Turmush  darajasini 

mamlakat  darajasida  butun  aholi  uchun 

va 

tabaqalashgan 



mikro 

darajada 

aholining  alohida  guruhi  uchun  qarab 

chiqish  mumkin.  Birinchi  yondashuv 

turli  mamlakatlarda  aholining  turmush 

darajasini  aholi  jon  boshiga  to‘g‘ri 

keladigan 

yalpi 


ichki 

mahsulot 

ko‘rsatkichi  bo‘yicha  aniqlab,  qiyosiy 

tahlil qilish imkonini beradi. 

                                                           

135


 Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan 

davom ettirish. T.: O‘zbekiston, 2013. 31, 33 betlar. 

 



569 

Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini 

taqqoslash,  iste’molchilik  budjeti  asosida  amalga  oshiriladi.  Qator 

iste’molchilik budjetlari mavjud bo‘lib, ulardan o‘rtacha oila uchun, 

yuqori  darajada  mo‘l-ko‘l  budjet,  minimal  moddiy  ta’minlanganlar 

budjeti, nafaqaxo‘rlar va aholining boshqa ijtimoiy guruhlari budjeti 

shular jumlasidandir. 

Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday 

darajasi  bilan  belgilash  mumkinki,  undan  keyin  ishchi  kuchini 

takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’min-

langanlik minimumi yoki kun kechirish darajasi, ya’ni qashshoqlik-

ning boshlanishi sifatida chiqadi.  

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  o‘rtacha  daromad  «o‘rtacha  sinf» 

deb  ataladigan  tabaqalar  daromadlari  bo‘yicha  aniqlanadi.  Bunday 

guruh  iste’molchilik  savati  to‘plamiga  uy,  avtomashina,  dala  hovli, 

zamonaviy  uy  jihozlar,  sayr  qilish  va  bolalarni  o‘qitish  imkoniyati, 

qimmatli qog‘ozlar va zebu-ziynatlar kiradi. 

O‘tkazilgan  so‘rovlarga  ko‘ra,  hozirgi  paytda  mamlakatimiz 

aholisining 50 foiziga yaqini o‘zini o‘rta toifaga mansub deb biladi. 

Holbuki,  2000  yilda  atigi  24  foiz  aholi 

o‘zini  shu  toifaga  mansub  deb 

hisoblagan

136



Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori 



ta’minlangan 

yoki  “boy”  qatlami 

mavjud  bo‘lishini  taqozo  qilib,  ularga 

aholining  yuqori  sifatli  tovarlar  xarid 

qilishga  layoqatli  bo‘lgan  juda  oz 

qatlami  kiradi.  AQSHda  aholi  bu 

qismining shaxsiy imkoniyati 8 -10 mln. dollar deb baholanadi. 

O‘zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  muvaffaqiyati, 

aholi turmush darajasi va hayot sifatini oshirish bo‘yicha erishilgan 

yutuqlar  yetakchi  xalqaro  tashkilot  hamda  ekspertlar  tomonidan 

xolisona  baholangan.  2012-yilda  Buyuk  Britaniyaning  xalqaro 

miqyosda  tan  olingan  Legatum  instituti  o‘zining  farovonlik  va 

                                                           

136


 Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan 

davom ettirish. T.: O‘zbekiston, 2013. 33 bet. 

 



570 

rivojlanish  indeksida  O‘zbekistonni  dunyo  mamlakatlari  orasida  64 

o‘ringa kiritgani e’tiborga loyiqdir. 

O‘zbekiston  ijtimoiy  farovonlik,  jumladan,  umr  ko‘rish  davo-

miyligi,  oilalarning  tinchligi  va  osoyishtaligi,  ishsizlik  darajasining 

pastligi, ijtimoiy infratuzilmadan foydalanish darajasi bo‘yicha ham 

jahon hamjamiyatida havas qilarli o‘rinni egallab turibdi

137


 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish