O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

5. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish 

samaradorligi 

 

Tadbirkorlik  kapitali  tarkibida  asosiy  kapital,  belgilovchi  rol 



o‘ynaydi.  Uning  miqdor  va  sifat  jihatdan  o‘sishi,  takomillashib 

borishi  ishlab  chiqarishning  yuksak  texnika  darajasini  ta’minlaydi 

va shu asosda samaradorligini o‘stiradi. 

Asosiy  kapitalning  miqdor  jihatdan  o‘sishi  unga  qo‘yiladigan 

investitsiyalar  hajmiga,  sifat  jihatdan  takomillashishi  esa  uning 

tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.  

Asosiy  kapitalning  tarmoq  tarkibi  ularning  ayrim  tarmoqlar 

bo‘yicha  taqsimlanishi  va  kapitalning  umumiy  qiymatida  har  bir 

tarmoqning  ulushi  bilan  tavsiflanadi.  Agar  asosiy  kapital  tarkibida 

ko‘proq  texnika  taraqqiyoti  va  ishlab  chiqarish  samaradorligini 

belgilaydigan  tarmoqlarning  ulushi  oshsa,  ularning  tarmoq 

tarkibining yaxshilanganligini bildiradi. 

Asosiy  kapitalning  turlari  bo‘yicha  tarkibi  ularning  umumiy 

qiymatida, har bir turlarining hissasi va nisbati bilan tavsiflanadi. 

Asosiy kapitalning ayrim turlari ishlab chiqarishda o‘z ishtiroki 

bo‘yicha  bir  xil  rol  o‘ynamaydi.  Agar  binolar  asosan  ishlab 

chiqarish jarayonining bir me’yorda borishini ta’minlab mehnatning 

umumiy  sharoitini  tashkil  qilib,  ishlab  chiqarish  samaradorligiga 

bilvosita  ta’sir  ko‘rsatsa  mehnat  qurollari  (ish  mashinalari, 

uskunalar  va  boshqalar)  ishlab  chiqarish  jarayonida  faol  rol 

o‘ynaydi  va  ishlab  chiqarish  samaradorligiga  bevosita  ta’sir 

ko‘rsatadi. 




286 

Asosiy  kapitalning  mulk  shakllari  bo‘yicha  tarkibi,  kapitalning 

umumiy qiymatida har bir mulk shaklining ulushi bilan tavsiflanadi. 

Respublikamizning  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishi,  davlat  mulkini 

uning  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  natijasida  asosiy 

kapitalning mulk tarkibida davlat mulkining ulushi kamayib, boshqa 

mulkchilik shakllari va shu jumladan, xususiy mulkning ulushi ortib 

boradi.  

Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish asosiy kapital eskirishi, 

amortizatsiya jarayoni va amortizatsiya fondidan mehnat vositalarini 

jismoniy shaklda tiklash uchun foydalanishga tayanadi. 

Mehnat  vositalari  jismoniy  eskirishining  ikki  shakli  mavjud: 

ulardan foydalanish jarayonida va harakatsiz turish natijasida, tabiiy 

kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirish. 

Mehnat  vositalari  ishlab  chiqarish  jarayonida  foydalanish 

natijasida  jismoniy  eskirganda,  ular  texnik,  ishlab  chiqarish 

xossasini  va  iste’mol  qiymatini  asta-sekin  yo‘qotib  boradi.  Ayni 

vaqtda  asosiy  kapital  tabiiy  kuchlarning  ta’sirida  jismoniy  eskirishi 

ham  mumkin.  Bunday  eskirish  qiymati  qoplanmaydi  va  uning 

yo‘qotilishni  bildiradi.  Bu  yo‘qotish  asosiy  kapitalning  harakatsiz 

turish natijasidagi eskirishiga teng bo‘ladi.  

Mehnat  vositalari  jismoniy  eskirish  bilan  birga  ma’naviy 

jihatdan  ham  eskiradi.  Ma’naviy  eskirishning  ikki  xil  turi  mavjud 

bo‘lib, u bir-biridan farq qiladi. 

Ma’naviy  eskirishning  birinchi  turi  mehnat  vositalari  tayyor-

lanadigan  tarmoqlarda  mehnat  unumdorligi  oshganligi  natijasida 

ular  qiymatining  pasayishida  ifodalanadi.  Bu  ishlab  turgan 

uskunalarni  yangilari  bilan  almashtirishni  zarur  qilib  qo‘ymaydi, 

chunki ishlab turgan va yangi uskunalarning texnika darajasi bir xil 

bo‘lib  qolaveradi.  Biroq  ancha  past  qiymatga  ega  bo‘lgan  mehnat 

vositalarining  keng  qo‘llanishi  shunga  olib  keladiki,  ilgari  sotib 

olingan mehnat vositalari qiymatining bir qismi yo‘qoladi. Masalan: 

agar  oldin  bironta  uskuna  bir  million  so‘mga  olib  kelib  o‘rnatilgan 

bo‘lsa,  bu  yil  uni  700  ming  so‘mga  sotib  olish  mumkin  bo‘ladi. 

Shunda oldingi uskunaga sarflangan qiymatning 30 foizi yo‘qoladi.  

Ma’naviy  eskirishning  ikkinchi  turida  ancha  mukammal  va 

unumli  mashinalarning  ishlab  chiqarishga  kirib  kelishi  bilan  ilgari 

o‘rnatilgan  mehnat  vositalaridan  foydalanish  maqsadga  muvofiq 




287 

bo‘lmay  qoladi  va  natijada  ular  yangilari  bilan  almashtiriladi. 

Ma’naviy eskirishdan ko‘riladigan zararning oldini olishning asosiy 

yo‘li mehnat qurollaridan ancha samarali foydalanish hisoblanadi. 

Amortizatsiya  va  uning  normasi.  Asosiy  kapitalni  takror  ishlab 

chiqarish  uchun  qilingan  xarajatlarning  bir  qismi  amortizatsiya 

fondi  yordamida  qoplanadi.  Amortizatsiya  asosiy  kapital  eskirib 

borishiga  qarab,  uning  qiymatini  asta-sekin  ishlab  chiqarilgan 

mahsulotga o‘tkazish, keyinchalik ularni qayta tiklash maqsadlarida 

mahsulot  qiymatining  amortizatsiya  miqdoriga  teng  qismini 

jamg‘arish  jarayonidan  iborat.  Asosiy  kapitalning  eskirishi  bilan 

amortizatsiya 

o‘rtasida 

mustahkam  aloqa  bor.  Bi-

roq  bular  bir  xil  tushun-

chalar  emas.  Eskirish  meh-

nat 

vositalaridan 



foy-

dalanish  vaqtida  ularning 

texnik-ishlab 

chiqarish 

xossalarini 

asta-sekin 

yo‘qotish  jarayonini  aks 

ettiradi. 

Amortizatsiya 

ancha murakkab jarayon bo‘lib, iste’mol qilingan mehnat vositalari 

qiymatini  ularning  eskirishiga  muvofiq  ravishda  mahsulotga 

o‘tkazish,  iste’mol  qilingan  mehnat  vositalarining  o‘rnini  qoplash 

maqsadida  pul  fondini  jamg‘arish  jarayonini  aks  ettiradi.  Shunday 

qilib, eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir. 

Amortizatsiya 

normasi 


amortizatsiya 

ajratmalari 

yillik 

summasining  shu  asosiy  kapital  qiymatiga  nisbatan  aniqlanadi  va 

foizda  ifodalanadi.  Amortizatsiya  ajratmalarining  umumiy  normasi 

asosiy 


kapitalni 

takror 


ishlab 

chiqarishning 

o‘ziga  xos 

xususiyatlariga  muvofiq  ravishda  ikki  qismdan  iborat  bo‘ladi:  bir 

qismi  asosiy  kapitalni  to‘liq  qoplashga  (qayta  tiklashga),  ikkinchisi 

ularni qisman qoplashga (kapital remont qilishga) mo‘ljallanadi. 

Amaliyotda  umumiy  yillik  amortizatsiya  normalarini  (An) 

belgilashda: asosiy kapital qiymati (Kas), asosiy kapitalning harakat 

qilish  muddati  davomida  kapital  ta’mirlash  uchun  sarflar,  (Ts) 

eskirgan  mehnat  vositalarini  tugatishdan  olingan  mablag‘  (To)  va 

shu vositaning xizmat davri (Xd) hisobga olinadi:  



288 

                                     Kas + Ts - To 

                          An = ---------------------- x 100 

                                              Xd 

Amortizatsiya  normalari  mehnat  vositalari  jismoniy  va 

ma’naviy  eskirishining  haqiqiy  miqdorini  aks  ettirishi  kerak. 

Oshirilgan  normalar  mahsulot  tannarxini  sun’iy  ravishda  oshirib 

yuboradi, pasaytirilgan normalar esa asosiy kapital tiklanish davrini 

kechiktiradi va shu tariqa texnika taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladi.  

Asosiy  kapitaldan  foydalanish  samaradorligining  oshishi, 

avvalo,  qo‘shimcha  kapital  mablag‘  sarfalanmasdan  mahsulot 

hajmini ko‘paytirishda o‘z ifodasini topadi.  

Bir  tomondan,  milliy  mahsulot  yoki  milliy  daromadning  o‘sish 

sur’atlari bilan, ikkinchi tomondan, asosiy kapitalning o‘sish sur’at-

lari o‘rtasidagi nisbat milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan 

foydalanish samaradorligining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi bo‘lib 

xizmat qiladi. 

Asosiy  kapitaldan  foydalanish  samaradorligi  ishlab  chiqarilgan 

mahsulot  hajmi  bilan  asosiy  kapital  qiymati  o‘rtasidagi  aloqani  aks 

ettiradi, u o‘zaro bog‘langan ikki ko‘rsatkich  kapitaldan olinadigan 

samara  (Кs)  va  mahsulotning  kapital  sig‘imi  (Кsig)  ko‘rsatkichlari 

bilan  ifodalanadi.  Milliy  iqtisodiyot  miqyosida  asosiy  kapitaldan 

olinadigan  samara  darajasi  ishlab  turgan  asosiy  kapitalning  har  bir 

so‘miga  to‘g‘ri  keladigan  yalpi  ichki  mahsulot(YaIM)  yoki  milliy 

daromad(MD)ni,  kapital  sig‘imi  darajasi  esa  ishlab  chiqarilgan 

milliy  daromad  yoki  yalpi  ichki  mahsulotning  bir  so‘mi  hisobiga 

asosiy kapital qiymatining to‘g‘ri kelishini tavsiflab beradi: 

 

 



 


289 

Кorxona  miqyosida  kapitaldan  olinadigan  samara  darajasi 

asosiy  kapitalning  bir  so‘mi  evaziga  korxona  ishlab  chiqaradigan 

mahsulot  miqdori  (M)  bilan,  kapital  sig‘imi  esa  korxonada  ishlab 

chiqarilgan  mahsulotning  (M)  bir  so‘m  hisobiga  qancha  asosiy 

kapital qiymati to‘g‘ri kelishi bilan xarakterlanadi. 

 

Mehnat  vositalarining  ayrim  turlaridan  foydalanish  samara-



dorligi natural ko‘rsatkichlar yordami bilan aniqlanadi. Masalan, bir 

to‘quv  dastgohida  metr  hisobida  bir  kunda  to‘qilgan  mato,  bir 

avtomobilda bir kunda tonna hisobida tashilgan yuk va hokazo. 

Aylanma kapital harakati va samaradorligi. 

Asosiy  kapital  (fondlar)  harakati  aylanma  kapital  va  muomala 

mablag‘lari  harakati  bilan  uzviy  bog‘liq.  Shu  sababli,  aylanma 

kapital  va  aylanma  mablag‘lardan  foydalanish  samaradorligini 

aniqlash  va  uni  oshirish  omillarini  ko‘rsatib  berish  muhim 

ahamiyatga ega.  

Aylanma kapitaldan foydalanishning umumlashtiruvchi ko‘rsat-

kichi  milliy  xo‘jalik  miqyosida  mahsulotning  material  sig‘imi, 

(Msig‘)  mahsulot  yaratishda  iste’mol  qilingan  aylanma  kapital 

qiymatining  yalpi  ichki  mahsulot  (YaIM)  yoki  milliy  daromadga 

(Md) nisbati sifatida aniqlanadi: 

                  Ak 

Msig‘= ----------- 

                Md 

Кorxona  miqyosidagi  material  sig‘imi  (Msig‘  kor)  unda 

iste’mol  qilingan  aylanma  kapital  qiymatining  ishlab  chiqaradigan 

mahsulot qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi. 

                         Ak 

Msig‘ kor.= ---------- 

                          M 

Sarflangan  aylanma  kapital  birligi  hisobiga  ishlab  chiqarilgan 

mahsulot miqdori material sig‘imi ko‘rsatkichiga teskari miqdordir. 

Aylanma  mablag‘lardan  foydalanish  samaradorligi  u  bilan 

aylanma  kapital  o‘rtasidagi  nisbatga  bog‘liqdir.  Bevosita  ishlab 



290 

chiqarish  jarayonida  band  bo‘lgan  aylanma  kapitalning  salmog‘i 

qanchalik  ko‘p  bo‘lsa,  aylanma  mablag‘lardan  shunchalik  samarali 

foydalaniladi.  

Amaliyotda  aylanma  mablag‘lardan  foydalanish  samaradorligi 

ularning  aylanish  koeffitsiyenti  bilan  o‘lchanadi.  Bu  koeffitsiyent 

bir 

yil 


ichida 

sotilgan 

mahsulot 

qiymatining 

aylanma 

mablag‘larning 

o‘rtacha  yillik  summasiga  nisbati  sifatida 

aniqlanadi.  

Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (p) 

nisbati bilan aniqlanadi.  

360


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish