AQSH real milliy daromadi o‘sishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
(1929-1982yy.)
21.1-jadval
Iqtisodiy o‘sish omillari
Har bir omil
salmog‘i (%)
1. Mehnat xarajatlarining ortishi
32
2. Unumdorlikning o‘sishi
68
3. Texnika taraqqiyoti
28
4. Кapital xarajatlari
19
5. Ta’lim va professional tayyorgarlik
14
6. Ishlab chiqarish miqyosi taqozo qiladigan
tejash
9
7. Resurslarni taqsimlashning yaxshilanishi
8
In
v
esti
ts
io
n
to
v
ar
lar
ўз
g
ар
иш
Ин
v
ес
ти
ци
ял
ар
ни
нg
5
м
лр
d
. сў
м
g
а
кў
пай
иш
и
со
ф
м
ил
ли
й
ма
h
су
ло
тн
ин
g
20
м
лр
d
. сў
м
м
иqd
ор
g
а
ўси
ши
g
а
ол
иб к
ел
са
м
ул
ти
пл
ик
ат
ор
са
м
ар
ас
и
4
g
а
(2
0:5
)
тен
g
бґ
ўл
аd
и.
=
=
х
ёки
2
0=4
х
5
рл
ар
398
8. Qonunchilik – muassaviy va boshqa omillar
-9
Jami
100
Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni to‘xtatib turuvchi omillar
ham mavjud bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiruvchi asosiy omillar quyidagilar:
mehnat muhofazasi;
atrof-muhitning ifloslanishi;
ekologik muammolar;
ishlovchilar mehnat sharoitini yaxshilash;
xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish;
tabiiy ofatlar va favqulodda ro‘y beradigan iqtisodiy-siyosiy
o‘zgarishlar.
Кeyingi yillarda Respublikada davlat tomonidan atrof-muhit
ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash
va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar
amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur’atiga
so‘zsiz salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga
oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat
unumdorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar boshqa
tomonga jalb qilinadi.
3. Iqtisodiy o‘sish modellari. Iqtisodiy taraqqiyotda
innovatsiyalarning o‘rni
Iqtisodiy
o‘sishning
barcha
modellari
«ishlab
chiqarish funksiyasi» kabi
mahsulot chiqarish hajmi va
sarf qilingan iqtisodiy resurs-
lar
miqdori
o‘rtasidagi
bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Shundan kelib chiqib, iq-
tisodiy o‘sishning ko‘pchilik
modellarida ishlab chiqarish
real hajmining ko‘payishi ishlab chiqarish asosiy omillari – mehnat
(L) va kapital (К) miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘lanadi.
Yalpi talab, yalpi taklif modeli
399
E.Domar modeli - Bu model mehnat bozorida ortiqcha taklif
mavjud bo‘lishi, narx darajasining doimiy taqozo qilishini va
mahsulot chiqarish hajmi faqat yagona resurs – kapital miqdoriga
bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra investitsiyalarning o‘sish
sur’ati iqtisodiyotda talab va taklif ko‘payishining asosiy omili
bo‘lib xizmat qiladi.
R.F.Xarrod modeli ‒ bu modelga «tabiiy» o‘sish sur’ati
tushunchasi kiritiladi. Bu faol aholi soni ko‘payishi va texnika
taraqqiyoti natijasida kelib chiqadigan o‘sish sur’ati bo‘lib, u
mehnat va kapital omillarining to‘liq bandligini ta’minlaydi.
R.Solou modelida ‒ ishlab chiqarish omillarining o‘zaro o‘rnini
bosish mumkinligi hisobga olinadi. Bu modelda iqtisodiy tahlilning
asosiy shart-sharoitlari: kapital keyingi unumdorligining pasayib
borishi, ishlab chiqarish miqyosidan olinadigan samara va kapital
xizmat qilish davrining doimiyligi kabilar hisoblanadi.
Hozirgi globallashuv iqtisodiy o‘sish va umuman iqtisodiy
taraqqiyotning muhim omili innovatsiyalar hisoblanib, u YaIMning
miqdoriy ortishi va sifatining yaxshilanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Innovatsiya so‘zi (lotincha -innovationem) mazmunan “o‘zgar-
tirish” yoki “zamonaviylashtirish” degan ma’noni anglatib, bir
tomondan ishlab chiqarish jarayonini boshqa tomondan uning
pirovard natijasi hisoblangan mahsulotning yangilanishini bildiradi.
Avstriya iqtisodchisi I.Shumpeter innovatsiya tushunchasini
ilmiy atamashunoslikka kiritib, unga “beshta odatiy o‘zgarish”
sifatida tavsif beradi. Bular:
‒ yangi mahsulotni joriy qilish;
‒ ishlab chiqarishning yangi
usullarini qo‘llash;
‒ yangi bozorlarning ochilishi;
‒ xomashyo va yarim fab-
rikatlar yangi manbalari topilishi;
‒ ishlab chiqarishni tashkil
qilishdagi yangi o‘zgarishlar.
Shunday ekan innovatsiya,
Y.Shumpeter fikricha, ishlab chi-
qarish sharoitlarini yangicha uyg‘unlashtirish.
400
Xalqaro standartlarga ko‘ra innovatsiya, innovatsion faoliyat-
ning natijasi sifatida aniqlanadi.
Aytilgan yondashuvlarni umumlashtirib innovatsiyani quyidagi
tarkibda qayd qilish mumkin:
innovatsiya – yangi mahsulot va xizmat;
innovatsiya – ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi usullari
va yangi texnologik jarayonlar.
Innovatsion jarayon – innovatsiyalarning yaratilishi, o‘zlashti-
rilishi va tarqalish jarayonlaridir. Boshqacha aytganda, innovatsion
jarayon – bu milliy bilimlarning innovatsiyalarga asoslanib borishi-
ning uzluksiz amalga oshadigan jarayoni.
Innovatsion jarayon o‘z ichiga har doim ikki bosqichni qamrab
oladi:
Yangi mahsulotning ishlab chiqarishga tayyor bo‘lgan andozasi
yaratilish jarayoni;
O‘zlashtirish, ishlab chiqarish va tarqatilish jarayoni. Buning
natijasida yaratilgan mahsulot innovatsiyaga aylanadi.
Innovatsiyalar bir qator mezonlar asosida turkumlanadi. Bular:
yangilikning darajasi, bozorga ta’sir ko‘rsatishi, texnik o‘lchamlari,
tarqalish sohasi, qamrab olish ko‘lami, bozordagi mavqei va h.k.
Jumladan, yangilikning darajasiga ko‘ra erali, bazisli (radikal),
yaxshilanib boruvchi innovatsiyalar farqlanadi. Erali innovatsiya-
larga dehqonchilik va chorvachilikning o‘zlashtirilishi, yozuvning
kashf qilinishi, o‘z qurollari va termoyadro qurollar kashf etilishi,
davlatlarning qaror topishi va boshqa shu kabilarni kiritish mumkin.
Bazisli innovatsiya natijasida jarayon, mahsulot yoki xizmatlarda
shunday katta o‘zgarish kashf qilinadiki, bu mavjud tarmoq yoki
bozorning butunlay transformatsiyalashuviga olib keladi. Bunga
internet tufayli elektron biznes sohasining paydo bo‘lishini misol
qilib keltirish mumkin.
Yaxshilanib boruvchi innovatsiyalar sezilarsiz, noinqilobiy
o‘zgarishlarni ifodalaydi va ancha qisqa hayot shakliga ega bo‘ladi.
Innovatsiyalar paydo bo‘lishining muhim shart-sharoiti innova-
tsion muhit hisoblanadi. Innovatsion muhit innovatsion g‘oyalarning
tug‘ilishi va amalga oshirilishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Innovatsion muhit innovatsion potensial mavjud bo‘lganda qaror
401
topadi. Innovatsion potensial turli xil resurslar (intellektual, moddiy
“moliyaviy, infratuzilmaviy”) ning yaxlitligini tavsiflaydi.
Milliy innovatsion tizim (MIT) – milliy hudud doirasida ilmiy
bilim va texnologiyalarni yaratish, ro‘yobga chiqarish va tijoratlash-
tirishga xizmat qiluvchi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tuzilmalar
majmuasidir.
MIT o‘ziga ikki tarkibiy bo‘linmani qamrab oladi: ilmiy ishlab
chiqarish va institusional. O‘z navbatida ilmiy ishlab chiqarish
tizimi a) fan va ta’lim; b) tadbirkorlik sektori; d) innovatsion
infratuzilmadan iborat bo‘ladi. Institusional muhit davlatning fan-
texnika sohasidagi faoliyatini va innovatsion siyosatini ta’minlaydi.
Innovatsion infratuzilma ishlab chiqarish – texnologik, moliya-
viy va eksport-konsalting tuzilmalardan iborat bo‘lib, quyidagilarni
o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish ‒ texnologik infratuzilma;
texnoparklar;
innovatsion – texnologik markazlar;
biznes inkubatorlar;
texnologiyalar transferi markazlari;
innovatsion –sanoat klasterlari;
maxsus iqtisodiy zonalar;
moliyaviy infratuzilma;
turli tipdagi fondlar (budjet, venchur, sug‘urta, investitsion);
xususiy investorlar;
fond bozorlari;
eksport – konsalting infratuzilma;
konsalting markazlari (moliya, investitsiya, marketing, boshqa-
ruv va h.k.);
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muassasalar (intellektual mulk,
standartlashtirish, sertifikatlash);
axborot – analitik markazlar, internet resurslar.
Innovatsion jarayonlarning jadalligi va samaradorligi davlatning
innovatsion siyosatiga bog‘liq. Davlatning bu siyosati asosan
quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
milliy
mahsulot
raqobatbardoshligini
ta’minlaydigan
innovatsion faoliyatni kuchaytirishi;
402
zamonaviy texnologiyalar asosidagi innovatsiyalarni qo‘llab-
quvvatlash;
yangi mahsulotlar va ilg‘or texnikaviy ishlanmalarga yo‘nal-
tirilgan ilmiy tadqiqot va konstruktorlik loyihalarni moliyalashtirish;
davlat tomonidan tartibga solishni bozor innovatsion mexanizm
samarali amal qilishi va intellektual mulkni himoyalash bilan
qo‘shib olib borish;
innovatsiyalar asosida rivojlanishning qonunchilik va axborot
bazasini yaratishni kengaytirish;
texnologiyalarning jahon bozoriga transfertida xalqaro innovat-
sion hamkorlik va milliy innovatsion tadbirkorlikni himoya qilishga
.
Davlatning amalga oshiradigan maqsadli innovatsion siyosati
natijasida respublikada 2020-yilda yuqori texnologik tarmoqlar
mahsuloti 31%ga o‘sib, yalpi ichki mahsulotda innovatsion
mahsulotlar ulushi 22% gacha ortishi zarur
90
.
Do'stlaringiz bilan baham: |