11.2-chizma. Davlatning qayd qilingan narxlarni o‘rnatish
orqali tabiiy monopoliya faoliyatini tartibga solishi.
Qayd qilingan narxlarni o‘rnatmaslik. Bunda davlat auksion
o‘tkazib, mahsulotning mazkur turini ishlab chiqarish huquqini
budjetga qayd qilingan to‘lovning maksimal summasini tushirish
majburiyatini olgan korxonalarga beradi. Bunda davlat narxlar va
mahsulot chiqarish hajmini to‘g‘ridan - to‘g‘ri tartibga solmaydi.
Кorxona monopolist sifatida faoliyat yuritadi, mahsulotiga narxni
darajada o‘rnatilib, ishlab chiqarishning hajmini tanlaydi.
Tabiiy monopoliyalar obyektiv shart-sharoitlarga ko‘ra ayrim
sohalarda ham qonuniy tartibda vujudga keladi va amal qiladi.
Masalan, kamyob yer osti boyliklarni qazib olishda, choy, uzumning
alohida navlarini yetishtirishda takror ishlab chiqarilmaydigan tabiiy
resurslar, jumladan alohida unumdor yer uchastkalarga egalik ishlab
chiqaruvchiga monopol mavqeini ta’minlaydi.
Davlat tabiiy monopoliyalarni tartibga solish maqsadida
ularning mahsulot(xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini,
shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy
ko‘rsatkichlarni nazorat qiladi.
Davlatning tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarini
qo‘llashidan maqsad quyidagilardan iborat:
– tabiiy monopoliyalarning sodir etishi mumkin bo‘lgan
monopol holatini suiiste’mol qilishini oldini olish;
– iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;
228
– jamiyat manfaatlari yo‘lida monopol tarmoq ishlab chiqari-
shining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.
Ushbu maqsadlarga erishish iqtisodiyotda joriy etilgan tartibga
solish usullarining qanchalik samarali ishlashini hamda har qanday
davlatda qabul qilingan nazorat qilish mexanizmlarining optimal
tashkil etilganligiga bog‘liq.
O‘zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya subyektlari
faoliyati ustidan nazorat qilishning bir qator usullari qo‘llaniladi.
Ularning huquqiy asosi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi «Tabiiy
monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonun (9-moddasi)da belgilangan
bo‘lib, «tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati ustidan davlat
nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga
oshiriladi».
O‘zbekistonda barcha monopoliyalar faoliyati ustidan nazorat
qiluvchi organ bu – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan
chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat
qo‘mitasi hisoblanadi.
Monopoliyaga qarshi davlat organlari tabiiy monopoliyalarning
quyidagi faoliyatlari ustidan nazorat qiladi:
1) tabiiy monopoliya subyekti asosiy vositalarga nisbatan mulk
huquqini yoki foydalanish huquqini qo‘lga kiritadigan bitimlar
ustidan (agar bunday asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy
monopoliya subyekti o‘z kapitali qiymatining 10 foizdan ortiq
bo‘lsa);
2) tabiiy monopoliya subyekti asosiy vositalarning bir qismiga
nisbatan mulk huquqini yoxud ularga egalik qilish va ulardan
foydalanish huquqini xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektga
o‘tkazadigan bitimlar ustidan (agar bunday asosiy vositalarning
balans qiymati tabiiy monopoliya subyekti o‘z kapitali qiymatining
10 foizdan ortiq bo‘lsa);
3) iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan tovarlar hajmi
bo‘yicha shartnomalarga rioya etilishi ustidan;
4) tovarlar narxini chiqarish hamda narxlar (tariflar)ni qo‘llash
tartibiga rioya etish ustidan;
5) tabiiy monopoliya subyektlarining tashkil etilishi, qayta
tashkil etilishi va tugatilishi ustidan.
229
Nazoratning boshqa bir xil usuli – bu tabiiy monopoliya
subyektlarining qiladigan ayrim xatti-harakatlari uchun tegishli
ruxsat olish yo‘li bilan amalga oshirilib turiladi. Ya’ni yuqorida
ko‘rsatib o‘tilganidek, agar tabiiy monopoliya subyektlari o‘zining
o‘n foizdan ortiq balans qiymatiga ega bo‘lgan asosiy vositalarini
tasarruf etish yuzasidan tuziladigan bitimlari, yoxud ularni egalik
qilish bilan bog‘liq harakatlari uchun oldindan monopoliyaga qarshi
davlat organiga tegishli axborot hamda bunday harakatlarni amalga
oshirishga rozilik so‘rab iltimosnoma taqdim etishi shart, deb
belgilab qo‘yilgan.
Agar bunday harakatlar monopoliyaga qarshi davlat organi
tomonidan muvofiq emas deb topilsa, rad etilishi ham qonunda o‘z
aksini topgan.
Bunday nazoratning o‘rnatilishidan maqsad, tovar bozorlaridagi
kompaniyalar monopol mavqeining yanada oshib ketishi, mutlaq
hukmronligiga olib kelishi, iste’molchilarning haq-huquqlariga
ziyon keltirish xavfining kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya subyektlariga
nisbatan o‘rnatilgan bunday nazorat usullari jahon amaliyotiga mos
keladi va ular tabiiy monopoliya subyektlarining o‘z ustun mavqeini
suiiste’mol qilishlarini oldini olishga, belgilangan narxlarni asossiz
oshirishlarini oldini olishga, iste’molchi manfaatlariga mos ravishda
sifatli xizmat qilishga, tovar bozorlaridagi ularning ustun mavqeni
qattiq boshqarib turishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |