Tugallanmagan ishlab chiqarish
- ishlab chiqarish jarayoniga kirgan turli
bosqichlarni o‘tayotgan hali to‘liq mahsulot holiga kelmagan materiallar.
Yarim tayyor mahsulotlar
- texnologiya jarayonlarining ayrim bosqichlarini
o‘tgan, lekin tayyor mahsulotga aylanishi uchun keyingi bitta yoki bir nechta ishlov
berish va yig’ish bosqichlarini talab qiluvchi mehnat bo’yumlari.
Kelgusi davr xarajatlari
- ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelajakdagi
mahsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash xarajatlari
(asbob-uskunalarni
qayta
rejalashtirish,
mahsulotlarning
yangi
turlarini
tayyorlashga sarflanuvchi xarajatlaryangi turdagi mahsulotlarni loyihalash,
69
tayyorlash va o‘zlashtirish, mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash xonalarini
ijaraga olish).
Muomala fondlari
korxonaning tayyor mahsulot zaxirasini yaratish uchun
mo‘ljallangan pul mablag’lari, chek va veksellar, aksiyadorlarning qarzlari, turli xil
debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi mablag’lardan iborat
bo‘ladi. Muomala fondlari va aylanma fondlari birgalikda korxonaning
aylanma
mablag’larini
tashkil qiladi.
5.2. Aylanma mablag’lardan oqilona foydalanish
Aylanma mablag’lardan quyidagi hollarda foydalaniladi:
xomashyo, material, ehtiyot qismlar hamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda,
zarur bo‘lgan mehnat predmetlari sotib oliishda;
ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinuvchi elektr energiyasi, yoqilg’i kabi
resurslar uchun haq to‘lashda;
korxonani tashkil etish va faoliyat yuritish davrida oylik ish haqi to‘lanishi;
soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashda.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari aylanma mablag’larning eng faol qismi
bo‘lsa, muomala fondlari ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi
hamda yangi iste’mol qiymatini yaratmaydi. Aylanma mablag’lar doimo aylanishda
bo‘lishi zarur, ularning samaradorligi va korxona iqtisodiga ta’siri shunda ko‘zga
tashlanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari tarkibiy qismlari yoki elementlari
o‘rtasidagi foizlarda ifodalanuvchi o‘zaro munosabatlar
aylanma ishlab chiqarish
fondlarining tuzilmasini
tashkil qiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari va
muomala fondlari o‘rtasidagi foizlardagi munosabatlar korxona
aylanma
mablag’larining tuzilmasi
deb ataladi.
Aylanma mablag’larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu
jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi.
aylanma mablag’lar pul shaklidan tovar zaxiralariga aylanadi (P - T);
70
ishlab chiqarish, ya’ni mahsulotni tayyorlash jarayoni ( T );
tovar sotiladi va yana pul shaklini oladi ( T - P) .
Aylanma mablag’lar shakllanish manbaiga ko‘ra
xususiy va qarz mablag’larga
bo‘linadi.
Xususiy aylanma mablag’lar
doimo korxona ixtiyorida bo‘lib, xususiy
resurslar, foyda hisobiga shakllanadi (ish haqi bo‘yicha qarzlar, ta’minotchilar yoki
hamkorlar qarzlari, bo’yurtmachilar to‘lagan pullar). Bu mablag’lar xususiy
mablag’larga tenglashtirilgan mablag’lar yoki korxonaning barqaror passivlari deb
ataladi.
Qarzga olingan aylanma mablag’lar
doimo harakatda bo‘lmaydi hamda
korxonaning mahsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan
ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarishni oshirish, vaqtinchalik ehtiyojlarni qoplash
uchun foydalaniladi (bank kreditlari, kreditorlik qarzlari).
Aylanma mablag’lar
me’yorlashtiriluvchi va me’yorlashtirilmaydigan
turlarga
bo‘linadi.
Me’yorlashtiriluvchi
aylanma mablag’lar- korxona omborlaridagi ishlab
chiqarish zaxiralari (xomashyo, materiallar, yoqilg’i), tugallanmagan ishlab
chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va tayyor mahsulotlar.
Me’yorlashtirilmaydigan
aylanma mablag’lar - xaridorga berib yuborilgan
tayyor mahsulotlar, hisob raqamidagi pul mablag’lari.
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish korxonaning uzluksiz ishlashini
ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin yetarli
zaxiralarini shakillantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag’larini aniqlashda
ifodalanadi. Aylanma mablag’larning me’yoriyiquyidаgi fоrmulа bilаn hisоblаnаdi:
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish korxonaning uzluksiz ishlashini
ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin yetarli
zaxiralarini shakillantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag’larini aniqlashda
ifodalanadi. Aylanma mablag’larning me’yoriyiquyidаgi fоrmulа bilаn hisоblаnаdi:
x
d
k
m
t
ich
t
z
ich
m
ay
N
N
N
N
N
.
.
.
.
.
.
.
bu yerda:
71
N
ich.z
- ishlaab chiqarish zaxiralari;
N
t.ich
- tugallanmagan ishlab chiqarish;
N
t.m
- tayyor mahsulot;
N
k.d.x
. – kelgusi davr xarajatlari.
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish va ayniqsa, moddiy resurslarni sarflash
me’yorlarini belgilashda quyidagi tamoillarga amal qilish lozim:
me’yorlarning progressivligi va dinamikligi;
me’yorning iqtisodiy va ishlab chiqarish-texnikaviy jihatdan asoslanganligi;
xomashyo, material, yoqilg’i, elektr energiyasi va boshqa resurslar o‘lchamini
to‘g’ri tanlash;
chiqit va yo‘qotishlarning oldini olish;
eskirgan me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish hamda ularni fan-texnika
taraqqiyoti yutuqlariga mos holga keltirish.
Resurslarni me’yorlashtirishda bir nechta usullar qo‘llaniladi:
o‘tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to‘g’risidagi hisobot
ma’lumotlarini o‘rganish hamda bir necha yillar davomida ro‘y bergan pasayishlarni
hisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli;
laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan hamda instrumentlar va
yordamchi materiallar sarflanishi me’yorini aniqlashda qo‘llanuvchi labaratoriya-
texnikaviy usul;
yuzaga kelgan ishlab chiqarishs haroitlaridan tashqari boshqa korxonalarning
ilg’or tajribalari va yutuqlarini ham hisobga olish imkonini beruvchi, moddiy
resurslardan foydalanishni me’yorlashtirishning mukammalroq usuli hisoblanuvchi
hisob-tahliliy usul.
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish tadbirlari ishlab chiqarish zaxiralarini
me’yorlashtirish, tugallanmagan ishlab chiqarishning optimal kattaligi, tayyor
mahsulot qoldiqlari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash bilan bog’liq vazifalarni
yechishga yordam beradi.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |