Chaqaloqlarni operatsiyaga tayyorlash.
Chaqaloqlar xirurgiyasi bo‟limiga xar xil tug‟ma kasallikli bolalarni (hazm
qilish trakti, diafragma, o‘pkalar, qorin oldingi devori va boshqalar) va yiringli
kasalliklar yotqiziladi.
Operatsiyaga bola ma‘lum operatsiya oldi tayyorgarligidan keyin olinadi.
Bunda tayyorgarlik hajmi o‘tkaziladigan operatsiya turi va og‘irligiga bog‘liq
bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, chaqaloqlar termoregulyatsiyasi to‘liq
shakllanmagan. Chaqaloqlar tez sovuq qotadi va sovuqni yomon qabul qiladi.
Shuning uchun ham operatsiya xonasida maxsus isitkichli operatsiya stoli
bo‘lmasa isitkich olib kelib operatsiya davomida bolaga qo‘yib qo‘yiladi.
Issiqlikni saqlash va sovuq qotishni oldini olish maqsadida bola oyoqlari paxta
qo‘yib bintlanadi.
Yana ma‘lumki, yuqori haroratda bola operatsiyani yomon o‘tkazadi. SHu
sababli operatsiyadan oldin bola tana haroratini o‘lchash va shifokorga aytish
lozim. Tana harorati 38°Sdan yuqori bo‘lsa shifokor haroratni tushiruvchi
dorilar buyuradi.
Bolalarni shoshilinch operatsiyaga tayyorlash. Umumiy qoidalar. Bemorlarni
shoshilinch operatsiyaga tayyorlaganda quyidagilarni inobatga olish kerak. Cho‘zilgan
har bir soat bola ahvolini og‘irlashtiradi va hayotga xavf soluvchi asoratlar rivojlanishiga
olib keladi. Shu sababli ham operatsiya oldi tayyorgarligi minimum darajada
345
qisqartiriladi. Qisqa vaqt ichida operatsiya muvaffaqiyatli o‘tishiga kerakli hamma narsa
tayyorlanadi.
Shoshilinch operatsiya o‘tkazilishiga olib kelingan bemorlar oshqozini
ko‘pincha to‘la bo‘ladi. Bemorni operatsiya xonasiga olib kirishdan oldin
oshqqozonga zond qo‘yiladi va oshqozon bo‘shatiladi. Bu asosan
ovqatlangandan keyin kam vaqt o‘tgan bo‘lsa juda zarur hisoblanadi. Ushbu
qoidani buzish operatsiya stolida bemorni ovqat massaliri bilan aspiratsiya
bo‘lishiga va xavfli asoratlarni yuzaga kelishiga olib keladi.
Ko‘pincha bolalarda shoshilinch operatsiya yiringli xirurgik infeksiya
(appenditsit, peritonit, osteomiyelit, destruktiv pnevmoniya va h.o), har xil
turdagi ichak tutilishlari (tug‘ma, chandiqli, invaginatsiya), travmatik
shikastlanishlar (bosh miya shikastlanishi, qorin bo‘shlig‘i yopiq jarohati), qon
ketish sababli o‘tkaziladi.
Og‘ir ahvolda kelgan bemorga operatsiya oldi tayyorgarligi qabul
bo‘limidan boshlanadi. Bunda quyidagi tekshiruvlar amalga oshiriladi: tana
harorati, pul‘s, arterial qon bosimini o‘lchash, qon guruhi, rezus-faktor,
gemoglobin, gematokritni aniqlash. Qon ketish, ichak tutilishi, travmatik
shikastlanishlarda shoshilinch operatsiyaga kam vaqt qolgan bo‘lsa maxsus
tekshiruvlar o‘tkazmasdan Ringer, glyukoza, plazma preparatlari v\i yuboriladi.
Bu dezintoksikatsiya va buzilgan gidroion holatini tiklashga yordam beradi.
Klinikaga tashqi qon ketish bilan tushgan bemorlar alohida ahamiyatga
ega. Qabul bo‘limidayoq qon ketishini to‘xtatishga qaratilgan muolajalar
o‘tkazilishi lozim (jgut yoki steril bosib turuvchi bog‘lam qo‘yish). SHu yerda
qon bosim o‘lchanadi, gemoglobin, gemotokrit aniqlanadi, ko‘p qon yo‘qotishda
tezda qon o‘rnini bosuvchi preparatlar quyiladi. Bolani tezda operatsiya
xonasiga olib kiriladi.
Ichki qon ketishda, bemor qon aralash qusgan paytda oshqozon sohaga va
ko‘krak qafasiga muzli xalta qo‘yiladi. SHundan keyingina bemor endoskopik
tekshiruvga tayyorlanadi.
346
Og‘ir xirurgik infeksiya bilan bemorlar uzoq operatsiya oldi
tayyorgarligiga muhtoj. Operatsiyagacha bemorni og‘ir holatdan chiqarish
lozim, aks holda u operatsiyani ko‘tara olmasligi mumkin. Bola peritonit,
suvsizlanish, intoksikatsiya alomatlari bo‘lsa, yurak-qon tomir sistemasi
zararlansa 2-3 soat buzilgan funksiyalarni tiklashga va dezintoksikatsiyaga
qaratilgan tayyorgarlik o‘tkaziladi. Tomchi holda suyuqlik quyish boshlanadi va
operatsiya xonasida davom ettiriladi.
Shunday qilib, operatsiya oldi tayyorgarligi bolalarni xirurgik davolashda
katta o‘rin tutadi. U bola holatiga va yoshiga, operatsiya turiga va vaqtiga bohliq
bo‘ladi. Kichik operatsiyalardan oldin klinik tekshiruvlar bilan cheklaniladi.
Katta va travmatik operatsiyalardan oldin nafas olishni, gemodinamikani, suv-
tuz almashinuvi balansini va boshqa xayotiy a‘zolar funksiyasini
korreksiyalashga qaratilgan tayyorgarlik o‘tkaziladi.
Bemor, qarindoshlari va tibbiyot hodimi orasidagi bir-birini tushunish va o‟zaro
ishonch
Shifokor bilan bemor o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni asosiy tamoyili –
qo‘llab-quvvatlashni his etish. Agar bemor shifokor yordam berayotganini sezib
tushunsa, davolash jarayonida aktiv ishtirok etishga boshlaydi. Shifokor bemorni
tushunsa, shikoyatlariga befarq bo‘lmasa bemor o‘ylanadi. Bu his shifokor
quyidagilarni gapirganda mustahkamlanadi: ―Men Sizni eshitaman va
tushunaman‖ yoki buni ko‘z qiri, bosh silkishi bilan maqullasa. Hurmat insonni
shaxs sifatida qabul qilishga olib keladi. Asosan bu anamnez yig‘ishda, bemor
hayoti bilan shifokor qiziqqanda yuzaga keladi. Hamdardlik – bemor bilan
muloqot kalitidir. Shifokor bemorni o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rishi va atrof-
muhitga uni ko‘zi bilan qarashi lozim. Bemorning ichki dunyosini tushunish va
hisobga olish, bemor nimani his qilayotganini bilish, mahalliy va umumiy
sezgilarni bilish, bemorni kasalligi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishi,
sabablarini bilishi katta ahamaiyat kasb etadi.
347
Bemor bilan suhbatni qat‘iy qoidalari yo‘q, ammo butun dunyo
shifokorlari umumiy deontologiya (grekcha deon – kerakli i logos – ta‘limot) –
tibbiyot xodimlarining kasbiy etikasiga amal qilishadi. Bemorni qalbini, ichki
hissiyotlarini tinchlantirish – deontologiyaning va uning effektivligini
ko‘rsatuvchi asosiy omillaridir. Gippokrat qasami juda qadim zamonlarga borib
taqaladi. Keyinchalik u hujjat sifatida qabul qilinib, shifokorga bir qancha
majburiyatlar yuklaydi, masalan:
shifokorlik sirini saqlash;
bemorga yoki uning qarindoshlariga ma‘nan zarar yetkazadigan harakatlardan
saqlanish;
kasbga sodiqlik.
Shifokor amaliyotining asosiy qoidalaridan biri bu – bemorga yomonlik
keltiruvchi haraklarni qilmaslik yoki ―yomonlik qilma‖. Tibbiyot etikasining
asosiy tamoyillaridan biri lotinchasiga shunday nomlanadi: primum non nosere
(―eng avvalo – yomonlik qilma‖). Har bir shifokor ye. Lambert fikrni tan oladi,
ya‘ni ―yordam berib bo‘lmaydigan bemorlar bor, lekin yomonlik qilib
bo‘ladigan bemorlar yo‘q‖. Ma‘lumki, ba‘zan davolash kasallikdan og‘irroq
bo‘ladi. Bu yerda gap dorilarni nojo‘ya ta‘siri, bir necha xil dorini birdan qabul
qilganda negativ holatlarni yuzaga chiqishi, tibbiyot aralashuvidan samara va
og‘irlashish riskini bir-biriga mos kelmasligi to‘g‘risidadir.
Yaxshi shifokor – bu nafaqat professionalizm, ensiklopedik bilim, kerakli
qarorlarni qabul qilish, tibbiy manipulyatsiya texnikasini egallash, balki bemor
bilan to‘g‘ri suhbatlashishni bilish hamdir. ―Shifokor‖ so‘zi ―vrat‘‖ so‘zidan
kelib chiqqan bo‘lib, qadimda ―gapirish‖ ma‘nosini bildiradi. Kuzatuvlar shuni
ko‘rsatadiki, malakali shifokorlar bemor bilan muloqotga, anamnez yig‘ishga,
fizikal ko‘rsatkichlariga ko‘proq e‘tibor berishadi, instrumental va labarator
ko‘rsatkichlarni ikkinchi darajaga qo‘yishadi. Isbotlanishicha, to‘g‘ri tashhis
anamnez so‘roviga ko‘ra 45-50% holatlarda, so‘rov va fizikal tekshiruvlarga
348
ko‘ra 80-85% holatlarda qo‘yiladi. Faqat 15-20% bemorlarda tashhis qo‘yishda
chuqur labarator va instrumental tekshiruvlar kerak bo‘ladi.
Bemor bilan suhbatlashishi san‘ati, dialog qilish nafaqat shifokorning
hoxishi, balki talantiga ham bog‘liq. Shifokor bemorni eshitishi va tinglay olishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |