O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Bemor  bolalarni  operatsiyaga  umumiy  tayyorlash



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/253
Sana23.06.2021
Hajmi2,51 Mb.
#99769
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   253
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish

Bemor  bolalarni  operatsiyaga  umumiy  tayyorlash.      Ba‘zi  xirurgik 

kasalliklar:  chov  churrasi,  moyak  istisqosi,  kriptorxizm,  kichkina  o‘smalar 

bemor gospitalizatsiya qilingandan keyingi kuniyoq operatsiya qilinadi.  Bunday 

holatlarda  operatsiyadan  oldingi  laborator  tahlillar  gospitalizatsiyagacha 

poliklinikada tayyorlanib olib kelinadi. 

Ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i, buyrak va siydik chiqarish a‘zolaridagi 

katta  va  travmatik  operatsiyalardan  oldin,  shuningdek  ba‘zi  ortopedik 

operatsiyalardan  oldin  maxsus  tekshiruvlarga  qo‘shimcha  ravishda  bolaning 




342 

 

hayotiy  zarur  a‘zolari  holati  tekshiriladi.  Buyrak  faoliyatini,  umumiy  qon 



hajmini  va  qon    tarkibini,  plazma  va  eritrotsitlardagi  asosiy    elektrolitlarni 

miqdorini, azot balansini, gormonal holatini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. 

Ba‘zi  holatlarda  qon  ivish  faktorlarini  va  qon  ivishiga  qarshi  faktorlarni  bilish 

juda zarur.  

Ushbu  harakatlarga  binoan  xirurgik  bo‘lim  profiliga  ko‘ra  bemorlarni 

operatsiyaga tayyorlash o‘ziga xos xususiyatlarga ega.  

Operatsiyadan  oldingi  asosiy  tekshiruvlarga  kiradi:  bola  bo‘yi  va  tana 

vaznini  o‘lchash;  arterial  qon  bosimini  o‘lchash;  qon  va  siydik  tahlili;  qon 

guruxi  va  rezus-faktorni  aniqlash;  ko‘krak  qafasi  a‘zolari  rentgenoskopiyasi. 

Qon  bioximik  tahlillari  natijalariga  qarab  quyidagicha  kompleks  davo 

muolajalari  buyuriladi:    ratsional  va  to‘g‘ri  ovqatlantirish,  qon  va  boshqa 

oziqlantiruvchi suyuqliklar, vitamin, aminokislota quyish, davolovchi fizkul‘tura 

va  h.o.  Tayyorlov  ba‘zan  bir  necha  haftagacha  cho‘zilishi  mumkin.  Tayyorlov 

bosqichini  samaradorligi  bemor  umumiy  ahvolini,  qon  ko‘rsatkichlarini 

yaxshilanishi,  tana  vaznini  ortishi  bilan  baholanadi.  SHuning  uchun  ham 

buyurilgan  muolajalarni  o‘z  vaqtida  va  to‘g‘ri  bajarilishini  ta‘minlash,  davriy 

bemor  tana  vaznini  o‘lchash  zarur  hisoblanadi.    Ba‘zi  bemorlar  bo‘limga 

kasallik  xarakteriga  bog‘liq  holda  yoki  organizmdagi  ikkilamchi  o‘zgarishlar 

natijasida  o‘rta  og‘ir  yoki  og‘ir  ahvolda  yotqiziladi.  Ikkilamchi  o‘zgarishlar 

surunkali  ochlik,  intoksikatsiya,  qaytalanuvchi  qon  ketishlar  va  boshqa 

sabablarga  ko‘ra  bo‘ladi.  Tashqaridan  bu  teri  rangparligi,  bola  aktivligini 

pasayishi  va  h.o.  belgilardan  bilinadi.  Asosiy  kasallikni  bartaraf  etuvchi 

operatsiya  muolajasidan  oldin  individual  qaratilgan  tayyorgarlik  o‘tkaziladi, 

ya‘ni  bemor  umumiy  ahvoli  yaxshilanpdi,  ikkilamchi  o‘zgarishlar  korreksiya 

qilinadi.  

Bolani  operatsiya  psixologik  tayyorlash  ham  katta  ahamiyatga  ega. 

Operatsiya  uchun  yotqizilgan  bemor  psixik  holati  konservativ  davo  uchun 




343 

 

yotqizilgan bemor psixik holatidan katta farq qiladi, sababi operatsiya katta fizik 



va psixik travma hisoblanadi. Bu davrda hamshira rolini baholash juda qiyin.  

His-hayajonga  beriluvchi,  operatsiyadan  qo‘rquvchi  bolalar  ko‘pincha 

gapirishadi:  ‖Meni  operatsiya  qilishlarin  hohlamayman‖  yoki  ―Meni  qachon 

operatsiya  qilishadi?‖,  ―Menga  og‘riqli  bo‘ladimi?‖.  Bunday  bolalar  og‘riqni 

juda  qiyin  qabul  qilishadi,  og‘riqqa  sezgirligi  yuqori  bo‘ladi,  operatsiyadan 

keyingi  davrda  o0riqni  yengishga  juda  qiynalishadi.  SHu  sababli  ham  ular 

operatsiyaga  juda  yaxshi  tayyorlanishi, kerak bo‘lsa dorilar bilan tayyorlanishi, 

ota-onasi  chaqirilishi  lozim.  Shifokor  o‘z  vaqtida  bemor  negativ  psixik  holati 

to‘g‘risida ogohlantirilishi, o‘z navbatida bemorga operatsiya kerakligi, zarurligi 

to‘g‘risida yumshoq darajada tushuntirishi lozim. 

Ba‘zan savol tug‘iladi, ya‘ni bolaga operatsiya bo‘lishi to‘g‘risida gapirish 

kerakmi?  Bu  savol  bir  tomonlama  hal  etilishi  kerak  emas.  Masalan,  maktab 

o‘quvchisi bo‘lsa kerak. Katta yoshli bolalar operatsiyaga tayyorgarlik bosqichi 

to‘g‘risida bilishadi (nonushtani to‘xtatish, anesteziolog ko‘rigi, premedikatsiya 

va h.o.), hattoki bo‘ladigan soatigacha.  Shuning uchun ham ulardan yashirishni 

hojati  yo‘q.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  esa  ―operatsiya‖  so‘zidan 

qo‘rqishadi,  vaholanki  uning  ahamiyatini,  mohiyatini  tushunishmaydi.  Shu  

sababli ham ularga ―Seni stolga yotqizamiz va qorningni chiroq bilan isitamiz‖ 

yoki  shunga  o‘xshash  so‘zlar  bilan  aldash  lozim.  Bolaga  baqirish,  so‘kish 

umuman  mumkin  emas.  Yuqori  sezgirlikka  ega,  allargik  reaksiya  va  astma 

xurujiga  moyilligi  bor  bolalarga  tinchlantiruvchi  –  ―kichik  trankvilizatorlar‖ 

beriladi.   

Bolalarni rejali operatsiyaga tayyorlash ko‘p hollarda xirurgik kasallik turi 

va bola yoshiga bog‘liq bo‘ladi.  

Operatsiyadan  bir  kun  oldin  shifokor  infeksiya  xavfini  kamaytiruvchi 

muolajalar o‘tkazadi: ichki kiyim va yotoq choyshablarini almashtirib gigiyenik 

vanna  qabul  qilish,  katta  bolalarda  operatsiya  maydoni  sochlarini  olish. 

Operatsiyadan  bir  kun  oldin  kechqurun  va  ertalab  tozalovchi  ho‘qna  qilinadi. 




344 

 

Asosan  ho‘qna  oraliq  va  orqa  teshikda  o‘tkaziladigan  operatsiyalarda  juda 



muhim  hisoblanadi.    Bunday  holalatlarda  operatsiyadan  oldin  to  toza  suv 

chiqquncha  2-3  martalab  tozalovchi  ho‘qna  qilinadi.  Ertalab  bolaga  hech  nima 

berilmaydi va ichirilmaydi. 

Umumiy  va  maxsus  operatsiya  oldi  tayyorgarligida  hamshira  asosiy 

o‘rinni  egallaydi.  Bu  vaqtda  u  hamma  ―mayda-chuydalarga‖  e‘tibor  qaratishi 

lozim. Masalan, balog‘at yoshidagi qizda operatsiyadan bir kun oldin hayz sikli 

boshlansa  hamshira  bu  haqda  shifokorga  aytishi  kerak,  sababi  hayz  davrida 

rejali operatsiya o‘tkazilmaydi.  




Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish