5.3. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko‘rsatkichlari
Aylanma mablag’lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichi:
aylanish koeffitsienti;
yuklanish koeffitsienti;
bir marta aylanish davomiyligi.
Aylanish koeffitsienti aylanma mablag’larning ma’lum bir vaqt davomida amalga oshiruvchi aylanishini ifodalaydi yoki aylanma mablag’larning har bir so‘miga to‘g’ri keluvchi sotilgan mahsulotlarni ko‘rsatadi.
,
bu yerda
Ka – aylanish koeffisienti
Sm– sotilganmahsulothajmi, so‘m;
Qa- aylanma mablag’larning o‘rtacha qoldiq hajmi, so‘m.
Korxonaning bir yil mobaynida sotilgan mahsulotlari hajmi 1 000 000 so‘mni tashkil qiladi. Aylanma mablag’lar me’yori 250 000 so‘m, aylanish koeffitsienti
Ka = 4.
Aylanma mablag’larning yuklanish koeffitsienti sotilgan har 1 so‘m mahsulotga sarflangan aylanma mabalg’ni ifodalaydi.
.
Bir marta aylanish davomiyligi kunlarda o‘lchanadi hamda shu davrdagi kunlar sonini aylanish koeffitsientiga nisbati orqali hisoblanadi.
,
bu yerda
K - kunlar soni (360, 90).
5.4. Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish
Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish, ulardan samarali foydalanish quyidagilarni talab qiladi:
fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini keng qo‘llash;
ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ilmiy jihatdan asoslangan me’yor va me’yoriylar tizimini yaratish;
korxonalarni uzoq muddatli xo‘jalik aloqalari yuritishga o‘tkazish;
mahsulotlar, moliyaviy, moddiy va kuch-quvvat resurslarining sifat balansini tuzish;
boshqarish tizimini tashkil etishning va rag’batlantirishning optimal shakllarini qo‘llash.
Texnologik jarayonlami yaxshilash;
Xomashyoni kompleks qayta ishlash usullarini rivojlantirish;
Ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash.
Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish uchun ularni ishlab chiqarish va muomalada bo‘lish muddatini qisqartirish kerak. Aylanma mablag’lardan foydalanishni yaxshilash, ularning aylanishini tezlashtirish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim omilidir.
Misol: korxona 10 mln. so‘mlik aylanuvchi mablag’ga ega. Bitta aylanish davomiyligi 90 kun. Demak, aylanma mablag’larning aylanish darajasi Ka = 4 ga teng.
.
Aylanma mablag’larning 1 so‘miga 4 so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi, korxona yil davomida 40 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradi. Agar korxona bir aylanish davomiyligini 10 kunga qisqartirsa, ya’ni T - bir aylanishning davom etishi 90 kun emas 80 kun bo‘lsa, unda aylanish darajasi Ka = 4,5 ga teng
Korxona yil davomida 45 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradi. Agar aylanish darajasi yiliga 4,5 ga teng bo‘lganda 40 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lsa, unda kam miqdorda aylanuvchi mablag’ talab qilinadi. 40 mln.: 4,5 = 8,888 mln.so‘m, ya’ni 1,112 mln.so‘m aylanuvchi mablag’ bo‘shatib olinadi ( 10 mln.- 8,888 mln.).
Aylanma mablag’lar mutlaq va nisbiy ozod qilinadi.
Mutlaq ozod qilish korxonaning aylanma mablag’larga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishni ifodalaydi hamda mavjud resurslardan oqilona foydalanishga oid chora-tadbirlar hisobiga amalga oshiriladi.
Misol: Korxona aylanma mablag’larining o‘rtacha miqdori 2016-yilda 10 mln. so‘mni tashkil qilgan. 2017-yilda ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmagan holda 9 mln.so‘m miqdorida ehtiyoj rejalashtirilmoqda. Asosiy vositalarning mutlaq ozod qilinishi 1 mln.so‘mni tashkil etadi.
Nisbiy ozod qilish aylanma mablag’lar hajmining o‘zgarishini hamda sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishini aks ettiradi. Uni aniqlash uchun hisobot yilida aylanma mablag’larga ehtiyojni, mahsulotni mazkur davr mobaynida sotish bo‘yicha haqiqiy aylanish hamda o‘tgan davrdagi aylanishini inobatga olgan holda hisoblash zarur.
Xulosa
Ishlab chiqarishida asosiy fondlar bilan bir vaqtning o‘zida aylanma mablag‘lar ham harakatda bo‘ladi. Aylanma fondlaming ashyoviy mazmunini asosiy va yordamchi materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarimfabrikatlar, ehtiyot qismlar, kam baholi hamda tez to‘ziydigan buyum va inventarlar, turli idishlar (taralar) tashkil etadi. Aylanma mablagiarga esa tayyor mahsulot, yo‘ldagi mahsulot va hisobdagi pullar ham kiradi.
Aylanma mablag‘lardan foydalanishni yaxshilash mavjud xom ashyo va materiallar bilan ishlab chiqarish ko‘lamini yuqori darajaga ko‘tarish, tarmoqlar o‘rtasida yuqori tejamli nisbatlarni (proporsiyalami) belgilash, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot tannarhini pasaytirishga imkon yaratadi. Ishlab chiqarishni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish xom ashyo va materiallardan, yoqilg‘i va elektr energiyasidan oqilona foydalanishni talab etadi.
Moddiy resurslarni tejash maqsadida ko‘p omillardan foydalanish mumkin. Resurslarni tejashning asosiy omillariga ishlab chiqarishni modemizatsiya qilish, texnik yangilash va diverfikatiya qilish, innovatsion texnologiyalami keng jalb etish, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni yaxshilash, tejamkorlikni rag‘batlantiruvchi dastak va stimullardan keng foydalanish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |