Rеntаbеllik – xo‘jаlik fаоliyatining sаmаrаdоrlik dаrаjаsini bildiruvchi ko‘rsаtkichlаrdаn biri bo‘lib, u mа`lum vаqt (yil,оy,kvаrtаl) dаvоmidа ishlаb chiqаrish fаоliyatining fоydаliligi (yoki zаrаrliligini) ko‘rsаtаdi.
Kоrxоnа rеntаbеlligi оlingаn fоydаni qilingаn sаrflаrgа tаqqоslаsh оrqаli аniqlаnаdi vа u fоizlаrdа o‘lchаnаdi.
bu yerda
R - rentabellik, %;
F - korxona foydasi;
Ak- asosiy va aylanma kapital.
Nisbatning kattalashishi mehnat, moliya, texnologiya va moddiy resurslardan unumliroq foydalanishni anglatadi. Xo‘jalik faoliyati-minimal xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan joylarda samaraliroq bo‘ladi.
Xulosa
Foyda (daromad) korxona faoliyatini umumlashtiruvchi kotrsatkichdir. U moddiy ishlab chiqarishda yaratilgan sof daromadning bir qismi bo‘lib, davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Fоydаni tаqsimlаsh dеgаndа uning bir qismini byudjеtgа jo‘nаtish tushunilаdi.
Rеntаbеllik – xo‘jаlik fаоliyatining sаmаrаdоrlik dаrаjаsini bildiruvchi ko‘rsаtkichlаrdаn biri bo‘lib, u mа`lum vаqt (yil,оy,kvаrtаl) dаvоmidа ishlаb chiqаrish fаоliyatining fоydаliligi (yoki zаrаrliligini) ko‘rsаtаdi.
Nazorat savollari
1.Yalpi foyda degenda nimani tushunasiz?
2. Sof foyda qanday hisoblanadi?
3.Fоydа. Fоydаni shаkllаntirish mаnbаlаrini sanang.
4. Fоydаni tаqsimlаsh deganda nimani tushunasiz?
5.Rеntаbеllikning iqtisоdiy mоhiyati.vа uni hisоblаsh usuli.
6.Korxona rentabelliginingqandayturlarunibilasiz?
7.Fоydаni оshirishning аsоsiy yo‘llаri
11-Bob. KORXONANING INVESTITSION FAOLIYATI
11.1. Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib «qo‘yish», «mablag‘ni safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma’nosini beradi. Keng ma’noda investitsiya mablag‘ni ko‘paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko‘pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo‘naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsaddaromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Investitsiya tushunchasiga yangi kapitalni barpo etish uchun sarflangan xarajat sifatida xam ta’rif berish o‘rinli.
Investitsiyalar - bu yangi korxonalar qurilishiga, mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya’ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan xarajatlardir.
Investitsiya tushunchasini to‘la yoritish uchun unga berilgan tariflarni keltirish joiz. Investitsiyalar - bu xali bo’yumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga qo‘yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko‘ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga xamda shu bilan bog‘liq bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:
avaylangan (birlamchi jamg‘arilgan) kapitalni ko‘paytirish maksadida kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish;
investitsion loyixalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iktisodiy munosabatlardir.
investitsiya kiritishda, avvalo:
investitsiya faoliyati sub’ektlarning mustakilligi va tashabbuskorligi;
kiritilayotgan moddiy ne’matlarga investitsiya makomini berish (fukaro o‘zining extiyojlarini kondirish uchun olgan bo’yumlari investitsiya bo‘la olmaydi);
qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati yaratilishi zarur bo‘lib xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |