Intensiv koeffitsient - ma’lum bir vaqt ichida haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini bildiradi. U haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatini rejalashtirilgan mahsulot qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi.
,
bu yerda
ICH haq - haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori;
ICH rej - mahsulotishlabchiqarishrejasi.
Dastgohlardan integral foylalanish koeffitsienti uskunadan intensiv va ekstensiv foydalanish koeffitsientlarining ko‘paytmasi orqali aniqlanib, uning vaqt va quvvat bo‘yicha band bo‘lishini majmuaviy tavsiflaydi.
.
4.4. Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanishni yaxshilash yo‘nalishlari Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish;
ta’mirlash va profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish;
uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlar malakasini oshirish;
ishlab chiqarishni tashkil etish va resurslar bilan ta’minlashni yaxshilash.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi.
Ishlab chiqarish quvvati ma’lum bir vaqt davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanib, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotlarning darajasidir.
Ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda xizmat ko‘rsatish doirasini hisobga olgan holda aniqlanadi. Ishlab chiqarish quvvati sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha salohiyat imkoniyatlarini ifodalaydi.
Bozor sharoitida xo‘jalik faoliyatining subyekti u yoki bu mahsulotga bo‘lgan talabni qondirishga mo‘ljallangan. Iste’molchilar talabi, bozorni marketing izlanishlari orqali aniqlanadi va talabdan kelib chiqib, korxonaning to‘liq ishlab chiqarish quvvatini belgilaydi. Avvalo ishlab chiqarishning mavjud quvvatlari aniqlanadi, so‘ngra quvvatni oshiruvchi qo‘shimcha resurslar aniqlanadi. Talabning oshishi qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvati kiritilishini talab qiladi. Iqtisodiy mustaqillik sharoitida iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlar ham o‘zgara boshlaydi: birinchi navbatda ishlab chiqarishni har tomonlama o‘zgartira olish, ikkinchidan tashqi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida moslashish kerak bo‘ladi.
Ishlab chiqarish quvvati bir qator omillargabog’liq:
mahsulot ishlab chiqarilayotgan xom-ashyo va materiallar tarkibi va sifatiga;
ishlatilayotgan texnika va texnolgiyalarning darajasiga;
ishchilarning malakasiga.
Ishlab chiqarish quvvatining ko‘rsatkichlari uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishda muhim hisoblanadi. Quvvatning loyiha, kiruvchi, chiqquvchi va o‘rtacha yillik turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish natijasida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin.