Turistik mahsulotlar
Turistik mahsulot turizm maqsadlari va jarayonida turistning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo‘lgan, barcha turistik xizmatlar, ishlar, tovarlar va ta’minot vositalari hamda turpaketga kiritilgan boshqa turistik xizmatlar majmuidan iborat. Turistik mahsulot (turpaket) xizmatlar harakatining 24 soatdan ortiq vaqtiga ega va yoki tunab qolish (joylashtirish) va joydan -joyga ko‘chib o‘tish (yuk tashish) ni o‘z ichiga oladi. Turistik mahsulot barcha ko‘rsatilgan xizmatlar va barcha harajatlarni o‘z ichiga olgan umumiy narx bo‘yicha taklif etiladi, uning iste’mol xususiyatlari esa shartnoma shartlari asosida amalga oshiriladi.
Turist turistik mahsulotlar (turistik xizmatlar, ishlar va tovarlar) iste’molchisidir. Turistik mahsulotlar-turistik asosiy xizmatlardan (bronlashtirish, transfert, joylashtirish, ovqatlantirish, ekskursiyalar), qo‘shimcha xizmatlar turistik-ishlardan (foto xizmati, sug‘urta, axborot, moliya, bank xizmati) va turistik tovarlardan (esdalik sovg‘alar, xilma-xil tur tovarlari, iste’mol tovarlari- parfyumeriya, tamaki, spirtli ichimliklar, maishiy texnika, kiyim-kechak) iboratdir.
Agar biz turistik xizmatlar ko‘rsatish jarayonini sinchiklab kuzatadigan bo‘lsak, unda turizm tashkilotchilari (turoperatorlar) aynan xizmat ko‘rsatish bilan emas, balki ular turistlarning ehtiyojlariga qarab, turistik mahsulotni shakllantiradilar va ularning turli kombinatsiyalarini tuzadilar, buning evaziga ular foiz ko‘rinishida mukofot oladilar. Shunday qilib, turizm tashkilotchilari turistlar va xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida vositachi vazifasini o‘taydilar.
«Turizm tashkilotchilari nima bilan savdo qiladilar va turistik yo‘llanma yoki vaucherni harid qilgan turist bevosita nimaga ega bo‘ladi?» degan savol tug‘iladi. Agar ushbu jarayon diqqat bilan o‘rganilsa, unda turist ushbu yo‘llanmaning o‘rnatilgan muddatida turistik xizmatdan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Turistik yo‘llanma (vaucher) bu turistning yoki turistlar guruhining tur tarkibiga kiruvchi turistik xizmatlarga bo‘lgan huquqini belgilovchi va bunday xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Narxni kamaytirish. Narxni oshirish yoki kichik qismlarni va ichki tarkibiy qismlardan foydalangan holda maxsulot sifatini arzonlashtirish iste’molchilarni yo’qolishiga tezroq olib keladi. Xaridorlar bunday o’zgarishlarni sezishi muqarrar. Shu yo’sinda narxni kamaytirish bitta emas bir nechta buyurtmalarga asoslangan holda samaradorlikni oshirishi mumkin.13
Biz bir nechta uslublarni eslatib o’tganimizdek oziq-ovqat narxlarini kamaytirish ishchilarni ehtiyotkorlik bilan ro’yhatga olishni, hissani yaxshilashni nazoratga olishni, muammolarni ko’rib chiqishni, qog’oz maxsulotlari va boshqa bir martalik narsalani ishlatishni taqazo etadi. Asosan, narxni kamaytirish jarayonini ko’zdan kechirish asosida sifatni yo’qotmasdan kamaytiriladigan joy toppish. Bu negizga binoan, haqiqiy standart narx belgilanadi, va namoyish shu standartlarga qarshi tekshiriladi. 4,1 formasi tekshirish uchun umumiy uslublarni narxlar namunalarini ko’rsatadi.
Agar narx tushishi maxsulot sifatining arzonlashishiga qaraganda ancha samarali bo’lsa, ularning foydaga katta ta’siri bo’ladi. Narxni dollarda saqlash, hammasidan keyin, ancha foydali bo’ladi. Sotuvni oshirish ba’zi ko’tarilgan narx va o’zgaruvchan narxlar oziq-ovqat narxlari kabilar bilan hamroh bo’ladi – va ko’p foyda bo’lmasligi mumkin.
Jarayonlar muhokamasi natijalarni saqlash metodilasini ko’rib chiqmasdan to’liq bo’lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, sizning mexmondo’stlik darajangiz, siz shubhasiz nazorat fanini davomiy o’qisiz. Sizni mexmondostligiz bilan tanishish qismi sifatida, bo’lim qisqacha oziq-ovqat nazorat xizmatini, bayonot hisoblashni va statistikalarni muhokama qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |