Gid-ekskursiyachining vazifalari
Gid-ekskursiyachi turistlar guruhini boshqaradi; diqqatga sazovor joylarga ekskursiya o‘tkazadi; ekskursiya mavzusini, marshrutini ishlab chiqadi; mavzu bo‘yicha materiallar to‘playdi; ekskursiyaning matnini tuzadi, materiallarini hikoya qilib beradi; «gid portfeli»ni tahlaydi; ish jarayoni yuqori darajadagi muloqot madaniyatini talab qiladi.
Gid-ekskursiyachilik kasbining shakllanishi
Gid- ekskursiyachi quyidagi bilim, ko‘nikma va malaka talablari ega bo‘lishi lozim: tarix, adabiyot, geografiya, iqtisodiyot, siyosat, jurnalistika sohalariga qiziqishi; ekskursiya o‘tkazish metodikasi va texnikasini, ekskursantlarga xizmat ko‘rsatish tartibini bilishi; kamida ikkita xorijiy tilda erkin muloqot qila olishi; tahlil, mulohaza qilishi; hujjat va materiallar bilan ishlay olishi kerak.27
Turizm ekskursiya xizmatlari xizmatlarning qay darajada tashkil qilinganligiga va xizmatlarning sifatiga qarab rivojlanadi. Bunda albatta turizm infratuzilmasidagi texnologiyalarning darajalari ham birinchi navbatga chiqadigan sharoitlardan va asoslardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga turizmdagi asosiy xizmatlarning texnologik-servis darajalari ham ekskursiya xizmatlarining tashkil qilinishiga bog‘liq bo‘ladi.
Gid-ekskursiyachining nutq madaniyati
Ekskursiya xizmatlari yuqori darajada tashkil qilinib, turizm infratuzilmalari anashu yuqori darajalarga javob bermasa ekskursiya xizmatlarining amalda o‘tkazish natijalari yuqori sifat darajalariga erisha olmaydi. Lekin har qanday sharoitda ham ekskursiya xizmatlarining maqsadi va vazifalarini Yaxshi anglab olish, Yaxshi o‘zlashtirib olish turoperator yoki gid-tarjimon boshlovchidan talab qilinadi.
Ekskursiya xizmatlarining maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri belgilash ekskursantlarda qoniqish, Yaxshi kayfiyat holatlarini keltirib chiqaradi va natijada turistik firmaning nufuzi, raqobatbardoshligi ortadi.
11.4.Turistik-ekskursiya xizmatlarining asoslari va huquqiy me’yorlari
Ekskursiya xizmatlarining maqsadini belgilashda juda ko‘p omillarni keltirish mumkin. Masalan, ekskursiya – vatanparvarlik, mehnatni sezish, estetik va ekologik tarbiya, o‘tmish madaniy va tarixiy merosni, o‘tmish va hozirgi hayotni, tabiatdagi biologik resurslarni, iqlimiy o‘zgarishlarni, zamonaviy va o‘tmishdagi ishlab chiqarishni, milliy liboslar va o‘tmishdagi yashash tarzini (muzeylar), o‘tmishdagi va zmonaviy texnologiyalarni, o‘tmishdagi transport va zamonaviy transport vositalarini, o‘tmishdagi dehqonchilik va zamonaviy dehqonchilikni, o‘tmishdagi san’at va zamonaviy san’atni milliy o‘yinlar, milliy hunarmanchilik va hokazolarni o‘rgatadi, dunyoqarashni kengaytiradi.
Ekskursiya xizmatlarining maqsadi va vazifalari shu qadar keng qamrovli va turli tumanki, bu yo‘nalishlarning barchasi insonning kamol topishiga xizmat qiladi. Ekskursiya xizmatlari maqsadi va vazifasi bo‘yicha insonlarni dam oldiradi, bilim darajasini oshiradi, yashashga bo‘lgan his to‘yg‘ularni kuchaytiradi. Ekskursiyalarni tasniflash ham yuqorida qayd qilingan maqsad va vazifalardan kelib chiqadi. Shuning uchun ham ekskursiyalar mohiyatiga qarab tasnif guruhlarini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |