11.2. Gid-ekskursiyachi xizmatlarining mohiyati va tasnifi
«Ekskursiya» so‘zi lotincha ekskursion (tanishuv) qisqa muddatli safar yoki sayohat, sayohatga jo‘namoq, sayohat qilib kelmoq ma’nolarini anglatadi. Turizm so‘zi paydo bo‘lmasdan, insonlarda atrof-muhitga qiziqish, uzoqlarda nimalar bor, tog‘lar ortida yoki daryoning yoki qir-tepaliklardan keyin nimalar borligiga oid ko‘plab savollarning to‘planinib qolishi natijasida ularni safarga (uydan chiqib ketishga) chorlaydigan ichki his-tuyg‘u-qiziqishning harakatga kelishi bo‘lgan. Hozirgi rivojlangan jamiyatimizda jahonda ekskursiyaga-sayohat-sayrga chiqmagan bironta inson bo‘lmasa kerak.
Shu o‘rinda turist bilan ekskursantni farqlash lozim bo‘ladi, chunki turizmni rejalashtirishda turistning talabi nafaqat ekskursiya xizmatlari bilan chegaralanmasdan, balki boshqa ko‘rsatiladigan xizmatlarni ham hisobga olishni taqoza qiladi.
Turist - O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo‘nab ketgan) jismoniy shaxs 26.
Ekskursant -tunab qolmaydigan va ekskursiya marshrutida 24 soatdan ko‘p bo‘lmaydigan shaxsning sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy, qiziqish, ko‘rish, bilish, tanishish yoki boshqa maqsadlarda sayohatga chiquvchi hisoblanadi.
11.3.Ekskursiya metodikalari
Ushbu sayrlarning asosiy sababchisi, tabiatdagi biologik xilma-xillik, betakrorlik, boyliklar bo‘lgan. Jamiyatdagi dastlabki sayohatlar albatta o‘zga yurt, mamlakatlar haqidagi xabarlar natijasida yuz bergan. Ekskursiya xizmatlarini turizmning yuragi, deb ta’riflashadi. Haqiqatdan ham turist mehmonxonaga joylashganidan so‘ng birinchi navbatda ekskursiyaga chiqishga harakat qiladi. Ichki turizmda barcha davlatlarda ekskursiya xizmatlari birinchi o‘rinda turadi. Chunki mamlakat ichkarisidagi aholi turizmning deyarli barcha turlari bo‘yicha doimo ekskursiya xizmatlaridan foydalanadi.
Gid-ekskursiyachi xizmati
Ekskursiya xizmatlari quyidagi talablarga javob beradi:
Ekskursiya xizmatlari iqtisodiy faoliyatni bajaradi (turistik firma ekskursiya marshrutlarini sotishdan daromad oladi, ekskursiya a’zolaridan tushgan mablag‘ hisobiga daromad oladi, gid-tarjimon ish o‘rinlari yaratiladi, ekskursiya ob’ektida turistik infratuzilmalar hosil bo‘ladi);
Ekskursiya xizmatlarining g‘oyaviy siyosiy faoliyati (vatanning tarixiy meroslari, yangi texnologiyalar bilan tanishishda g‘urur hissi, siyosiy mo‘tadillikni sezish xususiyatlari paydo bo‘ladi);
Ekskursiya xizmatlarining umumiy ta’lim berish faoliyati (ekskursiya ekskursantlarga universal bilim beradi-tarixiy madaniy meros haqida, ishlab chiqarish haqida, madaniy-ma’rifiy ma’naviyat haqida, san’at haqida, yangi texnologiyalar va h.k.);
Ekskursiya xizmatlari axborot tashish, axborotlar berish faoliyatini bajaradi (o‘tmish va hozirgi voqealar, jarayonlar, sivilizatsiya taraqqiyoti, hozirgi rivojlanish, global voqealar, xalqaro integratsiya va h.k.);
Ekskursiya xizmatlari tarbiyaviy faoliyatni bajaradi (Vatan boyliklarini asrash, avaylash, g‘urur hissiyotlari, faxrlanish va h.k.);
Ekskursiya xizmatlari mazmunli dam oldirish faoliyatini bajaradi (tabiatga va uning so‘lim go‘shalariga ekskursiya, daryo sohillariga ekskursiya, o‘rmonlarga, tog‘larga, soylarga ekskursiya va h.k.);
Ekskursiya xizmatlari insonlarda dunyo qarashni kengaytirish faoliyatini bajaradi (olamnig cheksizligi, olamning bir butunligi, hayotning davriyligi, jismlarning aylanma biologik harakati va h.k.);
Ekskursiya xizmatlari insonlarda qiziqishni shakllantiradi (hayotga qiziqish, yashashga qiziqish, ijodga qiziqish, san’atga qiziqish, yangi texnologiyalarga qiziqish, tarixga qiziqish va h.k.);
Ekskursiya xizmatlari mutaxasislarni, kadrlarni qayta tayyorlaydi, malakasini oshiradi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |