O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti



Download 1,97 Mb.
bet61/170
Sana27.01.2023
Hajmi1,97 Mb.
#904114
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   170
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi u

Ekspress-barlar (bir zumda xizmat qilish)-savdo markazlarida, mehmonxona va vokzallarda faoliyat ko‘rsatadi. Mahsulotlar assortimenti bar vazifasiga mos tushishi kerak: buterbrodlar, parchalangan, qiymalangan go‘shtlar non betiga qo‘yilgan taomlar, har xil qandolat va sut mahsulotlari. Tikka turib ovqatlanib ketadigan barlarda taom assortimenti cheklangan bo‘ladi. Bular-bifshtekslar, langetlar, parranda go‘shtidan tayyorlangan ovqatlar, chanqovbosdi ichimliklar, sharbat, kokteyl, kofe.
Pivo barlari- maxsus joylarda pivo quyib sotiladi yoki shishalarda beriladi. Quyib sotiladigan pivolar maxsus idishlardan yoki ishlab chiqargan zavod avtotsisternasidan bevosita avtomatlar orqali quyib sotilishi mumkin. Savdoda mevali va mineral suvlar bo‘lishi tavsiya qilinadi. Hisob-kitob ofitsiantlar cheki orqali, o‘z-o‘ziga xizmat qilish joylarida bufetchi yoki sotuvchiga to‘lanadi. Pivo barlari pivo sotish bilan birga issiq va sovuq gazaklar ham sotadi. Bular jumlasiga: buterbrod, pivoga mos keladigan pishloqlar, har xil tuzlangan narsalar, quritilgan baliq, qalamcha qilib qovurilgan kartoshka, quritilgan qora non, sho‘rdanak, sho‘r bodom va boshqalar kiradi.
Vino barlari -mehmonxonalar, restoran, kafelar qoshida faoliyat ko‘rsatadi. Yengil ovqatlanish ham mumkin, vaqti cheklangan, shoshilgan odamlar tez tamaddi qilib ketishi uchun juda qulay. Bunday barlar yirik restoranlar ichida joylashgan bo‘lsa, do‘stlar bilan uchrashish, mehmonlar kutish, suhbatlar qilish mumkin bo‘ladi. Xotirjamlik bilan bir piyola choy yoki kofe ichib ketish mumkin.
Gril-barlar - savdo markazlarida, shahar mavzelarida, dam olish zonalarida, odamlar gavjum magistrallarda, restoranlarda joylashgan bo‘ladi. Gril-barda xo‘randa tanqis, noyob ovqatlarni olishi mumkin. Bu yerdagi taom assortimenti xo‘randaning tezlik bilan ovqatlanishiga imkon beradi. Bu barlarda eng ko‘p tarqalgan ovqatlardan qovurilgan baliq, jo‘ja, kabob, bifshteks bo‘ladi. Gril-barlarda taom xo‘randaning ko‘z oldida tayyorlanadi. Gril-barlarda bar peshtaxtalari ro‘parasida stolchalar yoki uzun kursilar qo‘yiladi. Peshtaxtaning ichki tomonida sotuvchi xizmat qiladi.

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish